|
Mavzu: Buxgalteriya hisobining obekti va subekti Reja: Kirish Buxgalteriya hisobining obekti va uning tavsifi. Buxgalteriya hisobining subektlari tizimi
|
bet | 1/5 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 59,08 Kb. | | #126844 |
Bog'liq Buxgalteriya hisobining obekti va subekti (2)
Mavzu: Buxgalteriya hisobining obekti va subekti
Reja:
Kirish
1. Buxgalteriya hisobining obekti va uning tavsifi.
2. Buxgalteriya hisobining subektlari tizimi.
3 Buxgalteriya hisobi obekti va subektining o’zaro bog’liqligi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
KIRISH
Ma'lumki, u yoki bu sohani o'rganuvchi fan o'z predmeti, ya'ni o'rganiladigan obyektlariga va metodi, ya'ni shu predmetni o'rganish usullarining ilmiy asoslangan majmuasiga ega bo'lishi lozim. Shuningdek, buxgalteriya hisobi ham iqtisodiy fanlarning mustaqil bir tarmog'i sifatida o'z predmeti va metodiga ega. Xo'jalik mablag'lari (aktivlar), ulaming manbalari (passivlar) va mablag'larning kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonidagi doyimiy aylanishi hamda faoliyat natijalari.
«Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy taxlil va audit» nomli yagona fanning tarkibiga kiritilgan. Buxgalteriya hisobi nazariyasi maxsus fan sifatida olti asrdan beri o’qitilib kelinmoqda. Uning jamiyatda tutgan o’rni, metologiyasi, tashkil etilishi bo’yicha juda ko’p kitoblar yozilgan. Buxgalteriya hisobining ahamiyati to’g’risida «Quron»da, mashhur sarkorda bobomiz Amir Temur tuzuklarida, xattoki yozuvchi va shoirlarimiz asarlarida ham juda ajoyib fikrlar keltirilgan.
Mablag'lar va manbalar ta'minot, ishlab chiqarish va realizatsiya jarayonlarida sodir bo'ladigan xo'jalik muomalalari ta'sirida o'zgaradi. Yuqorida ta 'kidlanganidek, buxgalteriya hisobi tadbirkorlikni rivojlantirish va biznesni boshqarishda muhim ahamiyatga ega. Lekin buxgalteriya hisobi korxona xo'jalik faoliyatining pulda ifodalanadigan qisminigina aks ettiradi. Bu esa buxgalteriya hisobining obyektlarini belgilab beradi.
«Buxgalteriya hisobi to'g'risidagi qonurmning 4-moddasiga ko’ra «Asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar, daromadlar va xarajatlar, joyda, zararlar hamda ularning harakati bilan bog'liq xo’jalik muomalalari buxgalteriya hisobining obyektlaridir». Korxonalar o'z xo'jalik faoliyatini amalga oshirishlari uchun zarur mablag'lar, mashinalar, qurilmalar, pul, moddiy boyliklar va boshqalarga ega bo'lishlari kerak. Bu mablag'laning tarkibi va ko'lanli korxonalaning xo'jalik faoliyatining Yo'nalishi (sanoat, qishloq xo'jaligi, savdo va hususiy korxona.) bilan bog'liq bo'lib, ulaning biznes-rejalari bilan belgilanadi
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: Buxgalteriya hisobining obekti va subekti Reja: Kirish Buxgalteriya hisobining obekti va uning tavsifi. Buxgalteriya hisobining subektlari tizimi
|