• Fayl nomlari haqidagi ma’lumotlarni qo‘llab quvvatlash.
  • Tarmoqda ishlashni qo‘llab-quvvatlashning kompyuterga qo‘shib ishlangan vositalari.
  • Portativ kompyuterlarni qo‘llab-quvvatlash.
  • Multimediya ilovalarini qo‘llab-quvvatlashning yangilangan vositalari
  • MS-DOS va Windowsning birlashib ketishi. Xozir Windows va MS DOS (Windows ME dan tashqari) yagona operatsion tizimni tashkil etadilar.  32 razryadli modullar.
  • Siqib chiqaruvchi ko‘pvazifalik.
  • Tizimning konfiguratsiyasi va foydalanuvchilar tanlagan sozlovlar haqida berilgan ma’lumotlarning markazlashgan bazasi.
  • Diagnostikaning optimallashtirish va xatolarni tuzatishni takomillashtirilgan xamda soddalashtirilgan vositalari.
  • Operatsion tizim vazifalari




    Download 121,16 Kb.
    bet2/23
    Sana30.01.2024
    Hajmi121,16 Kb.
    #148260
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
    Bog'liq
    1-Ma’ruza Kirish. Operatsion tizim vazifalari Reja-fayllar.org
    129158, 1-Kurs qishki ta`lim 2-semestr uchun ON, 71987, Ta’lim texnologiyalari , Disklarga hizmat ko‘rsatuvchi dasturlar Reja Qattiq disklarga xi, TASHQI HOVLI UCHUN NAVBATCHILIK BO
    Operatsion tizim vazifalari
    Operatsion tizim – kompyuter yoqilganida yuklanadigan dasturdir. U foydalanuvchi bilan muloqotga kirishadi, kompyuterning resurslari (tezkor xotira, disklardagi joylar va hokazolar)ni boshqarishni amalga oshiradi, boshqa dasturlarni bajarish uchun ishga tushiradi. Operatsion tizimi foydalanuvchiga va amaliy dasturlarga kompyuterning uskunalari bilan aloqa qilishning qulay usuli (interfeys)ni ta’minlaydi.

    Operatsion tizimining zarurligining asosiy sabablari, kompyuter vositalari bilan ishlash va resurslarini boshqarish uchun eng sodda amallar - bu eng quyi darajadagi amallardir, shuning uchun foydalanuvchiga va amaliy dasturlarga zarur bo‘lgan harakatlar bir necha yuzlab yoki minglab shunday amallardan iborat bo‘ladi.


