|
OT ni generatsiya qilish prinsipi
|
bet | 15/23 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 121,16 Kb. | | #148260 |
Bog'liq 1-Ma’ruza Kirish. Operatsion tizim vazifalari Reja-fayllar.orgOT ni generatsiya qilish prinsipi. Bu prinsip, yechiladigan masala va hisoblash tizimining konfiguratsiyasidan kelib chiqqan holda, OT ni sozlashga imkon beradigan OT yadrosi arxitekturasini tashkil etish prinsipini belgilaydi. Bu protsedura juda kam hollarda, OT ni uzoq vaqt davomida ekspluotatsiya qilish oldidan bajariladi.
Generatsiya jarayoni maxsus generator-dasturi va mos kirish tili yordamida amalga oshiriladi. Generatsiya natijasida OT ning, tizimli modul va kattaliklardan iborat to‘liq versiyasi vujudga keladi. Modullilik prinsipi generatsiyani ahamiyatli darajada soddalashtiradi. Bu prinsip ayniqsa Linux OT larida yaqqol ko‘zga tashlanadi, unda nafaqat OT yadrosi generatsiya qilinadi, yuklanadigan tranzit modullari tarkibini ko‘rsatadi. Boshqa OT larda konfiguratsiya qilish installyatsiya jarayonida bajariladi.
Funksional ortiqchalilik prinsipi. Bu prinsip aynan bir amalni, har xil vositalar bilan bajarish imkoniyatini hisobga oladi. OT tarkibiga resurslarni boshqaruvchi bir necha xil monitorlar va fayllarni boshqaruvchi bir necha xil monitorlar va fayllarni boshqaruvchi bir nechta tizimlar va x.k.lar kiradi. Bu esa sho‘ navbatida, OT ni hisoblash tizimini aniq konfiguratsiyasiga tez va yetarli darajada moslashishga, aniq sinf masalalarini yechishda texnik vositalarni samarali yuklashni maksimal ta’minlashga va shunda maksimal unumdorlikka erishishga olib keladi.
Standart holatlar prinsipi (po umolchaniyu). Tizim bilan ishlashda, ham generatsiya bosqichida ham, tizimlar bilan bog‘lanishni tashkil etishni yengillashtirish uchun qo‘llaniladi. Prinsip tizimidagi foydalanuvchi dasturini xarakterlovchi va ularning bajarilish vaqtini oldindan aniqlovchi, qurilma konfiguratsiyasi, modullar va jarayonlar strukturasini tavsiflarini tizimda saqlashga asoslangandir. Bu ma’lumotni foydalanuvchi tizimi, ma’lumot berilmagan bo‘lsa,yoki atayodan aniqlashtirilmagan bo‘lsa, foydalanadi. Umuman, bu prinsipni qo‘llash, foydalanuvchi tizim bilan ishlayapgan vaqtda, u o‘rnatadigan parametrlarni qisqartirish imkonini beradi.
|
| |