• Montaj-texnologik amaliyotining hisobotni rasmiylashtirish
  • Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti




    Download 0,58 Mb.
    bet7/10
    Sana05.09.2024
    Hajmi0,58 Mb.
    #270301
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Amaliyot Montaj ishchi 2022

    Amaliyot mazmuni
    O’zbekiston Respublikasi suv xujaligi resurslari va basseynlari, irrigatsiya va melioratsiya tizimlarining qurilma va inshootlari tarkibi , avtomatlashtirilish darajasi hamda texnologik jarayonlarni boshqaruv tizimlarini tarkibi haqida ma’lumotlar;
    -avtomatlashtirish tizimlarida zamonaviy raqamli texnika, axborot texnikasi, mikroprotsessor texnikasi, komp’yuter texnologiyalaridan foydalanish darajasi hamda ularning tarkibiy sxemalari, montaji haqida xakida ma’lumotlar;
    -texnologik nazorat axborot uskunalari va avtomatikaning texnik vositalari, ishga tushirish va himoyalash vositalari, ularning boshqaruv shitlari, pul’tlari, boshkaruv stansiyalarining montaj sxemalari xaqida ma’lumotlar;
    -texnologik jarayonlar va avtomatlashtirilgan elektr qurilmalari va texnik vositalarining montaji, korxonaning tarkibiy tuzilishi va bazasi (texnologik jihozlari va avtomatikaning texnik vositalar) bilan tanishish, bajariladigan ishlar uchun aniq topshiriqlar olish.
    Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlardagi avtomatikaning texnik vositalari, elektr apparatlari, shitlari, pul’tlari, distansion boshqaruv qurilmalarini montaji ularni ishga tushirish va himoyalash qurilmalari va asboblarini o’rnatish, ularni montajini bajarish, montaj texnologiyasi va konstruksiyasini o’rganish. Ob’yektdagi texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarida (TJABT) qo’llanuvchi avtomatikaning texnik vositalari, komp’yuter texnologiyalarini texnologik jarayonlarga joriy etishni o’rganish. Zamonaviy komp’yuterli texnologiyalar asosida montaj va prinsipial sxemalarni terish, masalan, Elektronics Work Bench, AutoCad Electrikal, MatLab va boshqa dasturlar asosida olib borish. Amaliyot bo’yicha hisobot tuzish va hujjatlarni rasmiylashtirish.
    Amaliyot kundaligini yuritish
    Talabaning montaj - texnologik amaliyotini o’tganligini tasdiqlovchi asosiy hujjat – kundalik hisoblanadi.
    Kundalikda amaliyotning har bir kunida bajarilgan ishlarning tavsifi berilib, uzluksiz yuritiladi. Unda talabaning qaysi ishlarda qatnashganligi to’g’risida to’liq ma’lumot beriladi. Kundalikdagi yozuvlar aniq va xatosiz shaklda olib boriladi va amaliyot rahbarlari tomonidan tekshirilib turiladi. Amaliyot so’ngida kundalikda amaliyot rahbarlari tomonidan talabaning ishiga tavsifnoma yoziladi.
    Montaj-texnologik amaliyotining hisobotni rasmiylashtirish
    va himoya qilish

    Bajarilgan hisobot hajmi 36…50 betdan iborat bo’lgan A4 shaklida yozilishi kerak.
    Ishlab chiqarish amaliyoti so’ngida bajarilgan ishlar bo’yicha tayyorlangan hisobot quyidagi tarkibda rasmiylashtiriladi:
    1. Hisobotning titul varag’i – 1 bet.
    2. Kundalik daftari.
    3.Tavsifnoma (amaliyotchi uchun, amaliyot joyidagi rahbar imzosi va muhr bilan)
    4. Kirish (amaliyotni o’tishning maqsadi, vazifasi, o’rganish ob’yektlari va vaqti).
    5. Ob’yektning tavsifi (ishlab chikarish korxonasi, ilmiy markaz yoki laboratoriyasi, ilgor kafedra va b.), ob’yektda qo’llanuvchi informatsion texnologiyalar- internet.

    1. 6. Ob’yektning asosiy strukturasi va kurilmalari yoki texnologik jarayoni va shu bilan bog’liq bo’lgan qurilmalar, avtomatlashtirilgan tizimlardagi avtomatikaning texnik vositalarining, boshqaruv shitlari, pul’tlarning joylashtirish holatlari, ularning montaji.

    7. Ob’yektda foydalanilgan avtomatikaning texnik vositalari, jihozlar, asboblar va h.k., ularning sxemalari va ish prinsiplari, montaj sxemalarini shakllantirish: adresli, grafik, jadval usullari.
    8. Ob’yektning mikroprotsessorli va komp’yuterli tizimlar bilan boshqarilishining darajasi. Elektronics Work Bench, AutoCad Electrikal, MatLab va boshqa dasturlar asosida montaj va prinsipial sxemalarini misollar asosida ko’rsatish.
    9. Amaliyot bo’yicha hisobot tuzish va hujjatlarni rasmiylashtirish.
    10. Xulosa.
    11.Foydalanilgan manbalar va adabiyotlar ro’yhati.
    Hisobot belgilangan shaklda rasmiylashtiriladi. Talabalar amaliyot hisobjtlarini institut rektori tomonidan chiqarilgan buyruqda ko’rsatilgan muddatda topshiradilar va «Texnologik jarayonlarni va ishlabchiqarishni avtomatlashtirish va boshqaruv» kafedrasida tuzilgan baholash hay’atida himoya qiladilar


    Download 0,58 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 0,58 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

    Download 0,58 Mb.