|
Buxgalteriya hisobining subektlari tizimi
|
bet | 3/5 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 59,08 Kb. | | #126844 |
Bog'liq Buxgalteriya hisobining obekti va subekti (2)2.Buxgalteriya hisobining subektlari tizimi
Buxgalteriya hisoboti — korxona (tashkilot, muassasa)ning hisobot davri (oy, chorak, yil)dagi mablag‘lari holati va xo‘jalik-moliyaviy faoliyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi; buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bo‘yicha tuziladi. Buxgalteriya hisoboti statistika va operativ hisobotlari bilan birgalikda moliyaviy hisobotning tarkibiy qismini tashkil etadi. Davriyligiga ko‘ra Buxgalteriya hisoboti chorak, yarim yil, 9 oy va bir yil uchun tuziladi. Maqsadiga ko‘ra ichki va tashqi turlarga bo‘linadi. Ichki Buxgalteriya hisoboti korxona va uning tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini tahlil etish hamda boshqarishga xizmat qiladi. Tashqi Buxgalteriya hisoboti korxonaning moliyaviy holati haqida axborotlar oladigan boshqaruv hamda nazorat idoralariga beriladi. Hajmiga ko‘ra dastlabki (korxonalar tomonidan joriy buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga ko‘ra) va jamlanma (statistika muassasalari tomonidan hududiy tamoyillarga ko‘ra) Buxgalteriya hisoboti ga bo‘linadi. 1997 yil 1 yanvardan Buxgalteriya hisoboti qamraydigan ma’lumotlar doirasi (buxgalteriya balansi, moliyaviy faoliyat haqida hisobot, kreditorlik va debitorlik qarzdorligi haqida ma’lumotnoma, asosiy vositalar harakati, pul oqimlari, o‘z kapitali to‘g‘risidagi hisobotlar va boshqalar)ni O‘zR Moliya vazirligi belgilaydi. Buxgalteriya hisoboti ning belgilangan muddatda topshirilishi va majburiyligi ularga qo‘yiladigan asosiy talabdir. Korxonalar yillik Buxgalteriya hisoboti ni yakunlangan yildan keyin 15 fevraldan (chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar 1 martdan), choraklik Buxgalteriya hisoboti ni chorak tugagach, 25 kundan kechikmay mulk egalariga, korxona joylashgan hududdagi davlat statistika idoralariga, davlat soliq inspeksiyalariga va boshqa davlat organlariga topshirishlari shart.
Korxonalar - jamiyat ehtiyojini qondirish va foyda (daromad) olish maqsadida mahsulot ishlab chiqarish, ishlar va xizmatlar bajarish uchun belgilangan qonun asosida tashkil qilingan mustaqil xo'jalik yurituvchi subyekt bo'lib hisoblanadi. «Q'zbekiston Respublikasida korxonalar to'g'risida»gi qonunda korxonalarning tashkiliy huquqiy shakllari belgilab berilgan. Ularning asosiylari davlat, fermer, xususiy, oilaviy, mahalla, to'liq shirkat, yopiq turdagi hissadorlik jarniyati, ochiq turdagi hissadorlik jamiyati, ijara, fermer (dehqon) xo'jaliklari va boshqalar hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonada buxgalteriya hisobi ishlarini to'g'ri tashkil qilish g'oyat muhim ahamiyatga ega. Korxona va tashkilotlarda buxgalteriya hisobi sodir bo'layotgan xo'jalik jarayoni hamda muomalalarini kuzatib va qayd etib qolmasdan, ishlab chiqarish rejasining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshira borib, rejalashtirish, nazorat qilish va iqtisodiyotni boshqarish ishida asosiy vazifani bajaradi. Shu boisdan ham hisob ishlarini tashkil qilish masalalariga