Elektr markazlashtirilgan strelkalar




Download 30,86 Kb.
bet2/3
Sana27.06.2024
Hajmi30,86 Kb.
#265935
1   2   3
Bog'liq
elektr markazlashtirish

Elektr markazlashtirilgan strelkalar

Signallardan foydalangan holatda strelkani markazlashtirishdan o‘chirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi.


SMB elektromexanigi, strelkani o‘chirish huquqiga ega (ushbu Yo‘riqnomaning 1.7. yoki 1.8. bandlariga muvofiq) va ishning boshlanishi bilan stansiya navbatchisi bilan kelishib, tekshiruv jurnaliga yozuv kiritadi. Ushbu yozuv strelkaning sonini, o‘chirishning maqsadi va usulini, shuningdek, ushbu yo‘riqnomaning 2.1.1-band talablariga muvofiq strelkalarni mahkamlash zarurligini ko‘rsatadi.
Stansiya navbatchisi SMB elektromexanigining yozuvi asosida boshqaruv pultidan strelkani kerakli holatga o‘rnatadi. Marshrut terish (nabor) bilan markazlashtirishda, strelka o‘tishini taqiqlash uchun strelka tugmalarini bir xil holatga bosishdan tashqari, boshqaruv pultidagi strelka tutqichi ham shu xolatga o‘rnatilishi kerak.
Boshqaruv pultidan strelkani kerakli holatga o‘rnatib, stansiya navbatchisi yo‘l xo‘jaligi xodimiga strelka ostryaklarini (va krestovinaning harakatlanuvchi serdechnigi) va tashishni tashkillashtirish xo‘jaligi xodimiga strelkani (va krestovinaning harakatlanuvchi serdechnigi) zakladkaga maxkamlash va osma qulfga qulflash uchun ko‘rsatma beradi.
Yo‘l xo‘jaligi xodimi strelka ostryaklarini mahkamlagandan so‘ng, tekshiruv jurnaliga yozuvni rasmiylashtiriladi yoki tegishli telefonogrammasini stansiya navbatchisiga yuboradi, keyinchalik jurnalga shaxsiy imzosini qo‘yadi.
Ostryaklar va krestovinaning harakatlanuvchi serdechnigi) maxkamlangani va strelka kerakli holatda qulflanganligi haqida tashishni tashkillashtirish xo‘jalagi xodimidan xabar olgandan so‘ng, stansiya navbatchisi strelka dastagiga (tugmalariga) qizil qalpoqcha (qalpoqchalar) qo‘yadi. Strelkani tugmachali boshqarishda, qalpoqlar har ikkala tugmachaga ham qo‘yiladi. Keyinchalik stansiya navbatchisi temir yo‘l stansiyasining Shu bo‘g’izisida (rayonida) strelkalarni o‘tkazmaydi va o‘chirilgan strelkada harakat qilmaydi, SMB elektromexanigi yozuving matnini ostida vaqtni ko‘rsatib imzosini qo‘yadi. Agar avtomatlashtirilgan ishchi o‘rin (AIO‘) mavjud bo‘lsa, tegishli komanda (boshqaruv direktivasi) kiritib, strelkaga maket qo‘yish uchun tayyorgarlik va strelka maketining dasturlash qismi tizimga ulanishiga tayyorligi to‘g‘risida xabarini olgandan so‘ng, stansiya navbatchisi SMB elektromexanigi yozuvining matni ostiga imzo qo‘yadi. Ushbu imzoning mavjudligi SMB elektromexanigi strelkani boshqaruvdan o‘chirish bo‘yicha ishni boshlashi uchun ruxsat bo‘ladi.
Signallardan foydalanishni saqlab qolgan holda strelkani o‘chirish, o‘chirilgan SMB qurilmalarining holatini nazorat qiluvchi qurilmalar o‘rniga maxsus qurilma – maket, o‘chirilgan signallashtirish moslamasini o‘z ichiga olgan marshrutlar bo‘ylab svetoforlarni ochish imkonini beradigan maketni o‘rnatish SMB elektromexanigi tomonidan amalga oshiriladi.
Maketni to‘g‘ri o‘rnatish va maketning to‘g‘ri ishlashi tekshirilgunga qadar stansiya navbatchisiga o‘chirilgan strelka joylashgan bo‘g’izida (rayonda) strelkani o‘tkazish, shuningdek, ushbu strelkada har qanday harakatni amalga oshirish taqiqlanadi.
