|
Amaliy dasturiy vositalarni sinflarga ajratish
|
bet | 8/23 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 121,16 Kb. | | #148260 |
Bog'liq 1-Ma’ruza Kirish. Operatsion tizim vazifalari Reja-fayllar.orgAmaliy dasturiy vositalarni sinflarga ajratish.
Matn redaktorlari (taxrirlagichlar). Amaliy dasturlarning bu sinfi dasturlarning asosiy funksiyasi matnli ma’lumotlarni kiritish va taxrirlashdan iboratdir. Qo‘shimcha funksiyalari esa kiritish va taxrirlash jarayonini avtomatlashtirishdir. Ma’lumotlarni kiritish, chiqarish va saqlash uchun, matn redaktorlari tizimli dasturiy ta’minotni chaqiradi va undan foydalanadi. Ammo bu holat ixtiyoriy amaliy dasturlar uchun ham xosdir.
Kompyuter tizimi bilan o‘zaro muloqatda bo‘lish ko‘nikmalarini hosil qilishda va amaliy dasturiy ta’minot bilan tanishishda, ishni odatda matn redaktorlaridan boshlashadi.
Matn protsessorlari. Matn protsessorlarining redaktorlardan farqi shundaki, ular matnni kirgizib, taxrirlabgina qolmay, balki uni formatlaydi ham. Mos ravishda matn protsessorlari asosiy vositalariga (grafika, jadval) natijaviy hujjatni tashkil etuvchilari - matn, grafika, jadval va boshqa obektlar o‘zaro aloqalarini ta’minlash vositalari kiradi, qo‘shimchalariga esa-formatlashtirish jarayonini avtomatlashtirish vositalari kiradi.
Hujjatlar bilan ishlashning zamonaviy uslubi (stil) ikkita alternativ yondoshishni - qog‘ozdagi hujjatlar va elektron hujjatlar (qog‘ozsiz texnlogiya) bilan ishlashni ko‘zda tutadi. Shuning uchun ham, matn protsessorlari vositalari bilan hujjatlarni formatlash to‘g‘risida gAPIrilganda, ikkita har xil yo‘nalishlar - bosmadan chiqarishga mo‘ljallangan hujjatlarni formatlash va ekranda aks ettirishga mo‘ljallangan elektron hujjatlarni formatlash ko‘zda tutiladi. Bu yo‘nalishlar usul va metodlari bir-biridan tubdan farq qiladi. Mos ravishda, matn protsessorlari ham bir-biridan farq qiladi, ammo ularning ko‘plari o‘zida bu ikki yo‘nalishni birlashtiradi.
Grafik redaktorlar. Bu sinfga xos dasturlar grafik tasvirlarni qayta ishlash va (yoki) yaratishga mo‘ljallangan. Bu sinfda quyidagi kategoriyalar mavjud: rastrli redaktorlar, vektorli redaktorlar va uch o‘lchamli grafika bilan ishlovchi dasturiy vositalar (3D-redaktorlar).
Rastrli redaktorlar, grafik obekt, rastrni tashkil etuvchi nuqtlar kombinatsiyasi ko‘rinishida berilgan bo‘lsa, bu tasvirlarda ranglar va yorqinlik asosiy rolni o‘ynaydi. Bunday yondoshish, grafik tasvir har xil yorqinlikda bo‘lsa va obekt elementlari rangi to‘g‘risidagi ma’lumot uning formasi to‘g‘risidagi ma’lumotdan ahamiyatli bo‘lgan hollarda samaralidir. Bunday xususiyatlar ko‘proq fotografiya va poligrafiya tasvirlariga xosdir. Rastr redaktorlari tasvirlarga ishlov berishda, fotoeffekt va badiiy kompozitsiyalarni yaratishda keng qo‘llaniladi.
Vektorli redaktorlar, rastrlilardan tasvirlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tasvirlash usuli bilan farq qiladilar. Vektorli tasvirning elementar obekti nuqta emas, balki chiziqdir. Bunday yondashish chizma grafika ishlari uchun xosdir. Bu holda tasvirning aloxida nuqtalari rangi emas, balki chiziqlar formasi ko‘proq ahamiyatga egadir. Vektorli redaktorlarda har bir chiziq 3-chi darajali matematik chiziq siFATida ko‘riladi, va shunga mos ravishda u nuqtalar kombinatsiyasi ko‘rinishida emas, balki matematik formula siFATida tasvirlanadi (kompyuterda bu formulaning sonli koeffitsiyentlari saqlanadi). Bunday tasvir, rastrliga qaraganda anchagina ixcham bo‘lib, ma’lumotlar kam joyni egallydi. Ammo har qanday obektni qurish, nuqtalarni ekranda oddiy tasvirlash bilan emas, balki uzluksiz ravishda egri chiziq parametrlarini ekran va bosma tasvir koordinatalarida qayta hisoblash bilan olib boriladi. Albatta, vektorli grafikada ishlash, quvvati katta hisoblash tizimlarini talab qiladi.