katta e'tibor qaratiladi. Hozirgi kunda buxgalteriya hisobi ishlarini tashkil qilishga qo'yilgan eng asosiy talab - bu, uning kam xarajatli va sodda bo'lishidir. Korxonada hisob ishlari ana shunday tashkil etilgandagina, buxgalteriya hisobi yuqori samaraga hamda yaxshi natijalarga erishish mumkin. Buning uchun eng avvalo, har bir korxonaning o'ziga xos tannoq xususiyatlarini va boshqa jihatlarini chuqur o'rganish lozim. Har bir korxonada tashkil etilgan buxgalteriya hisobi xo'jalik faoliyati jarayonida sodir bo'layotgan xo'jalik muomalalarini uzluksiz kuzatish va uning natijalarini son ko'rsatkichlarida ifodalash, keyin ularni yoppasiga maxsus hujjatlarda aks ettirishni ta'minlash lozirn. Shu bilan birgalikda korxona biznes-rejasini va kelgusidagi strategik dasturlarini tuzishda kerakli ma'lumotlar bilan ta'minlashi va ularning bajarilishi ustidan amaliy ravishda nazorat olib borishi kerak. 5 Mamlakatimizda buxgalteriya hisobi bo'yicha umumiy rahbarlik vazifasi O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buxgalteriya hisobi va auditi uslubiyati boshqannasi zimmasiga yuklatilgan. Bu boshqanna dastlabki hisob masalalari bo'yicha xalq xo'jaligi tarmoqlariga umumiy rahbarlik qilib, buxgalteriya hisobi bo'yicha kadrlar tayyorlash va ular malakasini oshirish bo'yicha ish olib boradi hamda dastlabki hisobning tipik shakllarini ishlab chiqib, nashr qildiradi, barcha xo'jalik yurituvchi subyektlar uchun majburiy bo'lgan hisob va hisobot masalalari bo'yicha yo'riqnoma, uslubiy ko'rsatmalar ishlab chiqadi. Mehnat vositalaridan bir necha yillar davomida foydalaniladi va ular ishlab chiqarishda qatnashib o‘z ko'rinishlarini saqlab qoladi. Asosiy vositalar mehnat vositalari hisoblanib, ular 1 yildan ko‘p xizmat qiladi va qiymati eng kam mehnat haqini barobaridan yuqori bo'ladi, ularni ijaraga berish mumkin. Asosiy vositalar o‘z qiymatini, ularga har oyda hisoblanadigan eskirish summalari (amortizatsiya, ajratmalari) orqali ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga qo‘shib boriladi. Asosiy vositalarga binolar, imoratlar, inshootlar, transport vositalari, kompyuterlar, kassa apparati va hokazolarni misol qilib keltirish mumkin. Bundan tashqari, korxonalarda shunday xo‘jalik mablag‘lari mavjudki, ulardan ham uzoq vaqt foydalanish natijasida korxona xo'jalik faoliyati davomiyligi va rivoji ta’minlanadi. Bunday xo‘jalik mablag'i nomoddiy aktivlardir. Nomoddiy aktivlarga yer, suv va boshqa tabiiy boyliklardan foydalanish huquqi, patent, litsenziyalar, kompyuter dastur mahsulotlari, savdo belgisi va boshqalar misol bo‘ladi. Nomoddiy aktivlar tabiiymoddiy ko‘rinishga ega bo‘lmaydi, ammo korxonaga daromad kelishini ta’minlaydi yoki korxonalarning biror bir faoliyat bilan shug'ullanishiga huquq beradi. Ular qiymatga ega bo‘lib, asosiy vositalar kabi o‘z qiymatlarini mahsulot tannarxiga eskirishi hisoblash orqali qo‘shib boradilar. Nomoddiy aktivlarni o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
— bu aktivlardan foydalanish muddati bir yildan yuqori;
— korxonaning foyda olishiga mo‘ljallangan;
— ba’zi bir nomoddiy aktivlardan tashqari (tovar belgilari va boshqalarga) bir me’yorda amortizatsiya hisoblanadi.
