• Apparat ta’minoti.
  • Dasturiy ta’minot
  • 1-Ma’ruza: Kirish. Operatsion tizim vazifalari Reja




    Download 121,16 Kb.
    bet7/23
    Sana30.01.2024
    Hajmi121,16 Kb.
    #148260
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
    Bog'liq
    1-Ma’ruza Kirish. Operatsion tizim vazifalari Reja-fayllar.org

    Hisoblash tizimi tarkibi.
    Hisoblash tizimi tarkibi konfiguratsiya deb ataladi. Odatda hisoblash texnikasining apparat va dasturiy vositalari alohida olib o‘rganiladi. Shuning uchun ham mos ravishda hisoblash tizimlari apparat konfiguratsiyasi va dasturiy konfiguratsiyasi alohida olib o‘rganiladi. Bunday bo‘linish axborot texnologiyalari uchun muhim ahamiyatga egadir, chunki ko‘p hollarda alohida olingan masala yechimini ham apparat, ham dastur vositalari yordamida ta’minlash mumkin.
    Apparat ta’minoti.
    Hisoblash tizimlarining apparat ta’minoti tarkibiga, apparat konfiguratsiyani tashkil etuvchi qurilma va asboblar kiradi. Zamonaviy kompyuter va hisoblash majmua (kompleks)lari blok-modulli konstruksiya (tuzilish)dan iborat. Ma’lum ishlarni bajarishga zarur bo‘lgan apparat konfiguratsiyani tayyor blok va qismlardan yig‘ib olish mumkin.
    Qurilmalarning, markaziy protsessorga (Sentral Prosessing UNIT , CPU) nisbatan joylashishiga qarab tashqi va ichki qurilmalarga ajratamiz.
    Tashqi qurilmalar, qoida bo‘yicha, ma’lumotlarni kiritish va chiqarish qurilmalari-dir, ularni odatda periferik qurilmalar ham deb ataladi. Bundan tashqari ma’lumotlarni uzoq saqlashga mo‘ljallangan qurilmalar ham tashqi qurilmalarga kiradi.
    Alohida blok va qismlar orasidagi kelishuvchanlik, birgalikda ishlashdagi moslanuvchanlik, apparatli interfeys deb ataluvchi o‘tish apparat-mantiqiy qurilmalari yordamida bajariladi. Hisoblash texnikasidagi apparat interfeysiga belgilangan standartlar protokollar deyiladi. Shunday qilib, protokol - bu qurilma yaratuvchilari tomonidan, bu qurilmaning boshqa qurilmalar bilan muvaffaqiyayatli va kelishilgan holda birgilikda ishlashi uchun, ishlab chiqiladigan texnik shartlar majmuasidir.
    Dasturiy ta’minot
    Dastur - buyruqlarning tartiblangan ketma-ketligidir. Kompyuter uchun tuzilgan har bir dastur vazifasi - apparat vositalarni boshqarishdir. Birinchi qarashda dasturning qurilmalar bilan hech qanday bog‘liqligi yo‘qdek ko‘rinadi, ya’ni masalan, dastur kiritish qurilmlaridan ma’lumot kiritishni va chiqarish qurilmalariga ham ma’lumot chiqarishni talab qilmasa ham, baribir uning ishi kompyuterning apparat qurilmalarini boshqarishga asoslangan.
    Kompyuterda, dasturiy va apparat ta’minot, doimo uzilmas aloqada va uzluksiz bog‘lanishda ishlaydi. Biz bu ikki kategoriyani alohida ko‘rib chiqayotganimizga qaramasdan, ular orasida dialektik aloqa mavjudligi va ularni alohida ko‘rib chiqish shart ekanlgini esdan chiqarmaslik kerak.
    Kompyuterlar va hisoblash tizimlarining dasturiy ta’minoti tuzilishini dasturiy konfiguratsiya deb ham ataladi. Dasturlar orasida xuddi kompyuterning fizik qismlari orasidagi kabi o‘zaro aloqa mavjud. Aksariyat ko‘pgina dasturlar, quyiroq darajadagi boshqa dasturlarga tayanib ishlaydi. Bunday bog‘lanish dasturlararo interfeys deyiladi. Bunday interfeys (muloqot) ning mavjudligi texnik shartlar va o‘zaro aloqa qoidalariga asoslangan bo‘lsa ham, amalda u dasturiy ta’minotni o‘zaro aloqada bo‘lgan bir nechta sathlar (daraja)larga taqsimlash bilan ta’minlanadi. Dastur ta’minoti sathlari piramida tuzilishiga egadir. Har bir keyingi sath oldingi sathlar dasturiy ta’minotiga tayanadi. Bunday ajratish, hisoblash tizimining dasturlarni o‘rnatishdan boshlab, to amalda ekspluatatsiya qilish va texnik xizmat ko‘rsatishgacha bo‘lgan ish faoliyatining hamma bosqichlari uchun qulaydir. Shunga alohida e’tibor berish kerakki, har bir yuqoridagi sath butun tizimning funksionalligini oshiradi. Masalan, asos dasturiy ta’minoti sathiga ega bo‘lgan hisoblash tizimi ko‘p funksiyalarni bajara olmaydi, ammo u tizimli dasturiy ta’minotni o‘rnatishga imkon beradi, ya’ni sharoit yaratadi.