Ruxsat olgandan so‘ng, SMB elektromexanigi maketni yoqish joyida nazorat zanjirini uzadi va stansiya navbatchisi bilan birgalikda tekshirish jurnaliga qayd etilgan strelka o‘chirilganligini nazorat qurilmalari orqali tekshirishi kerak.
Maketni o‘rnatgandan so‘ng, SMB elektromexanigi stansiya navbatchisi bilan birgalikda, strelka bo‘yicha belgilangan marshrutlar bo‘lmaganda, maketning to‘g‘ri ishlashiga ishonch hosil qiladi.
Buni amalga oshirish uchun stansiya navbatchisi maketni boshqarish dastagini (rukoyatka) 1-2 soniya o‘rta holatda ushlab turadi va keyin boshqaruv pultidagi strelka dastagini (tugmani bosib) tegishli (bir xil) holatga qaytaradi. Agar ampermetrning strelkasi og‘masa va nazorat qilish lampalari strelka dastagi bilan bir xil holatga qarab navbat bilan yashil yoki sariq rangda yonadi, va maket to‘g‘ri ishlaganligi aniqlanadi.
Bunday tekshirishdan so‘ng stansiya navbatchisi maketni boshqarish dastagini, Shuningdek, strelka dastagini (tugmani bosadi) strelkani haqiqiy holatiga mos keladigan holatga o‘rnatadi va tashishni tashkillashtirish xo‘jaligi xodimiga elektro‘tkazgich kurbel zaslonkasini oxirigacha pastga tushirishni buyuradi.
Strelkaning to‘g‘ri o‘chirilganligiga ishonch hosil qilgach, SMB elektromexanigi strelka dastagidagi (tugmachalardagi) nazorat lampalarini olib tashlaydi, strelkaning holatini ko‘rsatadi yoki elektr zanjiridan o‘chiradi, keyin strelkani o‘chirish va lampalarni olib tashlash (o‘chirish) to‘g‘riligi haqida tekshirish jurnaliga ikkinchi yozuv kiritadi. Bu yozuv stansiya navbatchisi tomonidan strelkada ish boshlanish vaqtini ko‘rsatib imzolanadi.
Shu vaqtdan boshlab stansiya navbatchisi o‘chirilgan strelkalar joylashgan temir yo‘l stansiyasining bo‘g’izisidagi (rayonidagi) strelkalarni o‘tkazishi mumkin va SMB elektromexanigi yozuvda ko‘rsatilgan ishlarni bajarishni boshlashi mumkin.
Agar kerak bo‘lsa, marshrutni o‘zgartirish yoki sozlash ishlarini bajarish uchun o‘chirilgan strelkani o‘tkazish, maxkamlashni olib tashlash bilan, ostryaklar va krestovinaning harakatlanuvchi serdechnigidan mahkamlashni olib tashlash to‘g‘risida buyruq berishdan oldin, stansiya navbatchisi boshqaruv pultida bu strelkani o‘z ichiga olgan marshrutlar bo‘yicha signallarni ochish imkoniyatini istisno qiladigan harakatlarni amalga oshirishi kerak, ya’ni maketni o‘rta holatda qo‘yish, strelka dastagini Shu holatda qoldirish (yoki bir xil holatda). So‘ngra stansiya navbatchisi bu haqda tashishni tashkillashtirish xo‘jaligi xodimiga mahkamlashni olib tashlash va strelkani o‘tkazish haqida og‘zaki ko‘rsatma beradi. Strelkani o‘tkazish yoki sozlash ishlarini bajarish vaqtida strelka bo‘ylab harakatlanish taqiqlanadi.
Tashishni tashkillashtirish xo‘jaligi xodimidan strelkani kabel orqali kerakli holatga o‘tkazish, strelkani (va krestovinaning harakatlanuvchi o‘zagini) mahkamlash va qulflash to‘g‘risidagi hisobotni olgandan so‘ng, stansiya navbatchisi kerakli holatda maketni nazorat qilish dastagini o‘rta holatda 1-2 soniyaga o‘rnatib, so‘ngra tegishli (bir xil) holatga boshqaruv pultidagi strelka buragichini (tugmani bosadi) aylantiradi.