Quyida asosiy vosita, nomoddiy aktivlardan tashqari xo'jalik mablag'lari hisoblanadigan korxonalarning boshqa asosiy mulklarini ham ko‘rib chiqariladi. Kapital qo‘yilmalar:
— korxonaning qurilis;
— montaj ishlari, asbobuskunalar sotib olish, keltirish va boshqa kapital ishlar va xarajatlari demakdir.
Uzoq muddatli moliyaviy qo'yilmalar (1 yildan yuqori muddatga);
— daromad olish maqsadidagi sarflangan xarajatlar. Moliyaviy qo‘yilmalarga quyidagilarni misol tariqasida keltirish mumkin:
Boshqa korxonalarga investitsiyalar, berilgan qarzlar va hokazo. Aylanma mablag‘lar korxona xo‘jalik faoliyati tez harakatlanadi. Aylanma mablag'larning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
— faqat bir ishlab chiqarish siklida xizmat qiladi;
— o'zining tabiiy ko‘rinishini o'zgartiradi (yoki qayta ishlanadi, yoki bir shakldan ikkinchi shaklga o‘tadi);
— o‘z qiymatini bir ishlab chiqarish siklidayoq tayyor mahsulot (xizmat, ish) qiymatiga o‘tkazadi. Aylanma mablag'larning yuqoridagi xususiyatlari korxonalar oldiga mahsulot ishlab chiqarish jarayonida doimo mehnat buyumlarining o‘rnini to‘ldirishni, ya’ni sotib olishni vazifa qilib qo‘yadi. Aylanma mablag‘laming ba’zilari mehnat buyumlari bo‘lib, ular ishlab chiqarishda qatnashadi. Bunday mehnat buyumlari korxona xo‘jalik faoliyatida me’yorlashgan (rejalashtiriladigan) tarzda qatnashadi. Me’yorlashadigan aylanma mablag‘larga quyidagilar misol bo‘ladi:
Ishlab chiqarish zaxiralari — mehnat buyumlari (xomashyo, material, yoqilg‘i, idish va idish materiallari, ehtiyot qismlar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar) zaxiralaridan iborat bo‘lib, ular ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish, ish bajarish uchun mo'ljallangandir. Tayyor mahsulot — korxonaning barcha ishlab chiqarish bosqichlaridan o‘tgan, davlat standartiga, texnik shartlarga javob beradigan hamda korxonaning nazorat bo‘limi tomonidan tekshirib qabul qilingan va korxonaning tayyor mahsulot omboriga qabul qilib olingan mahsulotlardir. Korxonaning tayyor mahsuloti xo‘jalik faoliyatida doimo oborotda bo‘lib, ular korxona qaysi mulkchilik shakliga asoslanganidan qat’iy nazar rejalashtixiladi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida korxonalarning tayyor mahsulotlarini sifatlilik darajasi, jahon standartiga to‘la javob bera olishi, jahon bozori raqobatiga bardoshliligi nafaqat korxonaning balki butun xo‘jalik rivojiga ta’sir etadi. Qisqa muddatli moliyaviy qo'yilmalar bir yildan kam muddatga boshqa korxonalarga qo‘yilgan investitsiya (obligasiyalar, aksiyalar) va bir yildan kam muddatga berilgan qarzlardir. Aylanma mablag‘laming me’yorlashmaydigan turlari ham mavjud bo‘lib, ular korxona xo‘jalik faoliyatini muomala sohasida ishtirok etadi. Pul mablag‘lari — kassadagi naqd pul, hisoblashish schyotidagi pul mablag‘lari, bank schyotlaridagi pul mablag‘lari, pul hujjatlari (pochta markalari, davlat boji markalari, aviachiptalari, dam olish uylariga, bolalar oromgohlariga sotib olingan yo‘llanmalar va hokazolar) hamda yo‘ldagi pul mablag‘laridir. Kassadagi naqd pul — korxona xo‘jalik faoliyatida ishlatish uchun mo'ljallangan naqd pullardir. Kassadagi naqd pullar me’yori, shu korxonaga xizmat qiluvchi bank tomonidan belgilanadi.
