O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
“TIQXMMI” MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETINING
BUXORO TABIIY RESURSLARNI BOSHQARISH INSTITUTI
|
«Tasdiqlandi»
O’quv ishlari bo’yicha prorektor
_____________I.Hasanov
«___»___________2024 y.
|
“M o n t a j – t e x n o l o g i k”
amaliyoti bo’yicha
SILLABUS
Kunduzgi bo’lim uchun
Bilim sohasi:
|
700000
|
–
|
Muhandislik,ishlov berish va qurilish sohalari
|
Ta’lim sohasi:
|
710000
|
–
|
Muhandislik ishi
|
Ta’lim yo’nalishi:
|
60711400
|
–
|
“Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (suv xo’jaligida)”
| Buxoro – 2024
Montaj amaliyotining ishchi o’quv dasturi o’quv reja va o’quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.
Tuzuvchi:
Po`lotova M. R – TIQXMMI MTU BTRBI «Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va boshqarish» kafedrasi assistenti.
Taqrizchi:
Soliyeva O. K. - Bux MTI «TJBAKT» kafedrasi dotsenti, t.f.n.
Montaj amaliyotining o’quv dasturi «Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va boshqarish» kafedrasining 2022 yil “___” _______ dagi “___” - son yig’ilishida muxokamadan o’tgan va fakul’tet kengashida muxokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri: kat.o’qit. Usmonov J.I.
Fakultet kengashi raisi: dotsent Tuxtayeva H.T.
Kirish
Ushbu dastur 5311000 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomalashtirish va boshqarish (suv xo’jaligida) bakalavr yo’nalishi bo’yicha ikkinchi bosqich talabalari uchun olib boriladigan montaj - texnologik amaliyoti uchun mo’ljallangan. Bu yerda korxonaning texnologik bo’linmalari tuzilishini va texnologik jarayonlarini, texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlarini o’rganish; gidromeliorativ tizimlarda ishlatiladigan avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining texnik vositalarining montaji, shitlar, boshqaruv pul’tlari, nazorat asboblarining o’rnatilish joylari va ularga bo’lgan talablar, moslamalar va nostandart asboblarni loyihalash malakasini hosil qilish, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarida qo’llanuvchi avtomatikaning texnik vositalari, komp’yuter texnologiyalarini texnologik jarayonlarga joriy etishning uslubiyatlarini ko’rib chiqish masalalari hal qilinadi. Bu amaliyotni ilg’or ilmiy markazlarda, kafedralarda zamonaviy komp’yuterli texnologiyalar asosida montaj va prinsipial sxemalarni terish, masalan, Elektronics Work Bench, AutoCad Electrikal, MatLab va boshqa dasturlar asosida olib borish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Montaj-texnologik amaliyotni o’tish talabalarga nazariy bilimlarini mustaxkamlashiga, mutaxassislik bo’yicha ishlab chiqarish va ilhor ish usullarini o’rganishga, egallashiga jamoada siyosiy, tashkiliy va tarbiyaviy ishlardan tajribalar ortirishga imkon beradi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 25 dekabrda o’tkazilgan «Suv xo’jaligi uchun kadrlar tayyorlash va mutaxassisliklar malakasini oshirish hamda o’quv muassasalari bilan suv xo’jaligi tashkilotlari o’rtasidagi aloqa tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora – tadbirlar to’g’risida»gi yig’ilish bayoni qarori, institut rektorining 2012 yil 3 yanvardagi 1 a/f sonli buyrug’ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda 2021 – 2021 o’quv jarayoni grafigiga asosan montaj-texnologik amaliyotini o’tkazish rejalashtirilgan.
|