|
Reja sanoat transportining turlari va ularning tavsifi
|
bet | 2/4 | Sana | 23.11.2023 | Hajmi | 18,96 Kb. | | #104211 |
Bog'liq Reja sanoat transportining turlari va ularning tavsifi-fayllar.org6.1. jadval.
Transport turi
|
Unumdorlik, ming t/soat
|
Tashish uzoqligi, km
|
Ichki tashishlarda
|
Tashqi tashishlarda
|
Konveyer
Osma-kanatli
Gidravlik
Pnevmatik
|
40 gacha
1,0 gacha
1,0 gacha
0,3-0,5
|
15-50
8-10
25-200
10-15
|
200
100
400
100
|
Maxsus sanoat transportini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishini konveyer tizimini rivojlantirish deb hisoblash lozim bo‘ladi, u mehnat unumdorligining yuqoriligi va tashish xarajatlarining pastligi bilan tavsiflanadi. Er ostidan o‘tkazilganda ular ishlab chiqarish maydonlarini sezilarli darajada qisqartirish imkonini beradi. O‘zbekistonda konveyer liniyalarining umumiy uzunligi — 3000 km dan oshiq.
Konveyerning (transporterning) asosiy tasniflash alomati tortuvchi va yuk eltuvchi organlarning tipi hisoblanadi. Lentali, zanjirli, kanatli va boshqa tortish organlariga ega bo‘lgan va tortish organiga ega bo‘lmagan (vintli, inersion, vibratsion, rolikli) konveyerlar farqlanadi. YUk eltuvchi organning tipiga ko‘ra konveyerlar lentali, plastinkali, skrebokli, aravachali va boshqalar bo‘lishi mumkin. YUkni eltadigan rezina yoki po‘lat lentaga ega bo‘lgan, 1—7 m/s tezlik bilan harakatlanadigan konveyerlar ko‘proq keng tarqalgan.
Sanoat transportining maxsus turlari statsionar, harakatlanuvchi va ko‘chma, magnit osmada, havo yostig‘ida, to‘lqinli harakatlantiruvchida (dvijitel) va boshqalar bo‘lishi mumkin. To‘lqinli harakatlantiruvchiga ega bo‘lgan transport vositasi Uzoq SHarq va CHekka SHimoldagi neft, gaz konlari va boshqa tabiiy konlarni majmuaviy o‘zlashtirishda quvurlarni tashish uchun yaratilgan. Ba’zi bir texnologiyalarda yirik o‘lchamli og‘ir vaznli yukni unchalik katta bo‘lmagan masofalarga ko‘tarish va tashish uchun havo yostig‘idagi maxsus ko‘tarish-transport qurilmalari qo‘llaniladi.
Monorelsli osma yo‘llardan keng foydalaniladi. Ularning konstruksiyasi oddiy va ishonchli, ular katta ekspluatatsion xarajatlarni talab qilmaydi, biroq boshlang‘ich kapital qo‘yilmalar katta bo‘ladi. Bunday yo‘llar sexlarda kronshteynlar va tyagalarga, ochiq uchastkalarda esa — ayvon ostidagi estakadalarga montaj qilinadi. Transport jarayoni va qayta yuklash ishlari to‘liq mexanizatsiyalashtirilgan.
Quvur tarmoqli gidravlik transportdan foydalanilganda qayta yuklash ishlari istisno qilinadi va transport-texnologik jarayon uzluksiz bo‘ladi. O‘zbekistonda quvur tarmoqli gidravlik transportning umumiy uzunligi — 2000 km dan oshiq. Transportning bu turi ekologik tozaligi bilan ajralib turadi, chunki chang hosil bo‘lishi va yuklarning yo‘qolishi sodir bo‘lmaydi. U quvurlar tarmog‘ini eng qisqa masofa bo‘ylab o‘tkazish, ishlarni to‘liq avtomatlashtirish, er ostidan o‘tkazilganda esa ishlab chiqarish maydonlarini tejash imkonini beradi, biroq katta suv sarfini talab qiladi va iste’molchi uchun yukni suvsizlantirishda qiyinchiliklar tug‘diradi.
