|
Obektga mo‘ljallangan yondashish
|
bet | 22/23 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 121,16 Kb. | | #148260 |
Bog'liq 1-Ma’ruza Kirish. Operatsion tizim vazifalari Reja-fayllar.orgObektga mo‘ljallangan yondashish.
Mikroyadro texnologiyasi, muntazam ravishda rivojlanadigan modulli tizimlarga asos bo‘lgan bo‘lsa ham, u to‘liq ravishda tizimni kengaytirish imkonini ta’minlay olmadi.
Hozirgi vaqtda, bu maqsadga eng to‘g‘ri keladigan obektga mo‘ljallangan yondashish, bu holda dasturni har bir komponentasi funksiya jihatdan bir-biridan (boshqalaridan) ajratilgandir.
Bu yondashishning asosiy tushunchasi “obekt”dir. Obekt-dastur va ma’lumotlarning birligi bo‘lib, u boshqa obektlar bilan axborot uzatish va qabul qilish orqali bog‘lanadi. Obekt aniq buyum, amaliy dastur yoki xujjatni yoki ba’zi abstraksiyalar-jarayon, hodislarni aks ettirishi mumkin.
Obekt dasturlari funksiyalari shu obekt ma’lumotlari ustida bajariladigan amallar ro‘yxatini belgilaydi. Obekt-mijoz, obekt-server funksiyasini bajarilishini so‘rab boshqa obektga habar yuborishi mumkin.
Obektlar mohiyatni tavsiflash mumkin. Umumiy obektlardan aniqroq obektlarni keltirib chiqaruvchi, meros berish mexanizmi xossalari mavjuddir.
Obekt ma’lumotlari ichki tuzilishi kuzatishdan yashirindir. Obekt ma’lumotlarini ixtiyoriy tarzda o‘zgartirib bo‘lmaydi. Obektdan ma’lumot olish yoki ma’lumotlarni obektga joyolashtirish uchun, mos obekt funksiyalarini chaqirish kerak bo‘ladi. Bu hol obektni, undan foydalanadigan koddan ajratadi. Dasturchi boshqa obekt funksiyalariga murojaat qilishi, yoki boshqa obekt ular tuzilishini bilmay turib xossalarini meros qilish yo‘li bilan yangi obekt qurishi mumkin. Bu xossa inkapsulyatsiya deyiladi.
Shunday qilib, obekt tashqi dunyo uchun, yaxshi ishlab chiqilgan interfeysli “qora quti” ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bu xususiyat, ularda mavjud ilovalarni obekt ko‘rinishida, ularda xech narsalarni o‘zgartirmasdan, joylashtirishga imkon beradi.
Obektga mo‘ljallangan yondashishdan foydalanish ayniqsa tizimli dasturchilar uchun qulaydir, chunki tizimli darajadagi obektlardan foydalanib, tizimni yaxlitligini buzmasdan turib, ularni o‘zlariga moslashtirib OT ga chuqur kirib borishi mumkin.
Ammo bu yondashish taqsimlangan hisoblash muhitlarini amalga oshirishda kelajakda muhim natija beradi.
Obektga mo‘ljallangan yondashish o‘ziga yarasha muammolarga ega, ammo shunga qaramasdan, bu yondashish dasturiy ta’mnotni konstruksiyalashda eng muhim ahamiyatga ega yo‘nalishdir.
|
| |