|
1-Ma’ruza: Kirish. Operatsion tizim vazifalari Reja
|
bet | 23/23 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 121,16 Kb. | | #148260 |
Bog'liq 1-Ma’ruza Kirish. Operatsion tizim vazifalari Reja-fayllar.orgNazorat savollari
1.Monolit strukturali yadroga ega bo‘lgan OT larda protseduralar qaysi tarzda yoziladi.
2.Strukturalashtirilgan monolit tizimlar qanday tashkil etilgan.
3.Ko‘p qatlamli (ko‘p sathli) tizimlarda qatlamlar funksiyalarini aytib bering.
5.Kliyent-server modelituzilishi va ishlash prinsipi.
6.Mikroyadro modellarida modellar funksiyalarini aniqlash.
7.Obektga yo‘naltirilgan yondashishning o‘ziga xos xususiyatlari.
6-Ma’ruza: Operatsion tizimlarda resurs tushunchasi. Resurslar klassifikatsiyasi
Reja:
Operatsion tizimda resurs tushunchasi.
Belgilar bo‘yicha resurslarni sinflarga ajratish
Resurslar sinflari tavsifi
Tayanch so‘z va iboralar:
Fizik resurslar, Virtuvl resurs, Faol (aktiv) resurs, Dasturiy modullar, jarayon, Operativ xotira, protsessor vaqti, kirtish-chiqarish kanallari, Mavjudlik vaqti
Umumiy holda har iste’mol qilinadigan (uning), iste’molchilar uchun ma’lum qiymatga ega bo‘lgan obekt resursdir. Resurslar zaxiradagi ajratiladigan birligiga qarab, cheklangan va cheklanmagan bo‘ladi. Resurs cheklanganligi iste’molchilar orasida hayotiy zaruriyatlarga olib keladi. Zaruriyatlarni tartibga solish uchun, resurslar iste’molchilar orasida ularni yuqori darajadaqoniqtiradigan ma’lum qoidalar bo‘yicha taqsimlanishi zarur. Resurslarning umumiy klassifikatsiyasini quyidagicha tasavvur qilish mumkin:
-mavjudligi xaqiqiyligiga qarab: fizik va virtual
-xossalarning kengaytirish imkoniga qarab: moslanuvchan (elastik) va qat’iy
-faollik darajasiga qarab: faol va passiv
-mavjudlik vaqtiga qarab: asosiy va ikkinchi darajali
-tuzilishi (struktura) jihatidan: oddiy va murakkab
-tiplanishi bo‘yicha: ishlab chiqiladigan va va iste’mol qilinadigan
-amalga oshirish formasi bo‘yicha: yumshoq va qattiq
-funksionallik ortiqchaligiga qarab: qimmat va arzon
-foydalanish xarakteriga qarab: parallel foydalaniluvchi va ketma-ket foydalaniluvchi.
Fizik resurslar deb, real mavjud bo‘lgan va uni foydalanuvchilar orasida tqsimlanganda unga xos bo‘lgan fizik xususiyatlarga ega bo‘ladi (saqlab qoladi).
Virtual resurs-fizik resursning qandaydir boshqacha modelidir. Virtuvl resurs, foydalanuvchi tasavvur qilgan holda mavjud emas. Model siFATida virtual resurs dasturiy-apparat formada amalga oshiriladi. Bu ma’noda virtual resurs mavjuddir. Ammo virtual resurs foydalanuvchiga u bilan ishlash vaqtida, nafaqat fizik resurs, ya’ni modellashtirish obektiga xos xossalarnigina emas, balki unga xos bo‘lmagan xossalarni ham namoyon qiladi.
Xossalarni kengaytirish imkoniyati belgisi resursni qurish imkoniyatini xarakterlaydi. Virtuallashtirishga, ya’ni o‘z xossalarini kengaytirish imkonini beradigan resurs-moslanuvchan yoki elastik deyiladi. Qat’iy resurs, bu o‘z ichki xossalari bo‘yicha virtuallashtirishga yo‘l qo‘ymaydigan resursga aytiladi.
Faol (aktiv) resursdan foydalanishda, u boshqa resurs yoki jarayonlarni (yoki o‘ziga nisbatan ham) o‘zgartiruvchi amallarni qo‘llaydi yoki o‘zgartirishga olib keladi. Passiv resurs bunday xususiyatga ega emas. Bunday obekt ustida mumkin bo‘lgan amallar bajariladi, bunda uning holati o‘zgaradi, ya’ni ichki yoki tashqi xarakteristikalari. Markaziy protsessor – faol resurs, talab bo‘yicha ajratiladigan xotira passiv resursdir.
