|
Texnologik jarayonlarning sinflari
|
bet | 7/8 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 51,9 Kb. | | #239313 |
Bog'liq 12-ma\'ruza7. Texnologik jarayonlarning sinflari
Ishlab chiqarish sharoitiga va maqsadiga qarab loyihalanuvchi texnologik jarayonlarning turli kо’rinishi va shakli qо’llaniladi. Texnologik jarayonlarning kо’rinishi, jarayon bilan qamrab oluvchi buyumlarning soni bilan aniqlanadi (bitta buyum, bir tipdagi yoki har xil tipdagi buyumlar guruhi).
Yagona texnologik jarayon-bu bir nomli, tip о’lchamli va ishlab chiqarish turiga bog’liq bо’lmasdan bajarilgan buyumni tayyorlash yoki ta’mirlash texnologik jarayoni (GOST 3.1109-82). Yagona texnologik jarayonlarni ishlab chiqish original buyumlar uchun xarakterlidir (detallar, yig’ilma birliklar), ya’ni korxonada oldinroq tayyorlangan buyumlar bilan umumiy konstruktiv va texnologik belgilari bо’lmagan.
Unifisirlashtirilgan texnologik jarayon - bu buyumlar guruhiga (detallar, yig’ilma birliklar) tegishli bо’lgan, konstruktiv va texnologik belgilarini umumiyligini tavsiflab beruvchi texnologik jarayonga tushuniladi. Unifisirlashtirilgan texnologik jarayonlar tiplashtirilgan va guruhlashtirilgan texnologik jarayonlarga bо’linadi. Unifisirlashtirilgan texnologik jarayonlar mayda seriyalab, seriyalab va qisman yirik seriyalab ishlab chiqarishlarda keng qо’llanilmoqda. Unifisirlashtirilgan texnologik jarayonlarni qо’llash ixtisoslashtirilgan uchastkalar, ishchi joylar, qayta sozlanuvchi texnologik moslamalar va jihozlar borligiga bog’liq.
Tiplashtirilgan texnologik jarayon-umumiy konstruktiv va texnologik belgilari bо’lgan guruh buyumlarini tayyorlash texnologik jarayoni (GOST 3.1109-82). Tiplashtirilgan texnologik jarayon shunday guruh buyumlari uchun kо’pchilik amallar va о’tuvlar mazmunan tuzilishi va ketma-ketligi bilan tavsiflanadi va ishchi texnologik jarayon va detalni tayyorlash uchun barcha kerakli axborotlarni borligida xuddi ishchi texnologik jarayon kabi axborot asosi sifatida qо’llaniladi, shuningdek standartlar va tiplashtirilgan texnologik jarayonlar ishlab chiqish uchun baza bо’lib hizmat qiladi.
Guruhlashtirilgan texnologik jarayon-bu har xil konstruktiv, ammo texnologik belgilari umumiy bо’lgan guruh buyumlarini tayyorlash texnologik jarayoni (GOST 3.1109-82). Shu ta’rifga mos ravishda guruhlashtirilgan texnologik jarayonning о’zi turli shakldagi tanavorlarga ishlov beruvchi jarayon sifatida, guruhlashtirilgan texnologik amallardan tashkil topgan, ixtisoslashtirilgan ishchi joylarda ma’lum guruh buyumlarni tayyorlash texnologik marshruti ketma-ketligida bajariluvchi (GOST 14.316-75). Bunda ixtisoslashtirilgan ishchi joy deb, shunday ishchi joyga tushuniladiki, bitta buyumni yoki guruh buyumlarni umumiy sozlangan va alohida qayta sozlashlar bilan uzoq muddatli vaqt oralig’ida tayyorlash yoki ta’mirlash uchun xizmat qiladi. Guruhlashtirilgan texnlogik jarayon, shuningdek bir guruhli amaldan iborat bо’lishi mumkin (bir amalli guruhlashtirilgan texnologik jarayon). Guruhlashtirilgan texnologik amal qо’llaniluvchi jihozlar, texnologik moslamalar va sozlashi umumiyligi bilan tavsiflanadi.
Guruhlashtirilgan texnologik jarayonlar hamma turdagi ishlab chiqarishlar uchun ishlab chiqiladi, faqat korxona miqyosida.
Perspektiv texnologik jarayon deb, hozirgi zamon fan va texnika, usullar va vositalar yutuqlariga mos keluvchi, qaysiki bajarilishida tо’la yoki qisman о’zlashtirish korxona oldida turgan texnologik jarayonga aytiladi.
Ishchi texnologik jarayon deb, ishchi texnologik va (yoki) konstruktorlik hujjatlari bо’yicha bajariluvchi texnologik jarayonga aytiladi. Ishchi texnologik jarayonni faqat korxona miqyosida ishlab chiqiladi va ishlab chiqarishni konkret predmetini tayyorlash yoki ta’mirlash uchun qо’llaniladi.
Loyihaviy texnologik jarayon-bu texnologik hujjatlarning dastlabki loyihasi bо’yicha bajariluvchi texnologik jarayonga tushuniladi.
Vaqtinchalik texnologik jarayon-bu korxonada kerakli jihozlarning yо’qligi tufayli yoki avariya bо’lganligi sababli zamonaviyrog’iga almashtirguncha, cheklangan vaqt oralig’ida qо’llaniluvchi texnologik jarayonga tushunamiz.
Standart texnologik jarayon-bu standart bilan о’rnatilgan texnologik jarayon. Standart texnologik jarayon deb, standart (UST, КST) bilan rasmiylashtirilgan ishchi texnologik va (yoki) konstruktorlik hujjatlar bо’yicha bajariluvchi va konkret jihozlarga, ishlov berish rejimlariga va texnologik asbob-uskunalarga tegishli bо’lgan texnologik jarayonga aytiladi.
Кompleks ravishdagi texnologik jarayon, bu shunday texnologik jarayonki, qaysining tarkibiga na faqat texnologik amallar kiritilgan, balki texnologik jarayon yо’nalishi bо’yicha ishlanuvchi tanavorlarning kо’chish, nazorat qilish va tozalash amallari ham kiritilgan. Кompleks ravishdagi texnologik jarayonlar, avtomatik liniyalarni va moslashuvchan avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish tizimlarini yaratishda loyihalanadi.
|
| |