Ushbu belgilangan me’yor orqali korxonalarda ortiqcha naqd pullar turib qolishining oldi olinadi. Hisoblashish schyotidagi pul mablag‘lari. Korxonalar o‘z faoliyatlari davomida turli korxonalar, muassasalar, tashkilotlar bilan muomalada va hisoblashishda bolib, bunday vaqtlarda bank orqali hisoblashish amalga oshiriladi. Valuta pul mablag‘lari. Korxonalar faoliyati davomida milliy valutamizdan tashqari valuta mablag’laridan ham foydalaniladilar.
Mamlakatimiz mustaqillikga erishganidan so‘ng korxonalarni valuta mablag‘lari bilan hisoblashishlari kengaymoqda. Korxonalarda pul mablag‘larining hisobi’ O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki ishlab chiqqan ko‘rsatma va nizomlarga asosan olib boriladi. Debitorlik qarzlari korxonaga berilishi va to'lanishi kerak bo‘lgan mablag‘lar miqdoridir. Korxonaning debitorlik qarzlariga quyidagilar misol bo‘ladi:
— hisobdorlik summalari (korxonani xodimlariga xizmat safari uchun bergan, xo'jalik faoliyati ehtiyojlariga kerakli bo‘lgan mablag‘lar (tovar, material, kanselyariya buyumlari va hokazolar) ni olib kelish uchun berilgan pul mablag‘lari);
— yetkazilgan zarar yuzasidan hisoblashish summalari (xodimlarning korxonaga yetkazgan zararlari yuzasidan to'lashi kerak bo‘lgan qarzlari);
— turli debitorlik summalari (sotilgan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, qimmatbaho qog‘ozlar yuzasidan korxonaga tushishi kerak bo‘lgan qarz summalari va hokazolar).
Hozirgi vaqtda hukumat tomonidan korxonalar o‘rtasida turli debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish, tugatish borasida chora- tadbirlar belgilanib, amaliyotga tatbiq etilmoqda. Shunday xo‘jalik mablag‘lari mavjudki, ular korxona xo‘jalik faoliyati oborotidan chetlatilgan bo‘ladi. Foydadan hisoblangan va to‘langan soliqlar va korxona xo‘jalik faoliyati natijasida olgan foydasidan ishlab chiqilgan ko'rsatmalarga asosan, soliq summalarini to‘laydi. Shu maqsadda hisoblangan va to'langan soliq summalari korxonalarning oborotdan chetlatilgan mablag‘lari hisoblanadi. Ishlab chiqarish xarajatlari korxonaning ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan mablag‘laridir. Davir xarajatlari va korxonani boshqarish, tashkil etish va mahsulotni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan moddiy hamda mehnat sarflari. Muomala xarajatlari — savdo korxonalarining faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar bo‘lib, ular ham savdo korxonasining oborotdan chetlatilgan mablag‘lari hisoblanadi. Masalan, reklama, transport, elektr energiya to‘lovi, mehnat haqi xarajatlari va hokazo. Tugallanmagan ishlab chiqarish — korxona barcha ishlab chiqarish bosqichlaridan to‘liq o‘tmagan, tegishli texnik va boshqa sinovlardan o‘tmagan, yig‘ilmagan mahsulotlar bilan bog‘liq xarajatlar. Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari — korxonada tashkil etilgan yordamchi ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlar. Zarar — korxona xo‘jalik faoliyati natijasida olingan moliyaviy natija bo‘lib, u asosiy vositalarni, nomoddiy aktivlarni, qimmatbaho qog‘ozlarni, tovarlarni, tayyor mahsulotni (ish xizmat) sotish natijasida vujudga kelishi mumkin.