Vektorli redaktorlar tasvirlar yaratish uchun qulay, ammo amalda tayyor rasmlarga ishlov berishda ishlatilmaydi. Ular ko‘proq reklama biznesida ishlatiladi va ularni polegrafik nashrlar muqovasini bezashda foydalaniladi. Demak, ular badiiy ish chizma ishiga yaqin bo‘lgan hamma hollarda ishlatiladi.
Uch o‘lchamli redaktorlar. Bu redaktorlardan uch o‘lchamli kompozitsiyalarni yaratishda foydalaniladi. Ular ikki xil o‘ziga xos xususiyatga ega. Birinchidan, tasvirlanayotgan obektni uch o‘lchamliligini ko‘rsatish uchun obekt sirti xossalari bilan yorug‘lik manbasi o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni mos ravishda boshqarish; ikkinchidan, uch o‘lchamli annimatsiyani yaratish imkonini beradi. Shuning uchun ham uch o‘lchamli grafika redaktorlarini 3D-animatorlar deb ataladi.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari. Ma’lumotlar bazasi deb, jadval ko‘rinishida tashkil etilgan katta xajmdagi ma’lumotlar bazalariga aytiladi. Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlarining asosiy funksiyalari quyidagilardir:
·Ma’lumotlar bazasining bo‘sh (to‘ldirilmagan) tuzilishi (struktura)ni yaratish;
·Ma’lumotlar bazasini to‘ldirish yoki boshqa MBining jadvalidan jo‘natish (import) vositalari bilan ta’minlash;
·Ma’lumotlarga murojaat imkoniyati, va shu bilan birga qidiruv va filtratsiya vositalari bilan ta’minlash.
Elektron jadvallar. Elektron jadvallar har xil tipdagi ma’lumotlarni saqlash va ularga ishlov berishning turli kompleks vositalariga ega. Ma’lum darajada elektron jadvallar, ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlariga o‘xshash, ammo ularda asosiy urg‘u ma’lumotlarni saqlash va ularga murojaatni ta’minlashga emas, balki ma’lumotlarni ularning mazmuniga mos ravishda o‘zgartirishga buriladi.
MB lari asosan ma’lumotlarning har xil tiplari (sonli va matnli ma’lumotlardan tortib to multimediali ma’lumotlargacha) bilan ishlaydi, elektron jadvallar esa ko‘proq sonli ma’lumotlar bilan ishlaydi. Ammo shu bilan birga, elektron jadvallar sonli tipdagi ma’lumotlar bilan ishlashning bir qancha usullarini taqdim etadi.
Loyihalashning avtomatlshtirilgan tizimlari (CAD-tizimlar). Bu tizimlar loyiha va konstruktorlik ishlarini avtomatlashtirishga mo‘ljallangan. Ular mashinasozlik, asbobsozlik va arxitekturada qo‘llaniladi. Chizma-grafik ishlardan tashqari bu tizimlar oddiy hisoblashlarni (m-n, detallar chidamliligini) bajaradi va keng ko‘lamdagi ma’lumotlar bazalaridan tayyor konstruktiv elementlarni tanlaydi.
CAD-tizimlarning yana muhim xususiyati shundan iboratki, u loyihalashning hamma bosqichlarida,loyihani texnik shartlar, qoida va meyorlar bilan avtomatik tarzda ta’minlaydi, bu esa arxitektor va konstruktorlarni ijodiy xarakterga ega bo‘lmagan ishlardan ozod qiladi. Masalan, mashinasozlik CAD-tizimlari umumiy chizma asosida, avtomatik tarzda alohida detallarning ishchi chizmasini va kerakli texnik hujjatlarni tayyorlaydi.
Kichik nashriyot tizimlari. Bu sinf dasturlarining vazifasi poligrafiya nashrlarini terish jarayonini avtomatlashtirishga mo‘ljallangan. Bu sinf dasturlari, matn redaktorlari va avtomatlashgan loyihalash tizimlari orasidagi o‘rinni egallaydi.
Ekspert tizimlari. Bu tizimlar, bilimlar bazalaridagi ma’lumotlarni taxlil qilish va ular asosida, foydalanuvchi so‘rovnomasi bo‘yicha tavsiyalar berishga mo‘ljallangan.
Bunday tizimlar, yechim qabul qilish uchun keng ko‘lamda maxsus bilimlar talab qilingan hollarda qo‘llaniladi. Bunday tizimlar qo‘llaniladigan asosiy sohalar xuquqshunoslik, meditsina, farmakologiya va boshqalardir. Meditsina ekspert tizimlari, kasallik belgilari bo‘yicha tashxis (diagnoz) qo‘yish, dori-darmon tayinlash va davolash kursini rejasini aniqlashga yordam beradi. Xuquqshunoslikda esa, hodisa belgilari bo‘yicha, ayblovchi va himoya qiluvchi tomonlari uchun choralar belgilash tartibi va hukm qabul qilishda yordam beradi.
