|
Xizmatchi dasturiy vositalarni sinflarga ajratish
|
bet | 9/23 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 121,16 Kb. | | #148260 |
Bog'liq 1-Ma’ruza Kirish. Operatsion tizim vazifalari Reja-fayllar.orgXizmatchi dasturiy vositalarni sinflarga ajratish
Fayl dispetcherlari (fayl menedjerlari). Bu sinf dasturlari yordamida fayl strukturasiga xizmat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina amallar bajariladi, ya’ni: nusxa olish, joyini o‘zgartirish, fayl nomini o‘zgartirish, katalog (papka) yaratish, fayllarni qidirish va fayl strukturaida navigatsiY. Bu maqsadlarga mo‘ljallangan dastur vositalari odatda tizimli satx dasturlari tarkibiga kiradi va OT bilan birgalikda o‘rnatiladi. Ammo, kompyuter bilan ishlash qulayligini oshirish uchun ko‘pgina foydalanuvchilar, qo‘shimcha xizmatchi dasturlarni o‘rnatadilar.
Ma’lumotlarni zichlashtirish vositalari (arxivatorlar). Ular arxivlar yaratish uchun mo‘ljallangan. Ma’lumotlarni arxivlashtirish, fayl va kataloglarning katta guruhlarini bitta arxiv fayliga jamlash hisobiga saqlashni osonlashtiradi. Bu holda arxiv fayllari ma’lumotlarni yuqori darajada zichlashtirib yozish hisobiga, ma’lumotlarni saqlash qurilmalari samaradorligini oshirish imkonini beradi. Arxivatorlar ko‘pincha qimmatli ma’lumotlardan rezerv nusxa olish uchun ham foydalaniladi.
Ko‘rish va aks ettirish vositalari. Odatda ma’lumotlar fayllari bilan ishlash uchun ularni o‘z muhitiga, ya’ni ular o‘zi ishlab chiqilgan amaliy muhitga yuklash kerak. Bu esa, hujjatlarni ko‘rib chiqish va ularga o‘zgartirish kiritish imkonini beradi. Ammo hujjatlarni o‘zgartirmasdan faqat ko‘rib chiqish zaruriyati bo‘lgan hollarda, har xil tipdagi hujjatlarni ko‘rishga imkon beradigan oddiy va universal vositalardan foydalanish qulaydir.
Diagnostika vositalari. Apparat va dasturiy ta’minot diagnostika jarayonini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan. Ular kerakli tekshirishlarni o‘tkazib, yig‘ilgan ma’lumotlarni qulay va yaqqol ko‘rinishda beradi. Bu ma’lumotlardan, buzilishlarni tuzatish uchungina ham emas, balki kompyuter tizimi ishini optimallashtirish uchun ham ishlatiladi.
Nazorat (monitoring) vositalari. Nazorat vositalarini ba’zan monitorlar deyiladi. Ular, kompyuter tizimida ro‘y beradigan jarayonlarni kuzatish imkonini beradi. Bunda ikki xil xolat bo‘lishi mumkin: real vaqt rejimida kuzatish yoki natijalarni maxsus protokol fayliga yozish bilan nazorat qilish. Birinchi xolat odatda hisoblash tizimini optimallashtirish yo‘lini qidirishda va uning samaradorligini oshirishda foydalaniladi. Ikkinchi xolat odatda, monitoring avtomatik xolda va (yoki) masofadan bajarilsa foydalaniladi.
O‘rnatish monitorlari. Bu kategoriya dasturlari dasturiy ta’minotni o‘rnatishni nazorat qilish uchun mo‘ljallangan. U yoki bu dasturni o‘rnatish yoki olib tashlashda, boshqa dasturlarni ishlovchanligi buzilishi mumkin. O‘rnatish monitorlari esa, atrof dasturiy muhitini o‘zgarishi va xolatini kuzatadilar, dasturlar orasidagi yangi aloqalar paydo bo‘lishini hisobga oladilar va oldingi o‘rnatilgan dasturlarni olib tashlashda yo‘qolgan aloqalarni qayta tiklaydilar.
Dasturlarni o‘rnatish va olib tashlashni boshqaradigan oddiy vositalar odatda operatsion tizimning tarkibiga kiradi va ular tizimli dasturiy ta’minoti sathida joylashgan bo‘ladi, ammo ular yetarli emas. Shuning uchun ham, yuqori darajadagi ishonchlilik talab qilinadigan hisoblash tizimlarida qo‘shimcha shunday xizmatchi dasturlardan foydalaniladi.
Kommunikatsiya vositalari (kommunikatsiya dasturlari). Elektron aloqa va kompyuter tarmoqlari paydo bo‘lishi bilan bu sinf dasturlari juda katta ahamiyatga ega bo‘lib qoldi. Ular uzoq masofadagi kompyuterlar bilan aloqa o‘rnatadi, elektron pochta xabarlarini uzatishga, telekonferensiyalar ishiga yordam beradi, faksmil xabarlarni uzatishni ta’minlaydi va kompyuter tarmoqlaridagi ko‘p amallarni bajaradi.
Kompyuter xavfsizligini ta’minlash vositalari. Bu keng ko‘lamdagi kategoriyaga ma’lumotlarni buzilishlardan ximoya vositalari, va shu bilan birga ma’lumotlarga huquqsiz murojaat, ularni ko‘rish va o‘zgartirishdan ximoya vositalari kiradi. Bu dasturlarga, masalan, aktivirus dasturiy ta’minoti kiradi.
|
| |