|
m a`r u z a mavzu: Mashinasozlikda texnologik jarayonlarni loyihalash asoslari
|
bet | 1/8 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 51,9 Kb. | | #239313 |
Bog'liq 12-ma\'ruza
12 – M A`R U Z A
Mavzu: Mashinasozlikda texnologik jarayonlarni loyihalash asoslari.
Mavzu rejasi:
1. Texnologik jarayonlarni loyihalashning texnik-iqtisodiy prinsiplari;
2. Texnologik jarayonlarni loyihalashning asosiy maqsadi;
3. Texnologik jarayonlar ishlab chiqishning asosiy hollari;
4. Texnologik jarayonlarni loyihalash uchun boshlang’ich berilganlar;
5. Ishlab chiqarish turini aniqlash;
6. Texnologik jarayonni ishlab chiqish uslubi;
7. Tenologik jarayonlarning tasnifi.
8. Texnologik hujjatlarni rasmiylashtirish.
Adabiyotlar: [ 1 ] – 227-243 betlar; [ 4 ] – 260-340 betlar.
Tayanch sо’zlar: 1.TJ loyihalash maqsadi. 2.Texnik prinsip. 3.Iqtisodiy prinsip. 4.Loyihalash hollari. 5.Berilganlar. 6.Uslubi. 7.Marshrut. 8.TJ lar tasnifi.
1.Texnologik jarayonlarni loyihalashning texnik-iqtisodiy prinsiplari
Texnologik jarayonlar yaratish asosiga ikkita prinsip qо’yiladi: texnikaviy va iqtisodiy.
1.Texnikaviy prinsipga asosan loyihalangan texnologik jarayon, mahsulot tayyorlash uchun ishchi chizmada kо’rsatilgan barcha о’lcham va texnik talablarni tо’la ta’minlashi kerak.
2. Iqtisodiy prinsipiga asosan mahsulot tayyorlash uchun еng minimal mehnat sarflanishi va minimal tо’xtam bilan olib borilishi kerak. Mahsulot tayyorlash texnologik jarayoni jihozlar, keskich asboblar va moslamalarning barcha texnik imkoniyatlaridan tо’g’ri va tо’la foydalanilgan holda еng kam vaqt sarflab va еng kam tannarxda olib borilishi kerak.
Bir necha turdagi texnologik jarayonlarning variantlari ichidan, hatto bitta shu mahsulotning о’zi uchun ham texnika jihatidan teng imkoniyatlisidan, еng еffektivrog’i va rentabelli varianti tanlab olinadi. Unumdorliklari teng bо’lgan variantlardan rentabelikrog’i tanlab olinadi. Agar, rentabellikligi bir xilda bо’lsa unumdorligi yuqorirog’i tanlab olinadi. Har xil unumdorli variantlar bо’lganda еng rentabellirog’i tanlab olinadi, agarda unumdorligi berilgan unumdorlikdan kam bо’lmagan vaziyatda. Loyihalanuvchi texnologik jarayonning еffektivliligini va renabelliligini aniqlash, barcha еlementlari bо’yicha hisoblash orqali qо’shish asosida olib boriladi yoki yirikroq normativlar yordamida hisoblab topiladi.
|
| |