|
Buxgalteriya hisobining obekti va uning tavsifi
|
bet | 2/5 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 59,08 Kb. | | #126844 |
Bog'liq Buxgalteriya hisobining obekti va subekti (2)1. Buxgalteriya hisobining obekti va uning tavsifi
Korxonalar, muassasalar, uyushmalar, konsemlar faoliyatidan mulkchilik shaklidan kelib chiqib ulami xo'jalik mulklari turli miqdorda va tarkibda bo‘ladi. Korxonalar faoliyati ulami xo‘jalikning qaysi sohasiga taalluqligidan kelib chiqib quyidagicha bo‘lishi mumkin:
— qishloq xo‘jalik korxonalari Gamoa xo‘jaliklari, fermer xo‘jaliklari va hokazo);
— sanoat ishlab chiqarish korxonalari (yengil sanoat, og‘ir sanoat);
— maorif sohasi muassasalari (bog‘cha, maktab, litsey, gimnaziya, kollej, institut, universitet va hokazo);
— savdo korxonalari (vositachi korxonalar, chakana savdo korxonalari, umumiy ovqatlanish korxonalari, tayyorlov korxonalari);
— sog‘liqni saqlash muassasalari;
— madaniy-maishiy muassasalari va hokazo.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, xo‘jalikning asosiy bo‘g‘ini hisoblanuvchi korxona, muassasa, tashkilot, uyushma, konsemlar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohasiga taalluqliligi bilan ham guruhga ajratiladi. Masalan, qishloq xo‘jalik korxonalarida qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtiriladi va bevosita iste’molchiga yoki qayta ishlash uchun sanoat korxonalariga beriladi. Sanoat korxonalarida esa oziq-ovqat mahsulotlari, yengil sanoat buyumlari (kiyim-kechak, gazlama, attarlik buyumlari, uy-ro‘zg‘or buyumlari va boshqalar), og‘ir sanoat mahsulotlari (asbob-uskuna, avtomobil, jihozlar va boshqalar) ishlab chiqiladi va iste’molchiga yetkazadi. Savdo korxonalarida mahsulotlar bevosita iste’molchiga yetkaziladi, ya’ni ushbu korxonalar ishlab chiqaruvchilar bilan xaridorlar o‘rtasida
vositachi bo‘lib hisoblanadi. Savdo korxonalaridan biri bo‘lgan umumiy ovqatlanish korxonasida esa bevosita oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab
chiqarish va sotish yo‘lga qo‘yilgan. Ishlab chiqarish korxonalarida mehnat buyumlari mehnat vositalari orqali ishchi kuchi yordamida qayta ishlanib, tayyor mahsulot ko‘rinishini oladi va shu ishlab chiqarish korxonalaridagi buxgalteriya hisobi ishlab chiqarish fondlari harakati ustidan to‘liq nazoratni o‘matib, hisob ishlarini olib boradi. Noishlab chiqarish sohasiga qarashli madaniy, ilmiy, maorifiy, sog‘liqni saqlash, mudofaa-nafaqa organlari, turli byudjet tashkilotlarida ishlab chiqarish korxonalarida tayyorlangan ijtimoiy mahsulotlar taqsimlanib, iste’mol qilinadi. Ushbu muassasalaming faoliyati yuritilishi uchun budjetdan mablag1 ajratiladi va shu muassasalar buxgalteriya hisobiajratilgan mablag‘lar harakatini uzluksiz nazorat qilish maqsadida hisob yuritadi.
Demak, buxgalteriya hisobi korxonalar xo‘jalik mulki va ularning harakatini, ulardan oqilona foydalanishning tegishli usullarini qo‘llagan holda aks ettirib borishdir.
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida olib borilayotgan islohotlarga ko‘ra turli mulkchilik shakllari rivojlanmoqda.
«Korxonalar to‘g‘risida», «Tadbirkorlik to‘g‘risida» va boshqa hukumat
qonunlariga ko‘ra, islohotlar rivoji uchun xizmat qiladigan huquqiy negizlar ishlab chiqilib, hayot^a tatbiq etilmoqda.
Iqtisodiyotning yuksalishi omillaridan biri mulkchilik shakli turliliga
erishib, davlat mulkchiligining yagona hukmronligiga chek qo‘yishdir.
Hozirgi davrga kelib xo‘jalik korxonalari, muassasalari, konsem va birlashmalari nafaqat davlat mulkiga, balki xususiy, jamoa, aksionerlar
mulkiga hamda qo‘shma korxonalar mulkiga ham asoslanmoqda.