Bu xarajatlar 1999- yilning 1- yanvardan amaliyotga joriy qilingan «Mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish va uni sotish bo‘yicha mahsulot (ish, xizmat) tannarxiga kiritiladigan xarajatlar tarkibi va moliyaviy natijalarning shakllanish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga asosan guruhlanadi. Xo‘jalik mablag'larining tashkil topish manbalarining ikki turi mavjud:
1. Korxona mablag‘larining manbasi.
2. Chetdan jalb etilgan mablag‘laming manbasi yoki majburiyatlar. Korxona faolyati davomida xo‘jalik mablag‘larining tashkil topish manbalari quyidagi yo‘nalishlar bo'yicha kengayib, ko'payib boradi;
— soliq to'lovidan so‘ng, korxona ixtiyorida qoladigan foyda hisobiga;
—topadigan turli fondlar hisobiga (zaxira kapitali, qo‘shimcha kapital va hokazolar);
Mablag'lar manbayi (passivlari) O‘z mablag'lar manbayi Ustav kapitali Qo'shilgan kapital majburiyatlari Zaxira kapitali Sotib olingan xususiy aksiyalar Taqsimlanmagan foyda, Maqsadli tushumlar, Kelgusi davr xarajatlari va rezervlari uchun to'lovlar. Majburiyatlari Qisqa muddatli, Uzoq muddatli majburiyatlari;
—qarzga va kreditga olingan pul mablag‘lari hisobiga;
—aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qaroriga ko‘ra, ustav fondi oshishiga yo'naltirilgan dividendlar hisobiga;
— maqsadli moliyalashtirish hisobiga;
—boshqa majburiyatlar hisobiga.
Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, korxonalarning xo‘jalik mablag‘larining tashkil topish manbalarini ikki guruhga ajratish mumkin. Korxona mablaglarining tashkil topish manbalariga ustav kapitali, fondlari, zaxiralar, foyda va daromadlar hamda boshqalar misol bo‘ladi. Korxonalar faoliyati boshlanishida ular xo'jalik mablaglari manbasi ustav kapitali hisoblanadi. Ustav kapital — korxonalar faoliyati boshlanishi uchun davlat yoki ta’sischilar (mulkdorlar)ning ajratgan moddiy boyliklarining pul ko‘rinishidagi qiymatidir. Ustav kapitali quyidagicha shakllanishi mumkin:
— ustav kapitaliga ta’sischilaming pul mablag'i ko‘rinishidagi hissasi hisobiga; — korxonaning tashkil topishida davlat qo'yilmasi hisobiga;
— moddiy boylik, qimmatbaho qog'oz, nomoddiy aktiv va boshqalar ko‘rinishida ta’sischilarning qo‘shgan hissasi hisobiga. Korxonalar faoliyati boshlanishi uchun kerak bo‘ladigan mablag‘lar miqdori va turi shu korxona faoliyati turi hamda doirasiga bog'liq bo'ladi. Demak, korxona faoliyati uchun davlat yoki ta’sischilar tomonidan ajratilgan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, naqd pullar, hisoblashish schyotidagi pul mablag'larining tashkil topish manbasi ustav kapitali hisoblanadi. Foyda — korxona faoliyatining ijobiy natijasi bo'lib, xarajatlar daromadlardan kam bo‘lgan hollarda vujudga keladi. Korxona foydasi mahsulot (ish, xizmat), tovar, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, qimmatbaho qog'ozlar sotish orqali olinishi mumkin. Sof foyda — soliq to‘lovlaridan so‘nggi foyda miqdori. Sof foyda kapital qo‘yilmalarga va asosiy hamda aylanma mablag‘lar oshishiga, o'tgan yil zararini qoplashga, zaxira kapitaliga ajratma, turli ajratmalarga shuningdek, mulkdorlarga