Agar harakat shartlariga ko‘ra o‘chirilgan strelkani boshqa holatga o‘tkazish talab qilinmasa, stansiya navbatchisining roziligi bilan SMB elektromexanigi maket asboblarini boshqa holatga elektr o‘tkazish imkoniyatini istisno qilishi va bu haqda tekshiruv jurnalida yozuv qayd etish kerak.
Signallardan foydalanmasdan markazlashtiruvchidan o‘chirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
SMB elektromexanigi, strelkani o‘chirish huquqiga ega bo‘lib (ushbu Yo‘riqnomaning 1.10-bandiga muvofiq) va ish boshlanishida stansiya navbatchisi bilan kelishib, tekshirish jurnaliga yozuv kiritadi. Ushbu yozuv strelkaning sonini, o‘chirishning maqsadi va usulini, shuningdek, ushbu Yo‘riqnomaning 2.1.1-band talablariga muvofiq strelkani (va harakatlanuvchi krestovina) mahkamlash zarurligini ko‘rsatadi.
Stansiya navbatchisi SMB elektromexanigi yozuvi asosida strelkani boshqaruv pultidan kerakli xolatga o‘rnatadi, tashishni tashkillashtirish xo‘jaligi xodimiga uni (va harakatlanuvchi krestovina o‘zagini) zakladka va qulf bilan va agar kerak bo‘lsa, yo‘l xo‘jaligi ishchilariga strelkalarni mahkamlab qo‘yishni buyuradi (va harakatlanuvchi krestovina o‘zagini)., stansiya navbatchisi boshqaruv panelidagi strelka buragichini xuddi shu holatda o‘rnatishi kerak (tegishli strelka tugmachasini bosing).
Strelka ostryalaklarini mahkamlash, agar u ostryak mahkamlangan bo‘lsa, yo‘l xo‘jaligi xodimi tekshiruv jurnalida yozadi yoki telefonnongramma xabarini stansiya navbatchisiga yuboradi keyinchalik jurnalda shaxsiy imzosi bilan tasdiqlaydi.
Tashishni tashkillashtirish xo‘jaligi xodimidan strelka (va harakatlanuvchi krestovina o‘zagini.) qulflanganligi va kerakli holatda mahkamlanganligi haqidagi xabarni olgandan so‘ng, stansiya navbatchisi strelka buragichiga qizil qalpoqcha qo‘yadi. Tugmachali boshqaruvda strelkalarni ikkala tugmachaga ham qopqoqchalar o‘rnatiladi, va agar AIO‘ mavjud bo‘lsa, tegishli boshqaruv komandasi bilan strelkani bloklaydi.
Signallardan foydalanishni saqlamasdan o‘chirilgan strelka signallardan foydalanishni saqlab qolishi kerak bo‘lgan marshrutlar uchun qo‘riqlanadigan strelka bo‘lsa, bu marshrutlar uchun qo‘riqlanadigan strelkasining nazorat xolatini o‘chirish mumkin. Xar bir temir yo‘l stansiyasi uchun qo‘riqlanadigan strelkalarining xolatini nazorat qilishnining o‘chirish joyi va usuli signallashtirish va aloqa masofasi boshlig‘i (o‘rinbosari) tomonidan tasdiqlanadi. Agar qo‘riqlanadigan strelkani nazorat qilishni istisno qilish uchun AIO‘ mavjud bo‘lsa, stansiya navbatchisi tegishli komanda yordamida xavfsizlik sharoitlarini nazorat qilishni yechish rejimidan foydalanishi mumkin.
Shundan so‘ng, o‘chirilgan strelkada hech qanday harakatlar qilinmagan davrda, stansiya navbatchisi vaqtni ko‘rsatib, SMB elektromexanigi yozuvi ostiga imzo qo‘yadi va shu bilan SMB elektromexanigiga strelkani o‘chirishni boshlashiga ruxsat beradi.
SMB elektromexanigi o‘chirilgan strelkaning boshqaruv va nazorat saqlagichlarini olib tashlaydi va stansiya navbatchisi bilan birgalikda u boshqaruv panelidagi strelka holatini va strelka buragichini harakatga keltirganda ampermetr “0” ko‘rsatkich xolatida ekanligi sababli o‘tmaganligi, uni to‘g‘ri o‘chirilganligiga ishonch hosil qiladi.
Tekshirish tugagandan so‘ng, stansiya navbatchisi tashishni tashkillashtirish xo‘jaligi xodimiga elektrotkazgichni blok-kontagini pastga tushirishni buyuradi va SMB elektromexanigi ishni boshlaydi.