“Mavjudlik (sushestvovaniye) vaqti” belgisiga qarab farqlash, ulardan foydalanadigan jarayonlarga nisbatan olingan dinamikasiga qarab olib boriladi. Agar resurs tizimda jarayon tug‘ilishigachach mavjud bo‘lsa va jarayon mavjudligi intervalida murojaat qilish mumkin bo‘lsa, u holda bu resurs ayni jarayon uchun doimiydir. Vaqtinchalik resurs ko‘rilayapgan jarayon mavjudlik vaqtida tizimdadinamik holda paydo bo‘lishi va yo‘q qilinishi shu jarayon orqali yoki boshqa jarayonlar-tizimli yoki foydalanuvchi jarayonlari orqali olib borilishi mumkin. Demak, resurslar jarayonlarning tizimli o‘zaro bog‘lanish ma’lum qoidalari bo‘yicha ajratiladi. Shuning uchun ham ba’zi jarayonlarga nisbatan doimiy bo‘lgan resurs boshqasiga nisbatan vaqtinchalik yoki aksi bo‘lishi mumkin.
Resurslarning muhimligi darajasiga nisbatan sinflarga ajratish zaruriyati, ikkita sabab bilan belgilangandir: zarur ishlovchanlik bilan ta’minlanishi va jarayonlarni boshqarish va resurslarni taqsimlashdagi moslanuvchanligini oshirish. Buning uchun asosiy va ikkinchi darajali resurslar ajratiladi. Resurs aniq jarayonga nisbatan asosiy bo‘ladi, shu holdaki, agar uning taqsimlanishisiz jarayon rivojlana olmasa. Bunday resurslarga eng avvalo markaziy protsessor va operativ xotira kiradi. Agar resurslar taqsimlanmaganda jarayonni alternativ rivojlanishiga yo‘l qo‘ysa, bunday resurslar ikkinchi darajali resurslar deyiladi. (m-n, MD.ML).
Resurslarni qimmat va arzon resurslarga bo‘linishi, ularni taqsimlashdagi funksional ortiqchaligi prinsipini amalga oshirishdan kelib chiqadi. Foydalanuvchi olidida tanlash masalasi turadi – kerak resursni tez olib bu xizmat uchun qimmat narh berish, yoki talab qilingan resurs taqsimlanishini kutib, undan foydalanilganda arzon narh to‘lash. Tizimda alternativ resurslar mavjud bo‘lsa, ulardan foydalanishning har xil narhlari kiritiladi.
Tuzilishi jihatidan olingan belgi, resursda biror struktura (tuzilish) borligini ko‘rsatadi. Agar resurs tashkil etuvchi elementlardan iborat bo‘lmasa va taqsimlanganda bir butun-yaxlit holatda olinsa u oddiy deyiladi. Murakkab resurs ma’lum struktura bilan belgilanadi. U o‘z tarkibida bir xil xarakteristikaga ega bo‘lgan (foydalanuvchi nuqtai-nazaridan) qator elementlardan tashkil topgandir. Foydalanuvchi-jarayonlarga, ularning resursga talablari bo‘yicha, murakkab resursning qaysi elementlari ajratilishining farqi yo‘qdir. Oddiy va murakkab resurslar holatlari soni bilan ham farqlanadi. Oddiy resurs, agar biror-bir jarayonga foydanishga berilsa-band, yoki bo‘sh bo‘lishi mumkin. Murakkab resurs, agar uning elementlaridan birortasi ham foydalanish uchun taqsimlanmagan bo‘lsa “bo‘sh” holatida bo‘ladi. Agar uning hamma elementlari foydalanish uchun berilgan bo‘lsa, u “band holatida, agar resurslar elementlari qismi taqsimlangan bo‘lsa, u holda resurs “qisman band” bo‘ladi.
Resurslarni u yoki bu asosga nisbatan resurslarni taqsimlash mexanizmini ko‘rayapganda taqsimlanadigan resurslar xarakterini hisobga olish muhim ahamiyatga egadir. Bu belgiga qarab ham resurs mohiyati hisobga olinadi va resursdan foydalanilgandan so‘ng uning qayta tiklanishi imkoniyati hisobga olinadi. Tiklanish imkoniyatiga qarab, resurslar ishlab chiqiluvchi va iste’mol qilinuvchilarga bo‘linadi.
