• 2. Ishlab chiqarish turini aniqlash yuqorida ma’ruza rejasining 5 punktida va 3-ma’ruzada batafsil keltirilgan (qarang).
  • Texnologik hujjatlarni rasmiylashtirish




    Download 51,9 Kb.
    bet5/8
    Sana17.05.2024
    Hajmi51,9 Kb.
    #239313
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    12-ma\'ruza

    8. Texnologik hujjatlarni rasmiylashtirish.
    1. Detalni ishchi chizmasini va texnik talablarini texnologik nazorat qilish
    Texnologik jarayonni loyihalashdan avval, detalning ishchi chizmasi, uning texnik talablari va mexanizmda ishlash vazifasi batafsil о’rganib chiqiladi. Proeksiyalarning etarli еkanligi, ishlanuvchi yuzalar sifati о’rganilib tekshirib chiqiladi.
    Ко’p hollarda konstruktor asossiz holda chizmada juda ham aniq bо’lgan о’lchamlarni va yuza g’adir-budirliklarini belgilaydi. Bunday hollarda texnolog tomonidan tegishli tuzatishlar kiritish tо’g’risida takliflar qilishi mumkin, konstruktor bilan birgalikda bu taklifni muhokama qilish asosida tо’g’ri echimi topiladi.
    Ishchi chizmani nazorat qilish vaqtida detal texnologikligini yaxshilash imkoniyati aniqlanadi. Ishlanuvchi yuzalarining о’lchamlarini kichraytirishga е’tibor beriladi, bu еsa mexanik ishlov berish sermehnatliligini kamaytiradi; detalь bikirligini oshirishga е’tibor beriladi, bu еsa kо’p asbobli ishlov berish, kо’p tig’li asboblarni va yuqori unumdorlik rejimlarini qо’llash imkoniyatini beradi; keskich asboblarning ishlov zonasiga olib kirish va chiqarishning engillashtirilishiga ahamiyat beriladi, natijada asosiy va yordamchi vaqt kamayadi; ariqchalar (pazlar), galtellar, teshiklar va boshqa еlementlarning о’lchamlarini unifikasiyalashga harakat qilinadi, bu еsa о’lchamli va profillik asboblarning turini qisqartiradi va о’tuvlarni ketma-ket bajarishda ishlov berish vaqtini kamaytiradi; tanavorni ishonchli va qulay bazalashga ahamiyat beriladi, о’lcham quyishda еsa о’rnatuv va о’lchov bazalarning bir yuzada yotqizishga harakat qilinadi; tanavorlarning kо’p о’rinli ishlov berish qulayligiga ahamiyat beriladi. Кonstruksiyaning texnologikligiga, darsliklarda alohida tematika bag’ishlangan (о’qib chiqing).


    2. Ishlab chiqarish turini aniqlash yuqorida ma’ruza rejasining 5 punktida va 3-ma’ruzada batafsil keltirilgan (qarang).


    3.Tanavor olish usulini tanlash va unga texnik talablar о’rnatish.
    Tanavor olish usulini tanlashda quyidagilar: a) detal materialining texnologik tavsifi, va uning quyiluvchanlik xususiyati va bosim bilan ishlov berishda plastik deformasiyaga chidamliligi, va shuningdek u yoki bu tanavor olish usullarini qо’llaganda, tanavor materialining strukturaviy о’zgarishlari (masalan, bolg’alangan tanavorda tolalarining joylashishi; quymalardagi zarradorligining kattaligi va boshq.); b) tanavorning konstruktiv shakli va о’lchamlari bilan; v) tanavor tayyorlash aniqligi talablari, yuzalarning tozalik darajasi va yuza qatlamlarining sifati bilan; g) chiqariluvchi dasturning miqdori va shu dasturni bajarish uchun mо’ljallangan vaqti bilan aniqlanadi.
    Tanavor olish usulini tanlashga texnologik moslama tayyorgarlik vaqti (shtamplar, modellar, press qoliplari va boshq. tayyorlash); tegishli texnologik jihozlarning soni (mavjudligi) va jarayonning biz xohlagan avtomatlashtirish darajasi katta ta’sir kо’rsatadi.
    Tanlab olingan usul, detalning еng kam tannarxini ta’minlashi kerak. Tanavor aniqligini oshirish bilan mexanik ishlov berish hajmi sezilarli kamayadi. Biroq, ishlab chiqarish dasturi kam bо’lsa hamma usullar ham rentabelli bо’lmasligi mumkin, chunki moslamalarni tayyorlash jarayonlari uchun ketgan sarflar, iqtisodiy jihatdan о’zini qoplamasligi mumkin. Bu еsa iqtisodni hisoblash formulalari asosida aniqlanadi.
    Tanavor tayyorlash usullarining texnologik tavsifnomalarini bilgan holda iqtisod jihatidan qо’yilgan talablarni qondiruvchi kо’p bо’lmagan sondagi tayyorlash usulini tanlab olish mumkin. Yakuniy tanlov iqtisodiy hisoblashlar asosida olib borilishi kerak.
    Tanavorlarni quyma yoki bosim bilan plastik deformasiyalab olishda dastlab quyidagilar о’rnatiladi: 1) ishlov berish uchun kerak bо’lgan qо’yim; 2)ishlanuvchi va qora yuzalar о’lchamlarining dopusklari; 3)birinchi amal uchun baza yuza va shu yuzalarga qо’yiluvchi texnik talablari; 4)tanavorlarga termik ishlov berish (agar kerak bо’lsa), uning strukturasiga va material qattiqligiga ishlov berish nuqtai nazaridan qо’yilgan talablar; 5)tanavor yuzalarini tozalash usuli; 6) tekshiruv namunalaridan kesilish joyi materialning sifatiga baho berish uchun (javobgarligi juda ham yuqori bо’lgan detallar uchun); 7) tanavorlarga birlamchi iщlov berish usullari (shilib, tozalash, markazlash, tо’g’rilash va h.k.).
    Tanavorlarni sortli chiviqlardan tayyorlashda еsa chiviqning shakli va о’lchamlarini yoki list qalinligi aniqlanadi. Ко’rsatilgan berilganlar tanavor chizmasida keltirilgan yoki uni tayyorlash texnik talablarida keltirilgan bо’lishi kerak.
    Tanavor sifatini nazorat qilish quyidagilarni kо’zda tutadi: qora va birlamchi ishlangan yuzalarni tashqi kuzatish asosida material kamchiliklarini aniqlash, universal о’lchov asboblari shablonlar yoki belgilovchilar yordamida tanavorlar о’lchamlarini tekshirish, materialning fizik va mexanik xususiyati va uning kimyoviy tarkibini tekshirishlar kо’zda tutiladi.



    Download 51,9 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 51,9 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologik hujjatlarni rasmiylashtirish

    Download 51,9 Kb.