dividendlar va daromadlar to‘lashga yo'naltiriladi. Xalqaro hisob amaliyotida sof foydaning hisobidan amalga oshiriladigan xarajatlami taqsimlanmagan foyda schyotida aks ettirish qabul qilingan. Taqsimlanmagan foyda aksiyadorlar va mulkdorlar o‘rtasida dividend ko'rinishida taqsimlanmagan sof foyda bo‘linmasidir. Joriy davrda vujudga kelgan sof foyda tashkil topishi vaqtida taqsimlanmagan foyda sifatida, shu bilan birga aksiyadorlar va ta’sischilami qonun-qoidaga ko‘ra, o'matilgan tartibda taqsimlashga tayyor bo‘lib ham yuzaga keladi. Dividend majburiyatlari — aksiyadorlik yoki o‘rtoqlik jamiyatlarini sof foydalarining aksiyadorlar va ta’sischilar o'rtasida taqsimlanadigan bir qismidir. Aksiyadorlik jamiyatlaridagi sof foydani dividend ko'rinishida taqsimlanadigan qismi aksiyalar miqdoriga bog'liq bo'ladi. O'rtoqlik jamiyattatida esa ta’sischilarning ustav kapitaliga qo'shgan hissasi, miqdoriga to'g'ri proporsional tarzda sof foydaning bir qismi dividend tarzida ajratiladi. Kelgusi davr daromadlari — korxona xo'jalik faoliyati joriy davrida yuzaga keladigan, ammo kelgusi davrga taalluqli daromadlardir. Kelgusi davr to‘lovlari va xarajatlari to‘lovi yuzasidan zaxiralar;
— korxonaning kelgusidagi xarajatlari (asosiy vositalami tiklash) va to‘lovlari (mehnat ta’tili uchun to‘lovi) yuzasidan jamg'ariladigan zaxiralar. Ushbu zaxiralami hisoblashdan maqsadlar kelgusi mavzularda keng yoritilgan. Shubhali qarzlar yuzasidan zaxira. — korxonalarni dargumon qilinayotgan kreditorlik qarzlarini qoplash yuzasidan jamg‘arilgan zaxiralaridir. Maqsadli moliyalashtirish— budjetdan yoki tarmoq maxsus fondlaridan maqsadli xarakterga ega bo‘lgan aniq bir tadbirlarni moliyalashtirish uchun olingan mablag‘lar manbasi. Maqsadli moliyalashtirishlar korxonalarni qayta tiklash va qurollantirish uchun amalga oshirilishi mumkin. Asosiy vositalarning eskirishi — asosiy vositalar qiymatini bir me’yorda o‘rnatilgan tartibda mahsulot qiymatiga qo'shib borish maqsadida hisoblangan amortizatsiya ajratmalaridir. Nomoddiy aktivlarning eskirishi — nomoddiy aktivlar qiymatini bir me’yorda mahsulot (ish, xizmat) tarkibiga qo‘shish maqsadida hisoblangan eskirish summalari miqdori. Korxonaning chetga jalb etilgan xo‘jalik mablag‘larini tashkil topish manbalari kreditlar, qarzlar, turli majburiyatlardan iborat bo'ladi. Bank kreditlari — korxonalarning bankdan uzoq yoki qisqa muddatga olgan pul mablag'larining manbasidir va ushbu kreditlar yuzasidan korxonalarning bank oldidagi majburiyatlarini bildiradi. Qarz mablag’lari — bankdan tashqari korxonalardan uzoq va qisqa muddatga olingan qarzlar manbasi bo‘lib, korxonalarning ushbu qarzlar yuzasidan majburiyatlari miqdorini bildiradi. Turli kreditorlik qarzlari — korxonaning xo‘jalik faoliyati davomida turli yuridik va jismoniy shaxslar oldidagi qarzlaridir. Kreditorlik qarzlariga quyidagilarni misol tariqasida keltirish mumkin:
— mol yetkazib beruvchilar oldidagi majburiyat;
— budjet oldidagi majburiyat;
— ijtimoiy sug‘urta tashkilotlari oldidagi majburiyat;
— mehnat haqi yuzasidan xodimlar oldidagi qarz va hokazolar.
