-rasm. Monolit OT ni oddiy strukturalashtirish




Download 121,16 Kb.
bet20/23
Sana30.01.2024
Hajmi121,16 Kb.
#148260
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
1-Ma’ruza Kirish. Operatsion tizim vazifalari Reja-fayllar.org
129158, 1-Kurs qishki ta`lim 2-semestr uchun ON, 71987, Ta’lim texnologiyalari , Disklarga hizmat ko‘rsatuvchi dasturlar Reja Qattiq disklarga xi, TASHQI HOVLI UCHUN NAVBATCHILIK BO
2-rasm. Monolit OT ni oddiy strukturalashtirish.
Ko‘p sathli tizimlar.
Oldingi yondashishni umumlashtirilgani, OT ni sathlar (qatlamlar) iyerarxiyasi siFATida tashkil etishdir. OT funksiyalari qatlamlarni tashkil etadi, m-n, fayl tizimi, jarayonlarni va qurilmalarni boshqarish va x.k. Har bir qatlam, faqat o‘zining bevosita qo‘shnisi, yuqorisidagi yoki pastdagi qatlamlar bilan aloqa qila oladi. Amaliy dasturlar yoki OT ning modullari so‘rovni, shu qatlamlar bo‘yicha yuqori va pastga uzatish mumkin.
Shu taxlitda qurilgan birinchi tizim, Deykstra va uning talabalari tomonidan 1968 yilda qurilgan bo‘lib, THE tizimi deb ataladi.
Tizim 6 ta qatlamdan iborat edi, 0-chi qatlam, protsessor vaqtini taqsimlash bilan mashg‘ul bo‘ladi, u jarayonlarni uzilishi bo‘yicha yoki vaqt o‘tishi bilanboshqa jarayonlarga o‘tkazadi.
1-chi qatlam xotirani boshqargan, u operativ xotira va magnit barobani sohasini, operativ xotirada joy yetmagan jarayondlar qismlariga (sahifalar) taqsimlagan, ya’ni 1-chi qatlam virtual xotira funksiyasini bajargan.
2-chi qatlam operator konsoli va jarayon o‘rtasidagi aloqani boshqargan. Bu qatlam yordamida, har bir qatlam o‘zining shaxsiy operator konsoliga ega bo‘ladi.
3-chi qatlam yordamida har bir jarayon, aniq qurilmalar bilan ishlash o‘rniga (ularning turli xususiyatlarini hisobga olgan holda) foydalanuvchiga qulay xarakteristikalarga ega bo‘lgan kiritish-chiqarish abstrakt qurilmalarga murojaat etgan.
4-chi qatlamda, kirish-chiqish qurilmalarini boshqarish, xotira va konsol, jarayonlar bilan xech qanday aloqasi bo‘lmagan foydalanuvchi dasturlari ishlagan.
THE tizimida, ko‘p qatlamli sxema ishlab chiqish (selim razrabotki) maqsadlariga xizmat qilgan, chunki keyin tizimning hamma qismlari umumiy obekt moduliga kompanovka qilingan.
Ko‘p qatlamlilikning keng umumlashtirilishi MULTICS OT larida amalga oshirildi. MULTICS tizimida har bir qatlam (xalqa deb ataluvchi) yuqorida joylashganidan ko‘ra imtiyozliroqdir.
Yuqori qatlamdagi protsedura, quyidagi protsedurani chaqirmoqchi bo‘lsa, u mos tizimli chaqiriqni bajarishi lozim, ya’ni chaqiriq bajarilishi oldidan parametrlari sinchiklab tekshiriladigan TRAP (uzilish) komandasi bajarilshi lozimdir.
MULTICS da OT, hg‘ar bir foydalanuvchi jarayonining adres makoni qismidan iborat bo‘lsa ham, apparatura, ma’lumotlar ximoyasini xotira segmentlari darajasida himoya qiladi. Masalan, ma’lum segmentlarga faqat yozish uchun, boshqalariga faqat o‘qish yoki bajarish uchun ruxsat beradi.
MULTICS da yondoshishning ustunligi shundan iboratki, u foydalanuvchi tizimi strukturasiga ham kengaytirilishi mumkin. M-n, professor- talabalar dasturlarini baholash va testlash uchun dastur yozishi mumkin, va bu dasturni n-chi qatlamda ishga tushirishi mumkin, bu vaqtda talaba dasturlari n+1 chi qatlamda ishlaydi, chunki ular o‘z baholarini o‘zgartira olmaydi.
Ko‘p qatlamli yondashish, UNIX OT ining turli variantlarini amalga oshirishda ishlatilgan.
Amalda, bunday strukturali yondashish odatda yoxshi ishlaydi, bugungi kunda u ko‘pincha monolit tarzda qabul qilinadi.
Ko‘p qatlamli strukturaga ega bo‘lgan tizimlarda, bitta qatlamni oib tashlab, boshqasi bilan almashtirish, qatlamlar orasidagi interfeysning o‘ziga xosligi uchun, murakkabdir. Yangi funksiyalarni qo‘shish va mavjudlarini o‘zgartirish OT ni mukammal bilish ko‘p vaqtni talab qiladi. OT lar uzoq yashaydilar va kengayish va rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerakligi uchun monolit yondashish nazardan qoldi va uning o‘rniga kliyent-server modeli va u bilan qat’iy bog‘langan mikroyadro konsepsiyasi keldi.

Download 121,16 Kb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Download 121,16 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Monolit OT ni oddiy strukturalashtirish

Download 121,16 Kb.