• IV.Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
  • Fargʻona davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti




    Download 0.5 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/16
    Sana08.04.2024
    Hajmi0.5 Mb.
    #191587
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    Muhayyo referat
    Windowsda no simmetrik ko ggggggg, 271 -қарор йиғилиш баёни форма oc, 5 2 Комплекс бирикмаларнинг барқарорлиги, Past Simple Tense, Marketing asoslari. Darslik. Toshkent-2019, «marketing asoslari» fanidan test savollari marketing maqsadlari, адсорбер хисоби, N5ddUBv2UsO9sr6F89q0lkXc8lm8y4g5vUNw3Dsp, 12-ma\'ruza, 12 bus, Mustaqil ish, Bozorov Javohir, Гидродинамика, АБРАЗИВНЫЙ ИНСТРУМЕНТ, Individual loyiha


    Fargʻona davlat universiteti
    San’atshunoslik fakulteti
    Musiqa ta’limi yoʻnalishi
    2-bosqich 22.31 a- guruh talabasi Tolibjonova 
    Muhayyoning “Ta’limda axborot texnologiyalari” 
    fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


    Operatsion tizimlar va ularning turlari 
     
    Reja: 
    I.Kirish. 
    II.Asosiy qism. 
    II.1. Operatsion tizim haqida umumiy tushuncha. 
    II.2.DOS versiyalari. 
    II.3.Windows operatsion tizimi. 
    II.4. Windows Me operatsion tizimi. 
    II.5. Windows-2000 operatsion tizimlari oilasi. 
    III. Kurs loyihasining amaliy qismi. 
    IV.Xulosa. 
    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 


    II.1.Operatsion tizim haqida umumiy tushuncha. 
    Operatsion tizim – kompyuter yoqilganida yuklanadigan dasturdir. U 
    foydalanuvchi bilan muloqotga kirishadi, kompyuterning resurslari (tezkor xotira, 
    disklardagi joylar va hokazolar)ni boshqarishni amalga oshiradi, boshqa dasturlarni 
    bajarish uchun ishga tushiradi. Operatsion tizimi foydalanuvchiga va amaliy 
    dasturlarga kompyuterning uskunalari bilan aloqa qilishning qulay usuli 
    (interfeys)ni ta’minlaydi. 
    Operatsion tizimining zarurligining asosiy sabablari, kompyuter vositalari bilan 
    ishlash va resurslarini boshqarish uchun eng sodda amallar - bu eng quyi 
    darajadagi amallardir, shuning uchun foydalanuvchiga va amaliy dasturlarga zarur 
    bo‘lgan harakatlar bir necha yuzlab yoki minglab shunday amallardan iborat 
    bo‘ladi. 
    Masalan, magnit disklardagi axborot to‘plovchi diskovodning dvigatelini qanday 
    qilib yoqish, o‘chirishni, ma’lum silindrga o‘quvchi boshchani o‘rnatish, ma’lum 
    o‘quvchi boshchani tanlash, kompyuterdagi diskning yo‘lakchasidagi axborotni 
    o‘qish va hokazo kabi amallarni "tushunadi". Hatto bir disketdan ikkinchisiga 
    faylning nusxasini ko‘chirish, kabi murakkab bo‘lmagan amalni bajarish uchun 
    ham (fayl – bu diskdagi yoki boshqa mashinaviy axborot tashuvchidagi axborotlar 
    to‘plami) diskovodlarga taalluqli buyruqlarni ishga tushirish, ularning ijrosini
    tekshirish, disklardagi fayllarni joylashtirish, jadvallaridan axborotni izlash hamda 
    ularga ishlov berish va hokazolar bo‘yicha minglab amallarni bajarish lozim 
    bo‘ladi. Vazifalar quyidagilar tufayli murakkablashadi: 
    • disketalarning o‘nga yaqin formatlari mavjud va operatsion tizimi ularning 
    hammasi bilan ishlay olishi kerak. Foydalanuvchi uchun turli formatdagi disketalar 
    bilan ishlash mutlaqo bir xil bo‘lishi kerak; 
    • disketalarda fayl ma’lum bir maydonni egallaydi, foydalanuvchi aynan qaysi 
    uchastkalar ekanligi haqida hech narsani bilmasligi kerak. Fayllarni 
    joylashtirish jadvallarga xizmat ko‘rsatish, ulardan axborot izlash, disklarda fayllar 


    uchun joy ajratish bo‘yicha barcha ishlar operatsion tizimi tomonidan bajariladi va 
    foydalanuvchi bular haqida hech narsa bilmasligi mumkin. 
    Nusxa ko‘chirish dasturi ishlayotgan paytda turli xildagi vaziyatlar, masalan, 
    axborotni o‘qish yoki yozish vaqtida uzulishlar, buzilishlar, nusxa ko‘chirilayotgan 
    fayl uchun disketada joy bo‘lmay qolishi va hokazolar kabi holatlar ro‘y berishi 
    mumkin. Mana shunday barcha vaziyatlar uchun tegishli xabarlar va 
    to‘g‘rilovchi harakatlarni hisobga olib qo‘yish kerak. 
    Operatsion tizim foydalanuvchidan bu murakkab va unga kerak bo‘lmagan 
    tafsilotlarni yashiradi va unga ishlashi uchun qulay bo‘lgan interfeysni taqdim 
    etadi. Tizim, shuningdek, turli yordamchi harakatlar, masalan, fayllarni ko‘chirish 
    yoki chop etishni ham bajaradi. Operatsion tizim tezkor xotiraga hamma 
    dasturlarni yuklashni amalga oshiradi, ular ishlay boshlashi bilan boshqarishni 
    ularga topshiradi, bajarilayotgan dasturlarning so‘rovi bo‘yicha turli harakatlarni 
    bajaradi va tezkor xotirani yakunlangan dasturdan tozalaydi. 
    Odatda, IBM PC shaxsiy kompyuterni Microsoft firmasining MS DOS 
    operatsion tizimi yoki uning IBM firmasi tarqatadigan PC DOS varianti 
    rahbarligida yo bo‘lmasa, Digital Research firmasi (hozirgi Novel firmasining 
    bo‘linmasi)ning MS DOS operatsion tizimi bilan qo‘shilib, o‘rin almashib ishlay 
    oladigan DR DOS tizimi yoki IBM firmasining PC DOS operatsion tizimi 
    boshqaruvida ishlaydilar. Bundan buyon bu uchta operatsion tizimi ta'riflanadi va 
    bunda ularning hammasi bitta umumiy DOS so‘zi bilan ataladi. 

    Download 0.5 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 0.5 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fargʻona davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti

    Download 0.5 Mb.
    Pdf ko'rish