    Masalan, magnit disklardagi axborot to‘plovchi diskovodning dvigatelini qanday qilib yoqish, o‘chirishni, ma’lum silindrga o‘quvchi boshchani o‘rnatish, ma’lum o‘quvchi boshchani tanlash, kompyuterdagi diskning yo‘lakchasidagi axborotni o‘qish va hokazo kabi amallarni "tushunadi". Hatto bir disketdan ikkinchisiga faylning nusxasini ko‘chirish, kabi murakkab bo‘lmagan amalni bajarish uchun ham (fayl – bu diskdagi yoki boshqa mashinaviy axborot tashuvchidagi axborotlar to‘plami) diskovodlarga taalluqli buyruqlarni ishga tushirish, ularning ijrosini tekshirish, disklardagi fayllarni joylashtirish, jadvallaridan axborotni izlash hamda ularga ishlov berish va hokazolar bo‘yicha minglab amallarni bajarish lozim bo‘ladi. Vazifalar quyidagilar tufayli murakkablashadi:
    • disketalarning o‘nga yaqiatlari mavjud va operatsion tizimi ularning hammasi bilan ishishi kerak. Foydalanuvchi uchun turli formatdagi disketalar bilan ishlaaqo bir xil bo‘lishi kerak;
    • disketalarda fayl mbir maydonni egallaydi, foydalanuvchi aynan qaysi uchastkalar ekanaqida hech narsani bilmasligi kerak. Fayllarni joylashtirish jadvallarga xizmat ko‘rsatish, ulardan axborot izlash, disklarda fayllar uchun joy ajratish bo‘yicha barcha ishlar operatsion tizimi tomonidan bajariladi va foydalanuvchi bular haqida hech narsa bilmasligi mumkin.
    Nusxa ko‘chirish dasturi ishlayotgan paytda turli xildagi vaziyatlar, masalan, axborotni o‘qish yoki yozish vaqtida uzulishlar, buzilishlar, nusxa ko‘chirilayotgan fayl uchun disketada joy bo‘lmay qolishi va hokazolar kabi holatlar ro‘y berishi mumkin. Mana shunday barcha vaziyatlar uchun tegishli xabarlar va to‘g‘rilovchi harakatlarni hisobga olib qo‘yish kerak
    Operatsion tizim foydalanuvchidan bu murakkab va unga kerak bo‘lmagan tafsilotlarni yashiradi va unga ishlashi uchun qulay bo‘lgan interfeysni taqdim etadi. Tizim, shuningdek, turli yordamchi harakatlar, masalan, fayllarni ko‘chirish yoki chop etishni ham bajaradi. Operatsion tizim tezkor xotiraga hamma dasturlarni yuklashni amalga oshiradi, ular ishlay boshlashi bilan boshqarishni ularga topshiradi, bajarilayotgan dasturlarning so‘rovi bo‘yicha turli harakatlarni bajaradi va tezkor xotirani yakunlangan dasturdan tozalaydi.
    Odatda, IBM PC shaxsiy kompyuterni Microsoft firmasining MS DOS operatsion tizimi yoki uning IBM firmasi tarqatadigan PC DOS varianti rahbarligida yo bo‘lmasa, Digital Research firmasi (hozirgi Novel firmasining bo‘linmasi)ning MS DOS operatsion tizimi bilan qo‘shilib, o‘rin almashib ishlay oladigan DR DOS tizimi yoki IBM firmasining PC DOS operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydilar. Bundan buyon bu uchta operatsion tizimi ta’riflanadi va bunda ularning hammasi bitta umumiy DOS so‘zi bilan ataladi.
    Microsoft Windows ning paydo bo‘lishi mikro kompyuterlar tizimi sohasida yangi era boshlanganining belgisidir. MSDOS boshqaruvida ishlovchi 1980-yillardagi ishlanmalarning cho‘qqisiga aylangan Windows 3.1 ga ishchi guruhlari uchun mo‘ljallangan Windows tizimlari kuchli ilovalarni qulay va o‘zlashtirishga oson ko‘p vazifali grafik muhitda ishga tushurish imkonini beradi. Windowsda bu tizimlarning imkoniyatlari takomillashtirilgan va kengaytirilgan, shaxsiy kompyuterda ishlashga yangicha soddalashtirilgan yondoshuv ta’minlangan. Bundan tashqari Windows ga zamonaviy shaxsiy kompyuterlarning quvvatini maksimal darajada ishlatish imkonini beradigan bir qator eng yangi texnik yechimlar mujassamlashtirilgan.
    Windows foydalanuvchi ixtiyoriga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
    Fayl nomlari haqidagi ma’lumotlarni qo‘llab quvvatlash. Windows 3.X va MS DOS tizimlaridagi fayllar nomlarining uzunligiga qo‘yilgan cheklovlar haqida yodingizdan chiqarib qo‘yishingiz mumkin. Windowsda fayllar nomlarining uzunligi 255 gacha ramzdan iborat bo‘lishi mumkin.
    Tarmoqda ishlashni qo‘llab-quvvatlashning kompyuterga qo‘shib ishlangan vositalari. Windows, shaxsiy kompyuterlar uchun mo‘ljallangan oldingi ko‘plab operatsion tizimlardan farqli o‘laroq avval boshidanoq tarmoqda ishlash uchun yaratilgan edi va mana shuning uchun ham kompyuterdagi fayllar va uskunalar bilan birgalikda foydalanish imokoniyatlari Windows dan foydalanuvchining interfeysiga to‘liq integrallashtirilgan.