Korxonalar qaysi mulkchilik shakliga asoslanganligi va ularning faoliyat
turi, doirasiga ko‘ra, ulardagi xo‘jalik mablag'lari miqdori hamda hajmiturlicha bo‘ladi
Buxgalteriya hisobi korxonalar faoliyatini o‘rganib, hisobini yuritar ekan, demak, buxgalteriya hisobining obyektlari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
1. Xo‘jalik mablag‘lari.
2. Xo‘jalik mablag‘larini tashkil topish manbalari.
3. Xo‘jalik jarayonlari.
Xo‘jalik mablag‘larini yaxshi o‘rganish va buxgalteriya hisobining
yuritishni osonlashtirish maqsadida ular turkumlanadi. Xo'jalik mablag'lari turkumlanayotganda ularning quyidagi xususiyatlarini e’tiborga
olish zarur: — xo'jalik mablag'iaridan foydalanish xarakteriga ko‘ra;
- xo‘jalik mablag‘larini korxona faoliyatida qatnashish xarakteriga
ko‘ra. Xo‘jalik mablag‘lari birinchi xususiyatiga ko‘ra quyidagi turlarga
bo‘linadi:
1.Ishlab chiqarishdagi:
a) mehnat vositalari;
b) mehnat buyumlari.
2. Muomaladagi.
3. Oborotdan chetlatilgan mablag'lar. Xo‘jalik mablag'larini korxona xo£jalik faoliyatida qatnashishi xarakteriga ko‘ra quyidagicha turkumlashi mumkin:
1. Asosiy mablag'lar:
a) ishlab chiqarishdagi;
b) noishlab chiqarishdagi.
< 2. Aylanma mablag'lar:
a) me’yorianadigan; Xo‘jalik mablag‘larini yaxshi o‘rganish va buxgalteriya hisobining yuritishni osonlashtirish maqsadida ular turkumlanadi. Xo'jalik mablag'lari turkumlanayotganda ularning quyidagi xususiyatlarini e’tiborga olish zarur:
— xo'jalik mablag'iaridan foydalanish xarakteriga ko‘ra;
- xo‘jalik mablag‘larini korxona faoliyatida qatnashish xarakteriga ko‘ra.
Xo‘jalik mablag‘lari birinchi xususiyatiga ko‘ra quyidagi turlarga
bo‘linadi:
1. Ishlab chiqarishdagi:
a) mehnat vositalari;
b) mehnat buyumlari.
2. Muomaladagi.
3. Oborotdan chetlatilgan mablag'lar.
Xo‘jalik mablag'larini korxona xo£jalik faoliyatida qatnashishi
xarakteriga ko‘ra quyidagicha turkumlashi mumkin:
1. Asosiy mablag'lar:
a) ishlab chiqarishdagi;
b) noishlab chiqarishdagi.
< 2. Aylanma mablag'lar:
a) me’yorianadigan;
b) me’yorlanmaydigan.
3. Oborotdan chetlatilgan mablag‘lar.
Mehnat vositalaridan bir necha yillar davomida foydalaniladi va ular ishlab chiqarishda qatnashib o‘z ko'rinishlarini saqlab qoladi.
Asosiy vositalar mehnat vositalari hisoblanib, ular 1 yildan ko‘p xizmat qiladi va qiymati eng kam mehnat haqini 50 barobaridan yuqori bo'ladi, ularni ijaraga berish mumkin. Asosiy vositalar o‘z qiymatini, ularga har oyda hisoblanadigan eskirish summalari (amortizatsiya ajratmalari) orqali ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga qo‘shib boriladi.
Asosiy vositalarga binolar, imoratlar, inshootlar, transport vositalari, kompyuterlar, kassa apparati va hokazolarni misol qilib keltirish mumkin. Bundan tashqari, korxonalarda shunday xo‘jalik mablag‘lari mavjudki, ulardan ham uzoq vaqt foydalanish natijasida korxona xo'jalik faoliyati davomiyligi va rivoji ta’minlanadi. Bunday xo‘jalik mablag' nomoddiy aktivlardir.
Nomoddiy aktivlarga yer, suv va boshqa tabiiy boyliklardan foydalanish huquqi, patent, litsenziyalar, kompyuter dastur mahsulotlari, savdo belgisi va boshqalar misol bo‘ladi. Nomoddiy aktivlar tabiiymoddiy ko‘rinishga ega bo‘lmaydi, ammo korxonaga daromad kelishini
ta’minlaydi yoki korxonalarning biror bir faoliyat bilan shug'ullanishiga huquq beradi. Ular qiymatga ega bo‘lib, asosiy vositalar kabi o‘z qiymatlarini mahsulot tannarxiga eskirishi hisoblash orqali qo‘shib boradilar. « Nomoddiy aktivlarni o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
— bu aktivlardan foydalanish muddati bir yildan yuqori;
— korxonaning foyda olishiga mo‘ljallangan;
— ba’zi bir nomoddiy aktivlardan tashqari (tovar belgilari va boshqalarga) bir me’yorda amortizatsiya hisoblanadi.
Quyida asosiy vosita, nomoddiy aktivlardan tashqari xo'jalik mablag'lar hisoblanadigan korxonalarning boshqa asosiy mulklarini ham ko‘rib chiqariladi.
Kapital qo‘yilmalar — korxonaning qurilish-montaj ishlari, asbobuskunalar sotib olish, keltirish va boshqa kapital ishlar va xarajatlari demakdir.
|
| |