• Virtuallashtirish prinsipi.
  • Joyini o‘zgartirish prinsipi




    Download 121,16 Kb.
    bet16/23
    Sana30.01.2024
    Hajmi121,16 Kb.
    #148260
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
    Bog'liq
    1-Ma’ruza Kirish. Operatsion tizim vazifalari Reja-fayllar.org

    Joyini o‘zgartirish prinsipi. Bu prinsip modullarning bajarilishi, ularning xotirada joylashgan o‘rniga bog‘liqmasligini ko‘zda tutadi. Modul matnini, uni xotirada joylashuviga mos ravishda sozlash maxsus mexanizmlar, yoki uning bajarilishi davomida amalga oshiriladi. Sozlash, komandalarning adres qismida foydalanadigan haqiqiy adreslarni aniqlashdan iborat bo‘lib, ayni OTlar uchun qabul qilingan operativ xotirani taqsimlash algoritmi va qo‘llaniladigan adreslash usuli bilan aniqlanadi. U foydalanuvchi dasturlariga ham taqsimlanadi.
    Virtuallashtirish prinsipi. Bu tizim yagona markazlashgan sxemadan foydalanib, tizim strukturasini, jarayonlarni rejalashtiruvchilar (planirovshiklar) va resurs (monitorlari) taqsimlovchilari ma’lum majmuasi ko‘rinishida tasvirlashga imkon beradi. Virtuallik konsepsiyasi, virtual mashina tushunchasida akslanadi. Ixtiyoriy OT, haqiqatda, foydalanuvchidan, real apparat va boshqa resurslarni yashirib, ularni ma’lum abstraksiyalar bilan almashtiradi. Natijada, foydalanuvchilar virtual mashinani, ularning dasturlarini qabul qiluvchi va ularni bajarib, natija beruvchi yetarli darajadagi abstrakt qurilma siFATida foydalanadilar va tasavvur qiladilar. Foydalanuvchini, umuman hisoblash tizimi real konfiguratsiyasi va uning komponentalaridan samarali foydalanish fiziqtirmaydi. Bir nechta parallel jarayonlar uchun, bir vaqtning o‘zida real tizimda mavjud bo‘lmagan narsadan bir vaqtda foydalanish tasavvuri hosil qilinadi.
    VM, real arxitekturani ham aks ettiirshi mumkin, ammmo bu holda arxitektura elementlari ko‘pincha sistema bilan ishlashni soddalashtiruvchi, mukammalashtiruvchi yangi parametrlar bilan chiqadilar. Foydalanuvchi nuqtai-nazarida, ideal mashina quyidagilarga ega bo‘lishi kerak:
    - ishlashi mantiqi jixatidan bir xil tarzdagi, chegaralanmagan xajmga ega bo‘lgan virtual xotira;
    - parallel ravishda bir-biriga ta’sir qiladigan va ishlay oladigan virtual protsessorlarning ixtiyoriy miqdori;
    - virtual mashina xotirasiga ketma-ket va parallel, sinxron va asinxron murojaat etishga qodir bo‘lgan virtual tashqi qurilmalarning ixtiyoriy miqdori (soni) ma’lumotlar xajmi chegaralanmaganda ideal mashinaga yaqinlashtirilgan, OT tomonidan amalga oshiriladigan virtual mashina qanchalik katta bo‘lsa, ya’ni arxitekturali mantiqiy xarakteristikasi realdan qanchalik farq qilsa, demak virtuallikning shunchalik yuqori darajasiga erishilgan bo‘ladi. OT bir-biri ichiga joylashtirilgan VM iyerarxiyasi siFATida quriladi. Dasturlarning quyi sathi mashinaning apparat vositalaridir.
    Keyingi sath esa dasturiy bo‘lib, quyi sath bilan birgalikda, mashina yangi xossalarga ega bo‘lishiga yordam beradi. Har bir yangi sath ma’lumotlarga ishlov berish funksiya imkoniyatlarini kengaytirish imkonini berib, quyi sathlarga murojaatni osonlashtiradi.
    VM larni iyerarxik tartibga solish ustunliklarga ega bo‘lish, ya’ni loyixa doimiyligi, dastur tizimlari ishonchliligi, ishlab chiqish muddatlari qisqarishi, qator muammolarga ega. Ularning asosiylari: virtuallashtirish sathlari sonini va hossalarini aniqlash, OT ning har bir sathiga zaruriy qismlarni kiritish qoidalarini aniqlash. Abstraktlashtirish (virtualizatsiya) alohida sathlari xossalari:
    1.Har bir sathda, yuqori sathlar mavjudligi va xossalari to‘g‘risida xech narsa ma’lum emas.
    2.Har bir sathda, boshqa sathlar ichki tuzilishi to‘g‘risida xech narsa ma’lum emas. Ular orasidagi bog‘lanish oldindan belgilangan qat’iy qoidalar orqali olib boriladi.