Osma-kanatli transportdan foydalanishda yuk vagonetkalarga joylashtiriladi. Bu transport turining afzalligi shundan iboratki, u o‘rin-joyning relefiga bog‘liq bo‘lmaydi, chunki u ustunlarga quriladi, uni 50% gacha qiyaliklarda qurish mumkin, atmosfera shart-sharoitlariga kam bog‘liq bo‘ladi va butun tashish jarayonining to‘liq avtomatizatsiyasiga ega.
Liftlardan yuklarni, katta yo‘lovchi oqimlarini tashishda, masalan, metroda eskalatorlarning o‘rniga (G‘arbiy Evropa tajribasi), shuningdek muassasalar, mehmonxonalarda foydalaniladi.
Sanoat transporti ikkita yo‘nalishda rivojlangtirilishi lozim: birinchidan, korxonaning texnologik jarayoni va uning rivojlanish darajasi shartlarini to‘liq qanoatlantirish, ikkinchidan, o‘zining texnik holati bo‘yicha u bilan o‘zaro harakatlarga kirishadigan umum foydalanadigan transportga mos kelish. Sanoat transporti turlarining rivojlanish tendensiyalari asosan magistral transportning o‘xshash turlarining rivojlanish tendensiyalari bilan mos tushadi. Masalan temir yo‘l sanoat transporti uchun quyidagi rivojlanish yo‘nalishlari xarakterli bo‘ladi: elektrlashtirilgan yo‘llarning ulushini ko‘paytirish, transport vositalarining yuk ko‘taruvchanligini oshirish, ixtisoslashtirilgan vagonlar parkining nomenklaturasini kengaytirish va ulushini oshirish, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va hokazolar. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, xorijiy va mamlakatimizdagi tajribaning ko‘rsatishicha, umumiy transportirovka qilish vaqtini 25% ga kamaytiradi, o‘tkazish qobiliyatini 10—30% ga, harakatlanish tezligini esa 30—35% ga oshiradi.
Mahalliy ishlab chiqarish hududida transportning ushlanib qolishini minimumga keltiradigan harakat rejimini hisoblash uchun harakat intensivligi, tezlik to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uzluksiz to‘plashni tashkil qilish qulay bo‘ladi.
O‘zbekistonda va xorijda, ayniqsa temir yo‘l sanoat transportini boshqarishda harakatlanuvchi tarkibni masofadan turib boshqarish tizimlari keng joriy qilinmoqda, bunga uning temir izlarga bog‘liqligi va hududning yopiqligi ko‘maklashadi. Bunday tizim tashishni mashinistsiz amalga oshirish imkonini beradi. "Kerol Mayn" (Kanada) kar’eri bunga misol bo‘la oladi, bu erda 10 kilometrli trassada 100 t yuk ko‘taruvchanlikka ega bo‘lgan tarkib bilan rudani tashish amalga oshiriladi (harakat sikli 80 minut atrofida davomiylikka ega).
Sanoat avtomobil transporti uchun turli-tuman konstruksiyadagi katta yuk avtomobillari, dumperlar va avtoyuklagichlarni ishlab chiqish, elektromobillardan keng foydalanish, shuningdek ayniqsa kar’erlarda tashishda transport jarayonini keng avtomatlashtirish zarur bo‘ladi.
Uzluksiz harakatlanadigan transportni rivojlantirish, uning liniyalarining uzunligini oshirish, avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarini joriy qilish, shuningdek qayta yuklash ishlarini mexanizatsiyalashning samaradorligini oshirish muhim yo‘nalish bo‘lib hisoblanadi, bu transport vositalarining aylanishi va magistral transport turlarining ishlash ko‘rsatkichlariga ta’sir ko‘rsatadi.
|
| |