|
1-Ma’ruza: Kirish. Operatsion tizim vazifalari Reja
|
bet | 10/23 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 121,16 Kb. | | #148260 |
Bog'liq 1-Ma’ruza Kirish. Operatsion tizim vazifalari Reja-fayllar.orgNazorat savollari:
1. Apparat ta’minoti va dasturiy ta’minot o‘rtasidagi bog‘liqlik qanday.
2. Hisoblash tizimlari dasturiy ta’minoti 4 ta sathini va ular orasidagi bog‘lanishni ko‘rasting.
3. Kompyuter tizimlarini nazorat qilish, tekshirish, sozlashni avtomatlashtiruvchi dasturlar qaysi sinfga tegishlidir.
4. Operatsion tizimlar qaysi dasturiy ta’minot sinfiga mansub.
3- Ma’ruza: Operatsion tizim ta’rifi va asosiy funksiyalari
Reja:
Operatsion tizim ta’rifi
Operatsion tizim funksiyalari
Operatsion tizim kengaytirilgan mashina sifatida
Tayanch so‘z va iboralar:
Application Program Interface (API), fayllarni boqsharish tizimlari (FBT), Autentifikatsiya, Zamonaviy hisoblash tizimlari, protsessorlar, xotira, taymerlar, disklar, jamg‘armalar, tarmoq kommunikatsiya qurilmalari, Resurslarni boshqarish, Tizimli dasturi ta’minot
OTlar asosiy funksiyalari:
- foydalanuvchidan (yoki tizim operatoridan) ma’lum tilda tuzilgan komanda yoki topshiriqlarni qabul qilish va ularga ishlov berish. Topshiriqlar operatorlar, matn ko‘rsatmalari (direktivalar) yoki monipulyator (m-n sichqoncha yordamida) bajariladigan ko‘rsatmalar yordamida beriladi. Bu komandalar, avvalambor, dasturlarni ishga tushirish (to‘xtatish, to‘xtatib turish) bilan bog‘liqdir, fayllar ustidagi amallar (joriy katalogda fayllar ro‘yxatini olish, u yoki bu faylni yaratish, nomini o‘zgartirish, nusxasini olish, joyini o‘zgartirish va x.k.) bilan bog‘liqdir, umuman olganda boshqa komandalar ham mavjuddir;
- ijro qilinishi kerak bo‘lgan dasturlarni operativ xotiraga yuklash.
- xotirani boshqarish, aksari barcha zamonaviy tizimlarda esa virtual xotirani tashkil etish;
- barcha datsur va ma’lumotlarni identifikatsiya qilish;
- dasturlarni ishga tushirish (unga boshqaruvni uzatish, natijada protsessor dasturni boshqaradi);
- bajarilayapgan ilovalardan kelayapgan turli so‘rovnomalarni qabul qilish va bajarish. OT juda ko‘p sonli tizimli funksiyalarni (servislarni) bajara olishi mumkin, ular bajarilayapgan ilovalardan so‘ralishi mumkin. Bu servislarga murojaatlar ma’lum qoidalarga mos ravishda amalga oshirilishi mumkin, bu esa o‘z navbatida bu OTning amaliy dasturlash interfeysini aniqlaydi (Application Program Interface, API);
- barcha kiritish-chiqarish amallariga xizmat qiladi;
- fayllarni boqsharish tizimlari (FBT) ishini va/yoki ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) ishini ta’minlash, bu esa o‘z navbatida butun dasturiy ta’minot samarasini keskin ravishda oshiradi;
- multidasturlash rejimi, ta’minlash, ya’ni bitta yoki bir nechta dasturlarni bitta protsessorda parallel bajarilishni tashkil etish-bu esa ularni bir vaqtda bajarilishi tasavvurini hosil qiladi;
- berilgan xizmat qilish dissiplinalari va strategiyalariga asosan masalalarni rejalashtirish va dispecherlashtirish;
- bajarilayapgan dasturlar orasida ma’lumotlar va ma’lumotlar almashish mexanizmini tashkil etish;
- tarmoq OT lari uchun, bog‘langan kompyuterlar orasidagi muloqotni ta’minlash funksiyasidir;
- bitta dasturni boshqa dastur ta’siridan himoya qilish, ma’lumotlarni saqlanishini ta’minlash, operatsion tizimni o‘zini kompyuterda bajarilayapgan ilovalardan himoyalash;
- foydalanuvchilarni autentifikatsiya va mualliflashtirish(ko‘pgina diallogli OT uchun). Autentifikatsiya - foydalanuvchi nomi va parolini qayd yozuvidagi qiymatga mosligini tekshirish. Agar foydalanuvchi kirish nomi (login) va uning paroli mos kelsa, demak u o‘sha foydalanuvchidir. Avtorlashtirish (mualliflashtirish) degani, autentifikatsiyadan o‘tgan foydalanuvchiga ma’lum huquq va imtiyozlar berilib, u kompyuterda nima qila olishi mumkin yoki nima qila olmasligini aniqlaydi;
- real vaqt rejimida javob berish vaqti qat’iy chegaralirini qondiradi;
- foydalanuvchilar o‘z daturlarini ishlab chiqishda foydalanadigan dasturlash tizimi ishini ta’minlash;
- tizimni qisman ishdan chiqishi holatida xizmat ko‘rsatish;
OT, kompyuter apparat ta’minotini foydalanuvchilar amaliy dasturlaridan ajratadi. Foydalanuvchi ham, uning dasturi ham kompyuter bilan OT interfeys orqali o‘zaro aloqada bo‘ladi.
|
| |