|
Talaba bilishi va foydalana olishi
|
bet | 3/10 | Sana | 05.09.2024 | Hajmi | 0,58 Mb. | | #270301 |
Bog'liq Amaliyot Montaj ishchi 2022Talaba bilishi va foydalana olishi;
- avtomatika vositalarining tuzilishi va ishlash prinsiplari;
-nasos stansiyalari va boshqa gidromelioratsiya tizimlarida namunaviy guruhiy texnologik jarayonlar rejimlarini joriy etish;
- zamonaviy komp’yuterli texnologiyalar Elektronics Work Bench, AutoCad Electrikal, MatLab va boshqa dasturlar asosida montaj va prinsipial sxemalarni terish;
-datchiklarni va ikkilamchi o’zgartgichlarini montaj qilish, sozlash jarayonlarini ishlab chiqish;
-gidromeliorativ tizimlar, nasos stansiyalarda yangi texnologiyalarni va texnik vositalarni joriy etish va ularning texnik – iqtisodiy ko’rsatgichlarini hisoblash;
-gidrotexnik inshootlari va nasos stansiyasida dispetcher lavozimida ishlash, asosiy va yordamchi uskunalarni, standart va nostandart asboblarni ishlab chiqish;
- avtomatik vositalari va apparatlarini montaj qilish va ta’mirlash bilan bog’liq bo’lgan ishlarni bajarishda nazariy bilimlarini mustahkamlash, ularni ishlab chiqarishda qo’llash bo’yicha malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak.
Amaliyot o’tish joyi
Montaj - texnologik amaliyoti qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan institutning rejasi va mazkur dastur asosida o’tkaziladi.
Amaliyot qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tasarrufidagi korxonalarda, ilg’or ilmiy markazlarida, ilg’or laboratoriya va kafedralarda avtomatlashtirilgan gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalarida, suv omborlarida, avtomatika tizimlari va elektr qurilmalari montaj–sozlash bilan shug’ullanadigan tashkilotlarda o’tkaziladi (shu korxonalar bilan tuzilgan shartnomalar va so’rov xatlariga asosan).
Talabalar gidrotexnik inshootlar, suv bilan ta’minlash boshqarmalari, dispetcherlik punktlarida, nazorat-o’lchash va avtomatik bo’g’inlarida texnik sifatida montaj – sozlash va ta’mirlash korxonalarida chilangar, montyor, chulg’amchi, yig’uvchi va boshqalar sifatida ishlashadi. Bundan tashqari, amaliyot davrida talabalar bilan nazariy mashg’ulotlar korxona bo’ylab hamda uning ayrim ishlab chiqarash va bo’limlariga ekskursiyalar o’tkaziladi.
|
| |