• Markazlashtirilgan dispetcherlik qurilmalari. 91.
  • Signal va strelkalarni elektr markazlashtirish 88




    Download 30,86 Kb.
    bet1/3
    Sana27.06.2024
    Hajmi30,86 Kb.
    #265935
      1   2   3
    Bog'liq
    elektr markazlashtirish


    Signal va strelkalarni elektr markazlashtirish 
    88. Elektr markazlashtirish qurilmalari quyidagilarni ta’minlashi kerak: 
    strelka va svetoforlarning o‘zaro tutashuvini;
    strelka kesilishi nazoratini, mazkur marshrutn ichegaralovchi svetoforni yopishbilanamalgaoshirishni; 
    boshqaruv apparatida strelkalar holatini, strelka seksiyalari va yo‘l bandligini nazorat qilishni; 
    strelka va svetoforlarni marshrut yoki alohida boshqarish, manyovr svetoforlari ko‘rsatkichlari bo‘yicha manyovr harakatlarini amalga oshirish, kerak paytda strelkalarni mahalliy boshqaruvga o‘tkazish imkoniyatini. 
    89. Elektr markazlashtirish qurilmalari quyidagilarga yo‘l qo‘ymasligi kerak: 
    band yo‘lga belgilangan marshrutda kirish svetoforini ochish
    harakat tarkibi ostida strelkani o‘tkazish; 
    strelkalarkerakli holatga qo‘yilmaganda, berilgan marshrutga tegishli svetoforni ochish
    belgilangan marshrutni chegaralovchi svetofor ochiqligida, qarshi svetoforni ochish yoki marshrutga kiruvchi strelkani o‘tkazish. 
    90. Markazlashtirilgan strelkalarning uzatma va tutashmalari quyidagilarni ta’minlashi kerak: 
    strelkalarning eng chetki holatlarida krestovina qo‘zg‘aluvchan o‘zagini usovikka, ostryakning rama relsiga qattiq jipslashuvini
    jipslashgan ostryak va rama relsi yoki qo‘zg‘aluvchan o‘zak va usovik orasidagi tirqish 4 mm va undan ortiq bo‘lganida strelka ostryaklari yoki krestovina qo‘zg‘aluvchan o‘zagining tutashishiga yo‘l qo‘ymaslikni; 
    rama relsi yaqinidagi ostryakni kamida 125 mm masofaga surishni. 
    Markazlashtirilgan dispetcherlik qurilmalari.
    91. Markazlashtirilgan dispetcherlik qurilmalari quyidagilarni ta’minlashi kerak: 
    qator stansiya va peregon yo‘llarining strelka va signallarini bitta punktdan boshqarishni; 
    peregonlar, stansiya yo‘llari va ularga yaqin blok-uchastkalarning holati va bandligini boshqaruv apparatida nazorat qilish, shuningdek, kirish, marshrut va chiqish svetoforlarining ko‘rsatkichlarini takrorlash; 
    poyezdlarni qabul qilish, jo‘natish va manyovrlarni amalga oshirish bo‘yicha strelka va signallarni boshqarishni stansiyalarda zahiraviy boshqaruvga o‘tkazish yoki manyovrlarni 
    amalga oshirish uchun strelkalarni mahalliy boshqaruvga o‘tkazish; 
    poyezdlar harakatining bajarilgan grafigini avtomatik tarzda yozib olish; 
    elektr markazlashtirish, avtomatik blokirovka, signalizatsiya va aloqaning mustaqil vositasi sifatida qo‘llaniladigan avtomatik lokomotiv signalizatsiyaga qo‘yiladigan talablarni 
    bajarishni. 
    Markazlashtirilgan dispetcherlikning yangi tizimlari blok-uchastkaning haqiqiy band emasligida, harakat yo‘nalishini poyezd dispetcheri tomonidan o‘zgartirishi mkoniyatini ta’minlashi kerak.

    Download 30,86 Kb.
      1   2   3




    Download 30,86 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Signal va strelkalarni elektr markazlashtirish 88

    Download 30,86 Kb.