• 1. Sanoat transportining turlari va ularning tavsifi
  • Reja sanoat transportining turlari va ularning tavsifi




    Download 18,96 Kb.
    bet1/4
    Sana23.11.2023
    Hajmi18,96 Kb.
    #104211
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Reja sanoat transportining turlari va ularning tavsifi-fayllar.org


    Reja sanoat transportining turlari va ularning tavsifi

    7-MA’RUZA.
    SANOAT VA IXTISOSLASHTIRILGAN TRANSPORT TURLARI
    REJA
    1. Sanoat transportining turlari va ularning tavsifi
    2. Sanoat transportining har xil turlaridan ratsional foydalanish sohalari
    Tayanch so‘z va iboralar
    Avtokorxona, tashish masofasi, magistral, manyovr, transportyor, treyler, kar’er, sanoat tugunlari, konveyer.
    1. Sanoat transportining turlari va ularning tavsifi
    Sanoat transporti — bu ishlab chiqarish jarayonlariga xizmat ko‘rsatish, yoqilg‘i, xomashyo, yarim fabrikatlar va tayyor mahsulotlarni ko‘chirish uchun mo‘ljallangan transport vositalari, inshootlar va sanoat korxonalarining yo‘llari jamlanmasidir. Sanoat transportiga kar’erlar, ko‘mir shaxtalari va konlari, sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari, qurilish va savdo ob’ektlari, bu korxonalarning ichidagi tashkilotlar va muassasalarga xizmat ko‘rsatadigan transport kiradi.
    Umum foydalanmaydigan sanoat transporti idoraviy transportga kiradi va, qoidaga ko‘ra, korxona infratuzilmasining bir qismi bo‘lib hisoblanadi, chunki texnologik ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko‘rsatadi. Funksional mo‘ljallanishi bo‘yicha u ishlab chiqarish texnologiyasini ta’minlaydigan va sexlar va zavodlarning ichida tashishlarni amalga oshiradigan ishlab chiqarishning ichidagi transport va yoqilg‘i, xomashyo, asbob uskunalar va boshqa yuklarni etkazib kelish va tayyor mahsulotni magistral transportga berish uchun olib chiqishni amalga oshiradigan tashqi transportga bo‘linadi. Sanoat transporti majmuasiga davriy ravishda (uzlukli) harakatlanadigan (temir yo‘l, avtomobil, suv, havo, liftlar) va uzluksiz harakatlanadigan (konveyerlar, quvurlar tarmoqlari, osma-kanat yo‘llar, monorelsli yo‘llar, pnevmo va gidrotransport) barcha transport turlari kiradi.
    Ochiq konlardagi (kar’erlardagi) temir yo‘l sanoat transporti tik qiyaliklarda, vaqtinchalik yo‘llarda ishlaydi, qazib chiqarish sanoatidagi boshqa texnologiyalarda esa uning ishlashi foydali qazilmalar yotgan chuqurlikka, qazish ishlarining usuliga, foydalaniladigan texnikaga, qiyaliklar, transheyalarning uzunligi va hokazolarga bog‘liq bo‘ladi.
    Mazkur transport turining yuk kuchlanganligi bitta kirish-chiqish yo‘liga yiliga bir necha ming tonnadan 20 mln tonnagachani tashkil qiladi. Uning yo‘llari kichik radiusli (100 m va undan ham kam) ko‘p sonli egri chiziqli uchastkalar bilan tavsiflanadi. Sanoat temir yo‘llari 8—15 km/soat tezlikda katta yuklamalarga bardosh berishi lozim.
    Zavodlarning hududlarida asosan 150 dan 4000 gacha ot kuchiga ega bo‘lgan teplovozlardan foydalaniladi, biroq shaxtalar va boyitish kombinatlarining ba’zi bir ochiq konlarida 2100 kVt gacha quvvatga ega bo‘lgan elektrovozlardan foydalaniladi. CHuqur kar’erlardan (500 m va undan ham ko‘p) yuklarni olib chiqish uchun maxsus elektropoezdlar yoki tortish agregatlari yaratilgan. Xuddi teplovozlar va elektrovozlar (kontakt tarmoqlari bor bo‘lganda) kabi ishlaydigan gibrid lokomotivlar va tortish agregatlari yaratilmoqda. Ba’zi bir yuklarni tashish uchun ixtisoslashtirilgan harakatlanuvchi tarkib, masalan, suyuq metall uchun 140 t gacha yuk ko‘taruvchanlikka ega bo‘lgan (katta masofalarga 600 t gacha) cho‘yan tashigichlar (chugunovoz), 1400—1500°S haroratli eritilgan shlak uchun 48 t yuk ko‘taruvchanlikka ega bo‘lgan shlak tashigichlar (shlakovoz) , 200 t gacha yuk ko‘taruvchanlikka ega bo‘lgan dumpkarlar (vagon-samosvallar) va hokazolar qo‘llaniladi. Ixtisoslashtirilgan harakatlanuvchi tarkib taxminan 70% ni tashkil qiladi.