Signallardan foydalanmasdan strelkani markazlashtirishdan o‘chirishda strelkaning kesish (vzrez) qo‘ng‘irog‘i o‘chiriladi va boshqaruv pultida (tabloda) boshqa strelkalarning holatini nazorat qilish indikatsiyasi saqlanib qoladi.
Barcha holatlarda, strelkadagi ish tugatgandan so‘ng, SMB elektromexanigi bu haqda stansiya navbatchisiga xabar berishi kerak va signallardan foydalanishni to‘xtatatib o‘chirib qo‘yganda, shuningdek, strelkaning harakatini tekshirish to‘g‘risida shaxsan tekshiruv jurnaliga yozadi. Stansiya navbatchisi SMB elektromexanigi yozuvini imzolaydi va maketni olib tashlashga ruxsat beradi, mikroprotsessorli markazlashtirish tizimi (MPM) da maketning programma qismini bekor qilish uchun maxsus boshqaruv buyrug‘i (komandasi) ni kiritadi.
SMB elektromexanigi maketni o‘chiradi, nazorat zanjirini ulaydi, strelkani haqiqiy holatga o‘rnatadi ((nazorat lampalarini yoqadi va stansiya navbatchisi bilan birgalikda, strelkadan mahkamlashni olib tashlashdan oldin (va harakatlanuvchi krestovina serdechnigidan)) va buragichining joylashuvi (tegishli tugmani bosib)) boshqaruv pultidagi nazoratiga mos kelishini tekshirishi kerak.
Stansiya navbatchisi poyezdlar harakatidan bo‘sh vaqtda tashishni tashkillashtirish xo‘jaligi xodimiga strelkadan qulfni olib tashlashni buyuradi (va harakatlanuvchi krestovina o‘zagini)va yo‘l xo‘jaligi ishchisiga strelkanini (va harakatlanuvchi krestovina o‘zagini) olib tashlashni buyuradi va tekshirishni boshlashga ruxsat beradi.
SMB elektromexanigi SMB elektromontyoriga elektr o‘tkazgich kurbel zaslonkasini ulashni buyuradi va stansiya navbatchisi bilan birgalikda strelkaning to‘g‘ri ishlashini tekshiradi.
Bunday holda quyidagilar tekshirilishi kerak: strelkaning “musbat” yoki “manfiy” xolatga o‘tishi, strelkaning xolati boshqaruv pultidagi strelka buragichi holatiga (tegishli tugmachani bosib) va nazoratiga mosligi tekshiriladi. Tekshiralayotgan strelka va yo‘llarning raqamlari(nomeri), ostryaklarning joylashishi to‘g‘riligi tashishni tashkillashtirish xo‘jaligi xodimi tomonidan stansiya navbatchisiga xabar qilinishi kerak.
Tekshirish paytida stansiya navbatchisiga o‘chirilgan strelka joylashgan bo‘g‘izida (rayon) strelkalarni o‘tkazish, shuningdek, ushbu strelka bo‘ylab har qanday harakatlanish ta’qiqlanadi.
Bundan tashqari, SMB elektromexanigi stansiya navbatchisi bilan birgalikda qo‘shimcha ravishda quyidagilarni tekshirishi kerak:
a) strelka kabelini yoki uning tolalarini almashtirishda, noshtepsel tipdagi releni almashtirganda, avtoulagich, elektro‘tkazgich montajini almashtirganda - har bir elektro‘tkazgich avtopereklyuchatelining kontaktlari ochilganda, strelkada harakatlanishining mumkin emasligi va juft strelkalar elektro‘tkazgichning kontaktlari o‘chirilgan bo‘lsa; strelkalarning (strelka va krestovinaning harakatlanuvchi o‘zagini) boshqaruv pultida, strelkalarning xar xil xolatda qolmasligi tekshiriladi.
b) elektro‘tkazgichni ta’mirlashda (montajni uzmagan xolatda) va garniturani almashtirishda rama relsi va ostryak o‘rtasiga 4mm qalinlikdagi щup qo‘yilganda nazorat bermasligi tekshiriladi.