Ekspert tizimlarining o‘ziga xos xususiyati ularning o‘zini siFATini oshirish va rivojlantirish xususiyatidir. Boshlang‘ich ma’lumotlar, bilimlar bazasida faktlar ko‘rinishida saqlanadi, ekspert mutaxassislar tomonidan ular orasida munosabatlarning ma’lum tizimi o‘rnatiladi. Va shundan so‘ng, ekspert tizimi u yoki bu savollar bo‘yicha maslaxat va tavsiyalar beradi.
HTML (Web) redaktorlar. Bu o‘zida, matn va grafik redaktorlari xossalarini birlashtiruvchi redaktorlar sinfidir. Ular Web-hujjatlarni tayyorlashga mo‘ljallangandir. Web hujjatlar deb, ularni tayyorlashda, internetda ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan qator xususiyatlar hisobga olingan elektron hujjatlarga aytiladi.
Nazariy jixatdan Web-hujjatlarni yaratish uchun oddiy matn redaktori va protsessorlaridan va shu bilan birga vektorli grafik redaktorlarning bazilaridan ham foydalanish mumkin. Ammo Web-redaktorlar Web-dizaynerlarning ish unumdorligini oshirishning qator xususiyatlariga ega. Shuning uchun ham,bu sinf dasturlaridan elektron hujjatlar va multimedia nashrlarini tayyorlashda foydalanish mumkin.
Brauzerlar-(Web ni ko‘rish vositalari). Bu kategoriyaga HTML formatida (bu format hujjatlari Web-hujjat siFATida ishlatiladi) yaratilgan va elektron hujjatlarni ko‘rish uchun mo‘ljallangan dastur vositalari kiradi. Zamonaviy bruzerlar yordamida tekst va grafikani ko‘ribgina qolmasdan, balki musiqa, ovoz, internetdagi radio eshittirishlarni eshitish, videokonferensiyalarni ko‘rish, elektron pochta xizmatidan foydalanish, telekonferensiyalar tizimida ishlash va boshqa ko‘pgina ishlarni bajarish mumkin.
Ish yuritishning integrallashgan tizimlari. Bu dasturlar, boshliq ish joyini avtomatlashtirish vositalaridan iboratdir. Bunday tizimning asosiy funksiyalariga oddiy hujjatlarni yaratish, tuzatish va formatlash, elektron pochta, faksmil va telefon aloqa funksiyalarini markazlashtirish, korxona hujjat almashinuvini kuzatish (monitoring), korxona bo‘limlari faoliyatini koordinatsiyalash, rahbariyat va xo‘jalik faoliyatini optimallashtirish, va so‘rovnomalar bo‘yicha ma’lumotlar berish kiradi.
Buxgalteriya tizimlari. Bu maxsuslashtirilgan tizimlar bo‘lib, ular o‘z ichiga matn va jadval redaktorlari, elektron jadvallar va ma’lumotlarn bazalarining funksiyalarini oladi. U korxona birlamchi buxgalteriya hujjatlarini tayyorlash va hisobga olishni avtomatlashtirish, buxgalterlik hisobotlarni olib borishga mo‘ljallangan. Bundan tashqari bu tizim, korxonaning, soliq va statistik hisob tashkilotlariga beradigan formada tayyorlanadigan muntazam hisobotlarini olib borish uchun ishlatiladi. Bu hisobotlar korxonalarning ishlab chiqarish, xo‘jalik va moliyaviy faoliyatini aks ettiradi. Albatta bu hisobotlarni yuqorida keltirilgan boshqa tizimlar yordamida bajarish mumkin. Ammo buxgalteriya tizimi, har xil vositalar muxitlarini bitta tizimda mujassamlaganligi bilan qulaydir.
Moliyaviy analitik tizimlar. Bu sinf dasturlari, bank va birja kabi tashkilotlarda foydalaniladi. Ular moliya, tovar va xom ashyo bozorlaridagi holatni nazorat qilish va oldindan ko‘ra olish, ro‘y berayapgan hodisalarni taxlil qilish, axborot va hisobotlar tayyorlash uchun ishlatiladi.
Geoma’lumot tizimlar. Aerokosmos va topografik usullarda olingan ma’lumot asosida kartografiya va geodeziya ishlarini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan tizimlardir.
Videomontaj tizimlari. Bu tizimlar videomateriallarga raqamli ishlov berish, ularni montaj qilish, videoeffektlar yaratish, defektlarni olib tashlash, tovush, titr va subtitr qo‘shish uchun mo‘ljallangan.
Amaliy dasturiy vositalarining alohida kategoriyalari, o‘qitish, malakani oshirish, ma’lumot va ko‘ngil ochar (razvlekatelniye) tizim va dasturlardan iboratdir. Bu dasturlarning o‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, ularda multimedia tashkil etuvchilariga bo‘lgan talab yuqoridir. YA’ni musiqa kompozitsiyalari, grafik annimatsiya va videomateriallardan foydalanish ko‘zda tutiladi.
|
| |