• 5-Ma’ruza: Operatsion tizim arxitekturasi Reja
  • Tayanch so‘z va iboralar
  • 1-Ma’ruza: Kirish. Operatsion tizim vazifalari Reja




    Download 121,16 Kb.
    bet18/23
    Sana30.01.2024
    Hajmi121,16 Kb.
    #148260
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
    Bog'liq
    1-Ma’ruza Kirish. Operatsion tizim vazifalari Reja-fayllar.org

    Nazorat savollari:
    1.Chastota, mustaqillik va mutanosiblik prinsiplari nimadan iborat.
    2.Modullilik prinsipi nima?
    3.Funksiya bo‘yicha tanlash, sozlash, funksional ortiqchalik prinsipini tushuntiring
    4.Standartlik va muqobillik prinsipi.
    5.Virtuallashtirish prinsipi xossalari.
    6.Mobillik va xavfsizlik prinsiplari.
    5-Ma’ruza: Operatsion tizim arxitekturasi
    Reja:
    1. Operatsion tizimlar klassifikatsiyasi va ularni sinflarga ajratish.


    2. Operatsion tizimlar arxitekturali qurilishidagi asosiy yo‘nalishlar.


    3. Monolit va ko‘p sathli tizimlar.


    4. Kliyent-server va mikroyadro modeli.




    Tayanch so‘z va iboralar:
    Yadro, kiritish-chiqarish tizimi, komanda protsessori, fayl tizimi, resurslarni boshqarish, sinxronlashtirish, monolit tizimlar, Nowell Net Ware, ko‘p sathli tizimlar, kliyent-server va mikroyadro modeli, Kliyent-server modeli, Obektga mo‘ljallangan yondashish.
    Birinchi dasturlar bevosita mashina kodlarida yaratilgan. Buning uchun, mikroprotsessor arxitekturasini va uning asosidagi tizimni mukammal bilish zarur. Hisoblash texnikasining rivojlanishi borasida, ko‘p uchraydigan amallarni (operatsiyalarni) ajratib, ular uchun dasturiy modullar yaratilib, keyinchalik ulardan dasturiy ta’minotda foydalana boshladilar. Shunday qilib, 50-chi yillarda, birinchi dasturlash tizimlarini yaratishda kiritish chiqarish amallari uchun, keyinchalik matematik amal va funksiyalarni hisoblash uchun modullar yaratildi. Keyinchalik, rivojlanish qori darajadagi translyatorlarni yaratilishiga olib keldi, ya’ni operatorlar o‘rniga zaruriy funksiyalarni chaqiriqlarni qo‘yish imkoniyati kelib chiqdi. Kutubxonalar soni oshib bordi. Natijada, amaliy dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilaridan tizim arxitekturasini mukammal bilish talab qilinmay qoldi. Ular, dasturiy tizimga mos chaqiriqlar bilan murojaat va ulardan kerakli servis va funksiyalarni olish imkoniga ega bo‘ldilar. Bu dasturiy tizim OT dir.

    Zamonaviy OT asosiy tashkil etuvchilari – bu yadro, kiritish-chiqarish tizimi, komanda protsessori, fayl tizimi. Yadro masalalar va resurslarni boshqarish, sinxronlashtirish va o‘zaro bog‘lanishi bo‘yicha asos funksiyalarni ta’minlaydi. Komanda protsessori, komandalarni qabul qilish va ularga ishlov berish, foydalanuvchi talabi bo‘yicha mos xizmatlarni chaqirishni ta’minlaydi.


    Kiritish va chiqarish tizimi, tashqi qurilmalar bilan ma’lumotlarni kiritish va chiqarish masalasini ta’minlaydi.
    OT kutubxonalarida bu funksiyalarning mavjudligi, har bir ularni dasturlash tizimi vositalari bilan har bir dasturga qo‘shmaslik imkonini beradi. Dasturlash tizimlari faqat, kiritish-chiqarish tizimi kodlariga murojaatni generatsiya qiladi va kattaliklarni tayyorlaydi. KCH tizimi, kiritish-chiqarish qurilmalari turlari ko‘p bo‘lgani uchun eng murakkab hisoblanadi. Bunda, nafaqat samarali boshqarish, balki amaliy dasturchilarga qurilmalardan abstraktlashtirishga imkon beradigan qulay va samarali virtual interfeysni ta’minlaydi. Boshqa tomondan, parallel bajariladigan talay masalalarni kiritish-chiqarish qurilmalariga murojaatni ta’minlash talab qilinadi. Ba’zi KCH dasturchilaridan ba’zilari qurilmalardan mustaqildir, ularni KCH ko‘pgina qurilmalariga, qo‘llash mumkin.
    Fayl – bir xil tuzilishga ega bo‘lgan yozuvlar majmuasi ko‘rinishida tashkil etilgan ma’lumotlar to‘plamidir.
    Fayl tizimi, foydalanuvchiga ma’lumotlar tuzilishining mantiqiy darajasi va amallar bilan ish ko‘rish imkonini beradi. Fayl tizimi, ma’lumotlarni diskda yoki boshqa ma’lumot jamlamasida tashkil qilish usulini belgilaydi.
    Barcha zamonaviy OT lar o‘z fayl boshqaruv tizimiga ega. Ular zamonaviy OT larning aksariyat ko‘pchiligida asosiy hisoblanadi. FBT i disk sohasini markazlashgan holda taqsimlash va ma’lumotlarni boshqarish muammosini yechadi.
    FBT, foydalanuvchilardan kiritish-chiqarish furilmalari va disk xususiyatlarini yashirgan holda, fayl va kataloglar bilan ishlash uchun keng xizmat (servis) imkoniyatlarini beradi. UNIX da disklarda fayl tizimi va asos fayl tizimi alohida-alohida mavjuddir va ular bir-biriga bog‘liq emas. UNIX da yo‘lga dik nomi yoki uning nomerini qo‘shish imkonini bermaydi, chunki bu OT uchun qurilmalarga qat’iy bog‘lanishni keltirib chiqaradi. “Mount” tizimi chaqirig‘i yumshoq dik tizimini asos fayl tizimidagi ko‘rsatilgan joyga qo‘shish (montirovka) imkonini beradi. UNIX da yana bir tushuncha- maxsus fayllar tushunchasidir.


    Download 121,16 Kb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




    Download 121,16 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Ma’ruza: Kirish. Operatsion tizim vazifalari Reja

    Download 121,16 Kb.