Elektro‘tkazgich almashtirilganda ushbu bandning a, b bandlari va barcha bandlar bo‘yicha tekshiriladi, shuningdek o‘zgarmas tokli elektrodvigatelni friksiyaga ishlashi va uzluksiz sirpanish yuzali (USYu) strelkalarida maxsus asboblar yordamida o‘zgaruvchan tokli elektrodvigatellarni fraksiyaga ishlashi tekshiriladi.
v) shtepselsiz rele turlarini (reversiv reledan tashqari), yoki strelkani boshqaruv sxemasida montajni almashtirganda – tayyorlanmagan marshrutda sun’iy ravishda band qilingan izolyasiyalangan uchastkalarda strelkalarni o‘tkazib bo‘lmasligini, o‘rnatilgan marshrutda bo‘sh strelkali uchastkalarda, shuningdek, strelka o‘tayotgan vaqtda rels zanjirlarining band xolatida ostryaklarning oxirigi xolatiga o‘tishini.
Agar tekshiruv natijasida strelka yuqorida ko‘rsatilgan talablarga javob bermasa, strelka signallardan foydalanmasdan o‘chiriladi va tekshiruv jurnaliga tegishli yozuvni ro‘yxatdan o‘tkazadi. Agar signallardan foydalanishni davom ettirish bilan qayta o‘chirish zarur bo‘lsa, SMB elektromexanigi va stansiya navbatchisi tekshirish jurnaliga yozuvlarni qayta rasmiylashtirish bilan, ushbu Yo‘riqnomaning 14.2.1. bandlari talablariga muvofiq yana strelkani o‘chirish bo‘yicha harakatlarni bajarishi kerak.
Tekshiruv oxirida SMB elektromexanigi tekshiruv jurnaliga o‘tkazilgan tekshiruvlar va strelkani markazlashtirishga qo‘shish haqida yozuv kiritishi kerak. Stansiya navbatchisi SMB elektromexanigi yozuvi matniga imzo qo‘yadi va kerakli xodimlarga strelkanining markazlashtirishga qo‘shilgani haqida xabar beradi.
Ikkita elektro‘tkazgichlar bilan jihozlangan strelkani o‘chirib ish bajarilayotgan bo‘lsa, u xolda har ikkala elektro‘tkazgich ham o‘chirilishi kerak.
Strelka yoki elektro‘tkazgich nosozligida, strelkani kurbel bilan o‘tkazib bo‘lmasa va SMB elektromexanigi yo‘q bo‘lsa, stansiya navbatchisi strelka buragichiga (tugmasiga) qizil qalpoqcha kiydirishi kerak, agar stansiyada AIO‘ qurilmasi o‘rnatilagan bo‘lsa strelkani individual tutashtirish (tegishli boshqaruv komandasi bilan blokirovkalash) harakatlarini amalga oshirish kerak.
Agar SMB elektromexanigini chaqirishning iloji bo‘lmasa, poyezd dispetcherining roziligi bilan stansiya navbatchisi stansiyadagi yo‘l xo‘jaligi xodimiga elektro‘tkazgich ishchi va kontrol tortqilarini strelka ostryakidan (krestovina harakatlanuvchi o‘zagini) ajratishga va ularni kerakli xolatda maxkamlash uchun ko‘rsatma beradi, bu xaqda yo‘l xo‘jaligi xodmi tekshiruv jurnalida yozuv yozish kerak.
Ishchi va kontrol tortqilarini ajratish ushbu Yo‘riqnomaning 4-ilovasida ko‘rsatilgan tartibda amalga oshirilishi kerak.
Bunday strelkadan poyezdlar o‘tishidan oldin stansiya navbatchisi (yo‘l xo‘jaligi xodimining tekshiruv jurnaliga ostryaklarni maxkamlagani haqida yozuvidan keyin) strelkalarning marshruti bo‘yicha shaxsan yoki belgilangan tashishlarni tashkillashtirsh xodimining hisobotiga asosan ishonch hosil qiladi, va u strelkani zakladkaga mahkamlaydi va osma qulfga qulflaydi. Bunday xolda, marshrutdagi poyezdlar harakati svetoforlarning ta’qiqlangan ko‘rsatkichlarida amalga oshiriladi. Bu holatda stansiya navbatchisiga boshqaruv pultidagi nazorat moslamari ko‘rsatkichlaridan foydalanish ta’qiqlanadi.
Marshrutdagi ostryaklari mahkamlangan strelkalarning holatini nazorat qilish tashishlarni tashkillashtirish xo‘jaligi xodimi tomonidan amalga oshiriladi.


Download 30,86 Kb.
1   2   3




Download 30,86 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektr markazlashtirilgan strelkalar

Download 30,86 Kb.