Ushbu kreditorlik qarzlari to‘lash uchun hisoblangan, ammo hali to‘lab ulgurilmagandir. Kreditorlik qarzlari va majburiyatlarining mavjudligi hamda shu bilan birga ularning debitorlik qarzlaridan ko‘p bo'lishi korxona moliyaviy holatiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Buxgalteriya hisobi predmeti obyektining uchinchisi xo'jalik jarayonlaridir. Korxona faoliyati davomiyligi va uzluksizligi xo‘jalik jarayonlarini to‘g‘ri yuritish orqali ta’minlanadi. Xo'jalik jarayonlari yuqorida aytib o'tilganidek,
3 turga ajratiladi:
1. Ta’minot jarayoni.
2. Ishlab chiqarish jarayoni.
3. Sotish jarayoni.
Ta’minot jarayonida korxona xo'jalik faoliyati uchun zarur bo'lgan mablag‘lar bilan ta’minlanadi. Masalan, asosiy vositalar, xomashyo, material, nomoddiy aktivlar, pul mablag'lariga bo'lgan ehtiyojlar shu jarayonda ta’minlanadi. Ishlab chiqarish jarayonida esa tayyor mahsulot yaratiladi.
Buning uchun uchta narsa qatnashadi:
1. Mehnat vositalari.
2. Mehnat buyumlari.
3. Ishchi kuchi.
Ishlab chiqarish jarayonida ishchi kuchi mehnat vositalari yordamida mehnat buyumlarini qayta ishlab, tayyor mahsulotni yaratadi. Yuqorida keltirilgan uch narsa ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etib, mahsulot tannarxini o'ziga xos tarzda oshiradi. Mehnat vositalari o‘z qiymatlarini, ularga har oyda hisoblanadigan eskirish summalari orqali mahsulot tannarxiga asta-sekinlik bilan qo'shib boradi. Mehnat buyumlari esa o‘z qiymatini to'laligicha ishlab chiqarilayotgan mahsulotga o‘tkazadi va shu tarzda mahsulot tannarxini oshiradi. Ish kuchi esa ularni ishlab chiqarish jarayonida qatnashishiga ko‘ra hisoblangan mehnat haqlari hajmida mahsulot tannarxini oshiradi. Sotish jarayonida quyidagilar sotilib pul ko'rinishini oladi:
— mahsulotlar (sanoat korxonalarida);
— tovarlar (savdo korxonalarida);
— ishlar (qurilish tashkilotlarida);
— xizmatlar (maishiy xizmat ko'rsatish muassasalarida);
— asosiy vositalar;
— qimmatbaho qog'ozlar;
— nomoddiy aktivlar;
— turli boshqa aktivlar.
Asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar, daromadlar va xarajatlar, foyda, zararlar hamda ularning harakati bilan bog‘liq xo‘jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining obyektlaridir. Buxgalteriya hisobining obyektlari jamlama hisobvaraqlarda aks ettiriladi. Analitik hisobni yuritish tartibi buxgalteriya hisobi subyekti tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, ularning O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda undan tashqarida joylashgan shu’ba korxonalari, filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari buxgalteriya hisobi subyektlaridir. Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda buxgalteriya hisobni yuritadi va buxgalteriya (moliya) hisobotini taqdim etadi. Aktivlar mohiyati, tarkibi va joylanishiga ko‘ra ikkita guruhga bo‘linadi. Uzoq muddatli aktivlar. Joriy aktivlar. Uzoq muddatli aktivlarga asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, uzoq muddatli investitsiyalar, o‘rnatiladigan asbob-usku- nalar, kapital qo‘yilmalar va uzoq muddatli debitor qarzlari hamda kechiktirilgan xarajatlar kiradi.