Har bir resursga nisbatan foydalanuvchi-jarayon uchta tipdagi harakatni bajaradi deb faraz qilinadi: talab, foydalanish va bo‘shatish. Agar tizim tomonidan resursni taqsimlashda bajariladigan amallar ko‘p takrorlanuvchi “talab-foydalanish-bo‘shatish” ketma-ketlikda bajarishi mumkin bo‘lsa, u holda bunday resurs ishlab chiqariladigan resurs deyiladi. U qaytgandan so‘ng, boshqa jarayon tomonidan ishlatilishi mumkin bo‘ladi. Shuning uchun ham, resursdan har gal foydalanilgandan so‘ng, uning o‘zgarish ko‘rinishini hisobga olinmasa, resurs hayot vaqtini, u o‘z funksional xossalarini yo‘qotmaguncha cheksiz katta yoki yetarli darajada katta deb hisoblash mumkin. Ma’lum kategoriyadagi resurslarga nisbatan amallarni quyidagi tartibda bajarilishi to‘g‘ri bo‘ladi: bo‘shatish-talab-foydalanish, undan keyin esa iste’mol qilinadigan deb ataluvchi resurs iste’mol sferasidan olib tashlanadi (m-n, - ishlab chiquvchi – iste’molchi munosabati). Iste’mol qilinadigan resursni hayot muddati, ya’ni bo‘shatish va foydalanish amallari bajarilishi orasidagi vaqt bilan belgilanadi va u cheklidir. Ishlab chiquvchi jarayoni va iste’molchi jarayoniiga nisbatan iste’mol qilinuvchi resurslar o‘zlarini vaqtinchalik kabi tutadilar.
Resurs tabiati va (yoki) foydalaniladigan resursni taqsimlash qoidasi, bir nechta jarayon o‘rtasida taqsimlanadigan resursdan parallel yoki ketma-ket foydalanish sxemasi bilan belgilangandir. Ketma-ket sxema, ketma-ket foydalaniladigan deb ataluvchi resursga nisbatan, vaqt bo‘yicha quyidagi qat’iy amallar zanjiri “talab-ijro-bo‘shatish” bajarilishini nazarda tutadi. Parallel jarayonlar uchun bunday amallar zanjiri kritik sohadan iboratdir va ular oldindan belgilangan bir-birini rad etish qoidasiga asosan bajarilishi kerak. Shuning uchun ham, ketma-ket foydalaniladigan va bir nechta parallel jarayonlar orasida taqsimlanadigan resurslar – kritik resurs deb ataladi. Parallel sxema, bir vaqtning o‘zida parallel foydalanuvchi bitta resursdan foydalanishni nazarda tutadi, shuning uchun ham birdan ortiq jarayondan parallel foydalanuvchi deb ataladi. Bunday foydalanish, har bir jarayon mantiqiy rivojlanishiga xech qanday xatolikka yo‘l qo‘ymasligi kerak.
Amalga oshirish formal bo‘yicha yumshoq va qattiq resurslarga bo‘linadi. Qattiq resurslar deganda, mashina apparat kompanentasi inson resursi tushuniladi, qolgan hamma resurslar yumshoq resurslardir. Qattiq va yumshoq resurslar orasidagi farq murakkablikdan, va narhidan tashqari ularning buzilish va rad etish holatlariga qat’iyligi va ishlash qobiliyatining tiklanishidir. Yumshoq resurslar sinfida ikki tipni ajratamiz, dasturli va axborot resurslariga.
Agar yumshoq resurs nusxa olishga yo‘l qo‘ysa, va resurs-originaldan va resurs-kopiyadan foydalanish bir xil bo‘lsa, u holda bunday resurs dasturli yumshoq dasturdir. Aks holda ularni axborot resurs tipiga kiritish mumkindir, bular dasturlar, fayllar, massivlar. Yumshoq axborot resurslari umuman nusha olishga yo‘l qo‘ymaydlar, agar yo‘l qo‘ysa, u vaqt funksiyasidir. Bu har xil turdagi iste’mol resurslardir: xabar, uzilish signallari, OT ga, har xil xizmatlarga bo‘lgan talab, sinxronlashtirish signallaridir. Bunday xabar va signallar ma’lumotli ahamiyatga egadir (ammo faqat chekli vaqt intervali asosida). M-n, xotira yacheykasiga, vaqti-vaqti bilan ba’zi xabarlarni yozib turilsa, u holda aniq habarni boshqa yangi xabar kelguncha yacheykaga yozish vaqtida, undan nusha olish mumkindir. Keyingi nusha olish, tanlangan habardan foydalanishdan boshqa natija olishga olib keladi.