    Sanoat transportida markazlashgan boshqarish tizimi yo‘qligi sababli, sanoat temir yo‘l transportidan foydalanishning samaradorligini oshirish maqsadida birlashgan korxonalar, yirik sanoat tugunlarida esa — turli idoralarning yuk egalariga xizmat ko‘rsatadigan sanoat temir yo‘l transportining tarmoqlararo korxonalari (STTTK) tashkil qilingan Bozor munosabatlari sharoitlarida STTTK lar mustaqil aksiyadorlik kompaniyalari va firmalariga aylangan. "Promjeldortrans" konserni yaratilgan, uning rels izlarining uzunligi 5000 km ni tashkil qiladi. STTTK lar o‘rtasida o‘zaro harakatlarni yaxshilash uchun yuk egalari assotsiatsiyasi (YUEA) tashkil qilingan, unga xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarining transport korxonalari kiradi. Tashishlar hajmining pasayishi va raqobat sharoitlarida transport korxonalarining birlashishi sodir bo‘lmoqda va transport xizmatlari bozorida ularning harakatini, shuningdek magistral temir yo‘l transporti bilan tarif siyosatini muvofiqlashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
    O‘zbekistonda sanoat avtomobil transporti avvalambor katta va o‘ta katta yuk ko‘taruvchanlikka ega bo‘lgan (75—240 t) samosvallar bilan taqdim qilingan. Xorijda kar’erlarda ishlash uchun 300—600 t yuk ko‘taruvchanlikka ega bo‘lgan samosvallardan foydalaniladi.
    Keyingi yillarda ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalarining nomenklaturasi kengaygan, ular qatoriga suyuq shlakni idishlarda tashiydigan, 45—100 t yukko‘taruvchanlikka ega bo‘lgan shlak tashigichlarni, koteynerlar va tagliklarni o‘zi yuklab oladigan portal avtomobil-o‘zi yuklagichlarni (yuk ko‘taruvchanligi 60 t), qaynoq slyab va tayyorlanmalarni tashiydigan slyab tashigichlarni (yuk ko‘taruvchanligi 64 t), kar’erlarda kontaktli yo‘llarda elektr bilan tortadigan trolleyvozlarni (yuk ko‘taruvchanligi 65 t) kiritish mumkin. Universal va ixtisoslashtirilgan avtomobillarning boshqa tiplaridan ham foydalaniladi. Sanoat avtomobil transporti bevosita korxonalarning (ishlab chiqarish sexlarining) tarkibida yoki mustaqil aksiyadorlik avtotransport korxonalari yoki firmalarining tasarrufida bo‘ladi.
    Sanoat korxonalarining tashqi kirish-chiqish avtomobil yo‘llari umum foydalanadigan avtomobil yo‘llari tarmog‘i uchun belgilangan me’yorlar va talablar bo‘yicha loyihalanadi va quriladi. Qaynoq, suyuq va og‘ir vaznli yuklarni tashishda qoplamaning tekisliga qo‘shimcha talablar qo‘yiladi (u asosan mukammal sement-betondan ishlanadi). Zavodning ichidagi v kar’erdagi yo‘llar korxonaning ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko‘rsatadigan texnologik transport kommunikatsiyalari sxemalarining bir qismi bo‘lib hisoblanadi va ekspluatatsiya qilishning spetsifik shart-sharoitlari hamda konstruksiyaning o‘ziga xos xususiyatlari bilan tavsiflanadi.
    Karer yo‘llari foydali qazilmalar qazib chiqariladigan konlarning kon-texnik shartlari bilan belgilanadi va to‘g‘ri, spiralsimon, sirtmoqsimon va kombinatsiyalangan ko‘rinishlarda ishlanadi. Kar’er yo‘llarining o‘tish qismining kengligi 7,5—30 m bo‘lishi mumkin.
    Zavodning ichidagi avtomobil yo‘llari sanoat maydonchasi hududining planirovka echimining elementi bo‘lib hisoblanadi.
    Sanoat transportining maxsus turlarining asosiy xususiyati ularning statsionarligi (qo‘zg‘almasligi, ko‘chadigan qurilmalar kamdan-kakm hollarda bo‘ladi), yukning turi va oqimning bir tomonlamaligi bo‘yicha tor darajada ixtisoslashish bo‘lib hisoblanadi, shu sababli korxona hududida sanoat transportining har xil turlaridan majmuaviy foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda yuklarni transportirovka qilishga ketadigan xarajatlar transportning boshqa turlaridagiga qaraganda anchagina kam bo‘ladi.
    Transportning maxsus turlarining tavsiflari 6.1- jadvalda keltirilgan.

    Download 18,96 Kb.
      1   2   3   4




    Download 18,96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja sanoat transportining turlari va ularning tavsifi

    Download 18,96 Kb.