Bularning mazmunini tushunish uchun ayrimlariga batafsilroq to‘xtalib o‘tamiz. Asosiy vositalar — korxona xo‘jalik faoliyatini yuritishda uzoq davom etadigan vaqt mobaynida, mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatish yoki ma’muriy va ijtimoiy- madaniy funksiyalarni amalga oshirish jarayonida foydalaniladigan moddiy aktivlardir. Quyidagi mezonlarga javob beradigan moddiy aktivlar asosiy vositalar tarkibiga kiritiladi:
a) xizmat muddati 1 yildan oshiq;
b) bitta birligi(komplekti)ning qiymati O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining 50 barobaridan oshiq bo‘lgan (sotib olish vaqtida) predmetlar. Asosiy vositalarga yer, yerni obodonlashtirsh, binolar, inshootlar, uzatish moslamalari, mebel va ofis jihozlari, kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi, transport vositalari, ishchi, mahsuldor hayvonlar va hokazo shunga o‘xshashlar kiradi.
Asosiy vositalarni hisobga olish uslublari No5- «Asosiy vositalar» nomli BHMSda keltirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2004- yil 20- yanvarda 1299- raqam bilan ro‘yxatga olingan). No7- «Nomoddiy aktivlar» nomli BHMSning 7- bandiga muvofiq nomoddiy aktivlar — moddiy-ashyoviy shaklga ega bo‘lmagan, xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan, xo‘jalik faoliyatida foydalanish maqsadida nazorat qilinadigan, shuningdek uzoq vaqt (bir yildan ko‘p) ishlatish uchun mo‘ljallangan mol-mulk obyektlari. Shuningdek, nomoddiy aktivlar quyidagi talablarga javob berganida aktiv deb olinadi:
—aktiv ta’rifini qanoatlantiradigan;
—o‘lchanadigan;
—ahamiyatga molik bo‘lgan;
—ishonchli bo‘lgan;
—kelgusida iqtisodiy naf keltiradigan;
ajratiladigan, ya’ni uni ishlatiladigan ishlab chiqarishdan alohida foydalanish mumkin bo‘lgan hollarda. Nomoddiy aktivlarga patentlar, litsenziyalar, «nou-xau», savdo markalari, tovar belgilari, sanoat namunalri, dasturiy ta’minot, gudvill, tashkiliy xarajatlar, franshizalar, mualliflik huquqlari, xizmat ko‘rsatish belgilari va boshqalar kiradi. Korxonaning joriy aktivlariga tovar -moddiy zaxiralari, kelgusi davr xarajatlari va kechiktiritilgan qarzlar, olinadigan schotlar (debitorlik qarzlar), pul mablag‘lari, qisqa muddatli investitsiyalar va boshqalar kiradi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt aktivlari tarkibida joriy aktivlarning ro'yxati keng va xilma-xil bo‘lib, ular doimo aylanishda bo‘lganligi sababli uzoq muddatli aktivlarga qaraganda nisbatan yuqori likvidli hisoblanadi. Joriy aktivlarning naqd pulga aylantirish oson bo'lgan qismi yuqori likvidli deyiladi. Ishlab chiqarish sohasidagi mablag‘larning ikkinchi qismini mehnat buyumlari tashkil etadi. Bular odam mehnati yo‘naltiriladigan mablag’lardir. Mehnat buyumlari tarkibiga urug‘lik, ko‘chatlar, yem-xashak, yosh chorva mollari va boquvdagi mollar, yordamchi materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, ehtiyot qismlar, yoqilg‘ilar, tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr sarflari va boshqalar kiradi. Mehnat buyumlari ishlab chiqarishi jarayonida qatnashib mehnat vositalaridan farq qilgan holda, bir ishlab chiqarish jarayonida o‘z qiymatini yangidan yaratilgan mahsulotning tannarxiga to‘liq o‘tkazadi. Mehnat buyumlarining pulda ifodalangan yig‘indisi aylanma ishlab chiqarish mablag‘lari deb ataladi.
|
| |