OT larda resurs tushunchasi, odatda, qayta takror foydalaniladigan resurslarga nisbatan, nisbatan qat’iy va yetishmaydigan obektlarga nisbatan ishlatiladi, ularga talab berilishi, foydalanilishi va ozod bo‘lishi mumkindir. Resurslar taqsimlanadigan bo‘ladi, u holda bir nechta jarayonlar ulardan bir vaqta foydalaniladi yoki parallel, yoki taqsimlanmaydigan bo‘ladi (u holda resurs faqat bitta jarayon tomonidan ishlatiladi).
Ilk OTlarni ishlab chiqish vaqtida protsessor vaqti, xotira, kirtish-chiqarish kanallari va periferik qurilmalar resurs hisoblangan. Keyinchalik resurs tushunchasi universal va umuiyroq bo‘lib qoldi. Ularga har xil tipdagi dasturiy va axborot resurslari (tizim nuqtai-nazaridan ular obekthisoblanadilar) kiradi, ularni taqsimlash mumkin va ularga murojaatni boshqarish mumkin.
Asosiy resurslardan biri protsessordir. Bunda protsessor faqat ko‘pprotsessorli tizimlardagina resurs siFATida chiqadi, bir protsessorli tizimlarda esa protsessor vaqti resurs hisoblanadi. Uni taqsimlash parallel sxema bo‘yicha olib boriladi.
Keyingi resurs ko‘rinishi – xotiradir. U ham bir vaqtning o‘zida taqsimlanishi (xotirada bir vaqtda bir nechta jarayon bor bo‘lsa) va parallel (xotira jarayonlarga navbat bilan beriladi) taqsimlanishi mumkin. Operativ xotirani jarayonlar orasida samarali taqsimlash eng dolzarb masaladir. Umumiy holda shaxsan xotira va unga murojaat har xil resurslardir. Ularning har biri bir-biridan bog‘liq bo‘lmagan holda berilishi mumkin ammo xotira bilan to‘liq ishlash uchun ikkalovi zarurdir. M-n, tashqi xotira bir vaqtda taqsimlanishi, unga murojaat esa navbat bilan taqsimlanishi mumkin.
Tashqi qurilma yana bitta resurs ko‘rinishidir. Bevosita murojaat mexanizmi mavjud bo‘lsa, ular bir vaqtda taqsimlanadilar. Agar qurilma faqat ketma-ket murojaatga ega bo‘lsa, u taqsimlanadigan resurs hisoblanmaydi, m-n, printer, magnit lentadagi jamlama.
Dasturiy modullar ham resurslardan biri bo‘lib hisoblanadi. Bir marta foydalaniladigan resurslar faqat bir marta to‘g‘ri bajarilishi mumkin.
Ish vaqtida ular yo o‘z kodlarini yoki berilgan kattaliklarni buzishlari mumkin. Bunday modullar bo‘linmaydigan resurslardir. Qayta foydalanadigan modullar imtiyozli, imtiyozli bo‘lmagan, reyenterabel va qayta kiradigan bo‘lishi mumkin.
Kattaliklar (ma’lumotlar) axborot resurslar siFATida qaralishi mumkin. Bular yo operativ xotiradagi o‘zgaruvchilar yoki fayllar bo‘lishi mumkin. Ma’lumotlardan faqat o‘qish uchun foydalanilsa, ularni oson ajratish mumkin. Jarayonlarga bu ko‘rinishdagi resurslarni o‘zgartirishga ruxsat berilsa, ularni bo‘lish muammosi ancha murakkablashadi.
Yana shunday resurslar borki, ularni egasi jarayonlardan bemalol olishi mumkin, m-n, xotira. Ba’zilarini esa egasidan, hisoblash natijasini yo‘q qilmasdan olib bo‘lmaydi. M-n, kompakt-diskka yozishni to‘xtatib bo‘lmaydi.
Nazorat savollari:
1.Resurslar ta’rifi va asosiy resurslarni aytib bering.
2.Resurlar qanday belgilar bo‘yicha sinflarga ajratiladi.
3.Strukturaga ega resurslarni aytib o‘ting.
4.Zamonaviy va birinchi OTlardagi qanday obektlar resurslar deb hisoblangan?
5.Resurslarni virtuallashtirish deganda nimani tushunasiz.
6.Resurslarning qanday turlari mavjud.
http://fayllar.org
|
| |