    1-rasm
    Asos dasturiy ta’minoti. Dasturiy ta’minotning eng quyi sathi-asos dasturiy ta’minotidan iboratdir. Bu ta’minot asos apparat vositalari bilan aloqaga javob beradi. Qoida bo‘yicha, asos dasturiy vositalari bevosita asos qurilmalari tarkibiga kiradi va doimiy xotira deb ataladigan maxsus mikrosxemalarda saqlanadi. Dastur va ma’lumotlar doimiy xotira (DX) mikrosxemalariga ularni ishlab chiqish vaqtida yoziladi va ularni ishlash jarayonida o‘zgartirish mumkin emas.


    Amalda, ishlatish vaqtida asos dasturiy vositalarini o‘zgartirish zaruriyati kelib chiqsa, DX mikrosxemasi o‘rniga qayta dasturlash imkoniga ega bo‘lgan doimiy xotira qurilmasidan foydalaniladi. Bu xolda DX mazmunini hisoblash tizimi tarkibida bevosita o‘zgartirish mumkin (bunday texnologiya flesh texnologiya deb ataladi), yoki hisoblash tizimidan tashqarida, maxsus programmator deb ataladigan qurilmalarda bajariladi.
    Tizimli dasturiy ta’minot. Bu sathdagi dastur, kompyuter tizimining boshqa dasturlari va bevosita apparat ta’minoti bilan o‘zaro bog‘lanishni ta’minlaydi, ya’ni bu dasturlar dallollik vazifasini o‘taydi.
    Butun hisoblash tizimining ekspluatatsiya (ishlatish) ko‘rsatkichlari ish sathining dasturiy ta’minotiga bog‘liqdir.
    Masalan, hisoblash tizimiga yangi qurilma ulash vaqtida boshqa dasturlarni shu qurilma bilan bog‘lanishini ta’minlash uchun, tizimli darajada dastur o‘rnatilishi kerak. Aniq qurilmalar bilan o‘zaro bog‘lanishga javob beruvchi dasturlar qurilma drayverlari deyiladi va ular tizimli sath dasturiy ta’minoti tarkibiga kiradi.
    Tizimli sath dasturlarining boshqa sinfi foydalanuvchi bilan bog‘lanishga javob beradi. Aynan shu dasturlar yordamida foydalanuvchi, hisoblash tizimiga ma’lumotlarni kiritish, uni boshqarish va natijalarni o‘ziga qulay ko‘rinishda olish imkoniga ega bo‘ladi. Bunday dasturiy vositalar, foydalanuvchi interfeysini ta’minlash vositalari deb ataladi. Kompyuterda ishlash qulaylgi va ish joyi unumdoligi bu vositalar bilan bevosita bog‘liqdir. Tizimli satx dasturiy ta’minoti majmuasi kompyuter operatsion tizimi yadrosini tashkil etadi. Operatsion tizimning to‘liq tushunchasini biz keyingi boblarda ko‘rib o‘tamiz, bu yerda esa biz faqat, agar kompyuter tizimli sath dasturiy ta’minoti bilan jihozlangan bo‘lsa, u holda kompyuter yanada yuqori darajadagi dasturni o‘rnatishga va eng asosiysi dasturiy vositlarning qurilmalar bilan o‘zaro aloqasiga tayyorligini bildiradi. YA’ni operatsion tizim yadrosi mavjudligi - insonni hisoblash tizimida amaliy ishlarni bajarish imkoniyatining zaruriy shartidir.
    Xizmatchi dasturiy ta’minot. Bu dasturlar ham asos dasturiy ta’minot bilan, ham tizimli dasturiy ta’minot dasturlari bilan bog‘langan. Xizmatchi dasturlarning asosiy vazifasi (ularni utilitalar deb ham ataladi) kompyuter tizimini tekshirish, sozlash va tuzatishdan iboratdir. Ko‘p hollarda ular, tizimli dasturlarning funksiyasini kengaytirishga va yaxshilashga mo‘ljallangandir. Ba’zida, bu dasturlar, boshidanoq OT tarkibiga kiritilgan bo‘lishi mumkin, ba’zida esa ular OT funksiyasini kengaytirishga xizmat qiladi.
    Amaliy dasturiy ta’minot. Bu sath dasturiy ta’minoti, mazkur ish joyida aniq masalalarni yechishga yordam beradigan amaliy dasturlar majmuasini tashkil etadi. Bu masalalar qamrab olgan sohalar juda ko‘p bo‘lib, ular ishlab chiqarish, ilmiy-texnik, ijod, o‘qitish va dam olishga mo‘ljallangan masalalarini o‘z ichiga oladi. Bu dasturlar ko‘pfunksionalligi sababi, inson faoliyati har xil sohalari uchun amaliy dasturlar va ilovalar mavjudligidir.
    Demak amaliy dasturiy ta’minot va tizimli dasturiy ta’minot o‘rtasida o‘zaro bevosita aloqa bor ekan (birinchisi ikkinchisiga tayanadi), hisoblash tizimi universalligi, amaliy dasturiy ta’minot ommaviyligi va kompyuter funksional imkoniyatlari keng ko‘lamligi foydalanilayotgan operatsion tizim tipi, uning yadrosi qanday tizimli vositalarni o‘z ichiga olganligi va u uch tomonlama o‘zaro bog‘lanish, ya’ni inson - dastur - qurilma bog‘lanishni qay tarzda ta’minlashiga bevosita bog‘liqdir.

    Download 121,16 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




    Download 121,16 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Ma’ruza: Kirish. Operatsion tizim vazifalari Reja

    Download 121,16 Kb.