    Plug and Play. Windows da periferiya uskunalarini o‘rnatish va sozlashni maksimal darajada soddalashtirishga urinishi mujassamlangan, Plug and Play standartini qo‘llab-quvvatlash amalga oshirilgan. Operatsion tizim mana shu tarzda avtomatik ulanishni va uskunalarning Plug and Play standartlari talablariga javob beradigan uskunalarni konfiguratsiyalashni ta’minlaydi, ular eskirgan uskunalar bilan moslashib ishlashni qo‘llab-quvvatlaydi va muqobil komponentalarini ulash va o‘chirish uchun dinamik muhitni yaratadi.
    Portativ kompyuterlarni qo‘llab-quvvatlash. Plug andPlay standartini qo‘llab-quvvatlashga qo‘shimcha qilib Windows portativ kompyuterlardan foydalanuvchilar uchun fayllarni sinxronlashtirilishi, fayllarni bevosita kAbelga ulanishi yordamida va masofadan uzatilishi vositalari yordamida taqdim etadi.
    Multimediya ilovalarini qo‘llab-quvvatlashning yangilangan vositalari. Kompyuterga o‘rnatilgan va ovoz, video kompakt disklar bilan ishlash imkonini beruvchi vositalar multimediya ilovalarining rivojlanishi uchun yangi turtki beradilar. Windows 95 - bu Windowsning o‘yin dasturiy ta’minotining qo‘llab-quvvatlash sohasida MS DOSni bellashuvga chaqirgan birinchi versiyasidir.
    3. MS-DOS va Windowsning birlashib ketishi.
    Xozir Windows va MS DOS (Windows ME dan tashqari) yagona operatsion tizimni tashkil etadilar.
    32 razryadli modullar. Windows da 32 razryadli kod imkoniyati bo‘lgan hamma joyda ishlatiladi, bu esa tizimning yuqori darajadagi ishonchliligi va buzulishga chidamliligini ta’minlash imkonini beradi. Eskirgan ilovalar va drayverlar bilan moslikni ta’minlashdan tashqari bu tizimda 16 razryadli kod ham ishlatiladi.
    Siqib chiqaruvchi ko‘pvazifalik. Windows “qo‘shma” ko‘p vazifalik asosida ko‘rilgan bo‘lib, bunda ilovalar protsessordan birgalikda, uni vaqti vaqti bilan bir-biriga oshirib foydalanadilar. Agar ilovalardan biri protsessorni bo‘shatishdan bosh tortsa, tizim bunga qarshi xech qanday chora ko‘rolmaydi. Windows da siqib chiqaruvchi ko‘p vazifalar joriy etilgan. Bunda hamma ilovalar operatsion tizimning to‘liq nazorati ostidadir, dasturlarni birgalikda ishlatish uchun ajratilgan resurslardan samaraliroq foydalanadilar va xatosi bo‘lgan xamda xato tuzulgan dasturlar tizimning “osilib qolishi” ehtimolini sezilarli darajada pasaytiradilar.
    Ko‘p oqimlilik. Windows ko‘p oqimlikni tegishli tarzda yozilgan ilovalarga o‘z shaxsiy jarayonlarining ko‘p vazifali bajarilishini amalga oshirish uchun imkon beruvchi texnologiyani qo‘llab quvvatlaydi. Masalan, elektron jadvallarga ishlov berishning ko‘p oqimlilik tamoyilariga asoslanib yaratilgan dasturi bilan ishlaganda bir elektron jadvalni qayta hisoblab turib shu vaqtning o‘zida boshqasini chop etaverishingiz mumkin.
    Tizimning konfiguratsiyasi va foydalanuvchilar tanlagan sozlovlar haqida berilgan ma’lumotlarning markazlashgan bazasi. Windowsning ro‘yxati reyestirida tizimning ilovalari va turli parametrlari haqida ma’lumotlar saqlanadi. Windowsning avvalgi versiyalari bilan moslikni ta’minlash uchun tizim Win.ini va System.ini fayllaridan foydalanadi. Odatda Windows ishlayotganida undan ko‘p foydalanilmaydi.
    Diagnostikaning optimallashtirish va xatolarni tuzatishni takomillashtirilgan xamda soddalashtirilgan vositalari. Windows tarkibiga tizim unumdorligini optimallashtiruvchi quyidagi vositalar kiradi: o‘zini o‘zi sozlaydigan dinamik disk KESH, disklarning mantiqiy va tabiiy tuzilmasini tekshirish uchun mo‘ljallangan Scan Disk dasturlari, disklarni siquvchi Driver Space tizimi va disklarni defregmentatsiya qilish uchun nihoyatda sodda bo‘lgan dasturlardan foydalanish. Bundan tashqari Windowsga uskunalar o‘rtasidagi nizolarni bartaraf etishda yordam beradigan uskunalar dispetcheri (Device Manager) maxsus dasturga kiritilgan.

    Download 121,16 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




    Download 121,16 Kb.