    3.Har bir sath bir nechta moduldan iborat, ularning ba’zilari ichki hisoblanadi va ularga boshqa sathlar murojaat qilishi mumkin. Qolgan modullar nomi yuqori sathlarga ma’lum va shu sathlar bilan bog‘lana oladi.
    4.Har bir sath ma’lum resurslarga ega, u o‘z resurslari abstraksiyalarini (virtual resurslarni) boshqa sathlardan yashirishi yoki taklif qilishi mumkin.
    5.Har bir sath, tizimda ma’lumotlarning ma’lum abstraksiyasini ta’minlaydi.
    6.Har bir sathda, boshqa sathga nisbatan qilinayapgan taklif minimal bo‘lishi shart.
    7.Sathlar orasidagi bog‘lanish aniq argumentlar, bir sathdan ikkinchisiga uzatiladigan argumentlar bilan chegaralangan bo‘lishi kerak.
    8.Global ma’lumotlardan bir nechta sathlar foydalanishi mumkin emas.
    9.Har bir sath boshqa sathlar bilan mustaxkamroq va kuchsiz bog‘lanishi kerak.
    10. Abstraksiya sathi orqali bajariladigan har qanday funksiya yagona kirishga ega bo‘lishi kerak.
    Dasturiy ta’minotni tashqi qurilmalarga bog‘liq emasligi (muustaqilligi) prinsipi. Bu prinsip, dasturning aniq qurilmalar bilan bog‘lanishi, dastrularni translyatsiya darajasida emas, balki undan foydalanishni rejalashtirish davridaligidan iboratdir. Dasturlarning yangi qurilmalar bilan ishlashi vaqtida, qayta kompilyatsiya qilinishi talab qilinmaydi. Bu prinsip ko‘pgina OTlarda amalga oshiriladi.
    Mutanosiblik prinsipi (sovmestimost). Bu prinsip, bir OT uchun yaratilgan dastur ta’minotining (DT) boshqa OT va shu OT ning oldingi versiyalarida ham bajarilish imkoniyatini belgilaydi. Mutanosiblik ijro fayllari va dastur berilgan matni darajasida bo‘lishi mumkin. Birinchi holatda tayyor dasturni boshqa OTda ishga tushirish mumkin. Buning uchun mikroprotsessor komandasi, tizimli va kutubxona chaqiriqlari darajasidagi mutanosiblik talab qilinadi. Qoida bo‘yicha, mashina kodini qayta kodlash imkonini beradigan va ularni boshqa protsessorlar terminlaridagi ekvivalent komandalar ketma-ketligiga almashtiradigan maxsus ishlab chiqiladigan emulyatorlardan foydalaniladi. Boshlang‘ich matn darajasidagi mutanosiblik, mos translyator mavjudligini, tizimli va kutubxona chaqiriqlari darajasidagi mutanosiblikni talab qiladi.
    Ochiqlik va qo‘shimcha imkoniyatlar qo‘shish prinsipi. Ochiqlilik taxlil uchun nafaqat tizimli mutaxassislarga balki foydalanuvchilarga ham imkoniyat borligini ko‘zda tutadi. Qo‘shimcha imkoniyatlar qo‘shish, OT tarkibiga yangi modullar qo‘shish va mavjudlarini o‘zgartirish (modifikatsiya) imkonini beradi.
    OT ni mikroyadro strukturasidan foydalanib, kliyent-server texnologiyasiga asosan qurish, qo‘shimcha imkoniyatlar qo‘shish keng imkoniyat yaratadi. Bu xolda OT imtiyozli boshqaruvchi dasturlar va imtiyozsiz server-xizmatlar majmuasi tarzida quriladi. Asosiy qism o‘zgartirilmasdan qolib, serverlar oson o‘zgartiriladi, almashtiriladi va qo‘shimcha qo‘shiladi.
    Mobillilik prinsipi (ko‘chirib o‘tkazish). Bu prinsip OTni bir platformadan, boshqa tipdagi platformaga ko‘chirish imkonini nazarda tutadi. Ko‘chirib o‘tkaziladigan OT ni ishlab chiqishda quyidagi qoidalarga rioya qilinadi: OT ning deyarli katta qismi, foydalanishga mo‘ljallangan hamma platformalarda translyatorlari mavjud bo‘lgan tilda yoziladi. Bu yuqori darajadagi, qoida bo‘yicha S tilidir. Assemblerdagi dastur umumiy holda, ko‘chirib bo‘lmaydigan dasturdir. Keyin, apparat resurslari bilan bevosita munosabatda bo‘lgan kod fragmentlari olib tashlanadi yoki kamaytiriladi. Apparatga bog‘liq kod, bir nechta yaxshi lokallashtirilgan modullarda ajratilgan holda bo‘ladi.

    Download 121,16 Kb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




    Download 121,16 Kb.