|
Mavzu: O’rta tal’lim muassasalarning o’qituvchlarii va o’quvchilarini masofaviy ishlash tizimining visual dasturini yaratish
|
bet | 1/18 | Sana | 05.01.2024 | Hajmi | 1,03 Mb. | | #130900 |
Mavzu:O’rta tal’lim muassasalarning o’qituvchlarii va o’quvchilarini masofaviy ishlash tizimining visual dasturini yaratish.
KIRISH 5
I Avtomatlashtirilgan dasturiy vositalar 10
Avtomatlashtirishda dasturiy vositalarni o‘rni va undan foydalanish 10
Microsoft Excel haqida umumiy ma‘lumot 14
1.3 Microsoft Excelda formulalar bilan ishlash 34
C++ Builder asoslari 52
Loyihani yaratish uchun tanlangan dasturlash tili 52
C++ Builder dasturlash muhiti 56
C++Builderning standart komponentalar. 58
Excel dasturini o`rganish uchun o`quv qo`llanma‖ dasturni yaratilishi 61
3.1.Dasturni ko`rinishi 61
Xulosa 64
Foydalanilgan adabiyotlar. 66
KIRISH.
Respublikamizda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda olib borilayotgan izchil siyosat natijasidagi rivojlanish ta‘lim tizimida ham o`qitishning yangi shakllarni joriy etishni taqoza etmoqda. Shu sababli, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida ta‘lim tizimini yuqori sifat darajasida tashkil etish hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko`rsatmoqdaki, har bir mamlakatning dunyodagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy mavqeini, uning iqtisodiy o`sishda asosiy omili bo`lib borayotgan intellektual boyligi ta‘minlamoqda. Bu borada mustaqillik yillarida mamlakatimizda qator tadbirlar amalga oshirildi, jumladan aholining intellektual salohiyati ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning asosiy omillaridan ekanligi hisobga olgan holda ―Ta‘lim to`g`risidagi qonun‖ va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ qabul qilindi.
Jamiyat rivojining yangi shart-sharoitlari axborotlashgan jamiyat talablariga javob beruvchi zamonaviy o`qitish texnologiyalaridan foydalanib, yangi mutaxassislarni tayyorlashni vazifa qilib qo`ymoqda. Axborot texnologiyalarini hayotimizning turli jabhalariga keng va jadal kirib borishi axborotlashgan jamiyatni shakllantirishga zamin yaratmoqda. ―Elektron ta‘lim‖, ―Elektron hukumat‖, ―Elektron boshqaruv‖, ―Masofaviy ta‘lim‖, ―Ochiq ta‘lim‖,
―Axborotlashgan iqtisodiyot‖ kabi tushunchalar hayotimizga keng kirib keldi. Axborotlashgan jamiyatning tashkiliy-texnologik asosini global informatsion tarmoq -Internet tashkil etadi. Ana shunday texnologiyalarda biri masofaviy o`qitish texnologiyasidir.
Hozirgi kunda turli sohalarda masofali o`qitishga turlicha munosabat kuzatilmoqda. Masalan, u bugungi kunda korporativ sohada an‘anaviy treninglarni almashtirishda va ta‘lim sohasida alohida kurslarni o`rganishda eng ko`p talabalarga ega.
Yaqin davrlar mobaynida texnologiya taraqqiyot jadal rivojlana boshladi. Bu rivojlanish davri qisqa muddatni o‘z ichiga olgan bo‘lsada, lekin bu butun dunyoni
o‘zgartirib yuborishga qodir bo‘ldi. Bu dunyoni bir necha yillarga oldinga yetakladi. Ushbu rivojlanish o‘z ichiga ko‘plab bo‘limlarni oladi.
Elektron hisoblash mashinasining yaratilishi ham, insoniyatning rivojlanish tarixida erishilgan eng yuksak kashfiyotlar sirasiga kiradi. Hozirgi kunga kelib kompyuter va global tarmoq, butun dunyo bo‘yicha yig‘ilgan misli ko‘rilmagan katta hajmdagi informatsiyalarni insoniyat tomonidan foydalanilishiga imkon beradigan va uning intelektual imkoniyatlarini yuqori darajalarga ko‘taruvchi juda ham kuchli vositaga aylandi.
Elektron hisoblash mashinasining yaratilishi butun jahonda shov-shuv yangilik bo‘lib eng katta kashfiyotga aylandi. Kibernetika va informatika sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va xalq xo‘jaligiga joriy etish maqsadida 1956 yilda akademik M.T. Urozboev tashabbusi bilan O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi tarkibida V. I. Romanovskiy nomli Matematika instituti qoshida Hisoblash texnikasi bo‘limi ochildi. Unga V. K. Qobulov rahbar etib tayinlandi va 1958 yilda Respublikamizda ilk bor «Ural-1» rusumli EHM o‘rnatildi.
1966 yilda Markaziy Osiyo mintaqasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tarkibida hisoblash markazi bo‘lgan Kibernetika instituti, 1978 yilda esa uning asosida Kibernetika ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi.
Hozirgi kunga kelib, «Informatsion texnologiyalar» informatika fanining ajralmas bir qismi bo‘lib, u inson faoliyatining turli sohalarida uchraydigan informatsiyalarni, apparat-programma vositalari va usullari yordamida qayta ishlash kabi vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan. Bu ta‘rifdan ko‘rinib turibdiki, informatika va informatsion texnologiyalar tushunchalari bir-biriga juda yaqin.
O‘zbekiston axborot texnologiyalarini tadbiq etish va rivojlantirish uchun talay intellektual imkoniyat va axborot zaxiralariga ega. Fanlar Akademiyasi, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, ishlab chiqarish va firmalarda kompyuter texnikasi, aloqa, dasturiy va axborot ta'minoti, axborot tizimlari bo‘yicha malakali xodimlar ishlamoqda.
O‘zbekiston Respublikasining ―Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida‖gi PF-3080- sonli Farmoni 2002 yil 30 mayda ishlab chiqilgan.
Bugungi kunda Respublika ta'lim muassasalarida minglab kompyuterlar mavjud bo‘lib, ularning asosiy qismini Pentium rusumli zamonaviy kompyuterlar tashkil etadi. Bu kompyuterlar zaruriy dasturiy maxsulotlar bilan ta'minlangan. Navbatdagi dolzarb vazifalar sifatida dunyoda mavjud bo`lgan ilg‘or va zamonaviy informatsion-pedagogik texnologiyalarni o‘rganish, ularni o‘quv jarayoniga tadbiq etish, oliy o‘quv yurtlari, akademik litseylar va kasb-xunar kollejlari o‘rtasida yagona muassasalarida tayyorlanayotgan elektron darsliklar bilan boyitish kabilar belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasida avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini rivojlantirish tamoyillari quyidagilardan iborat:
Birinchidan, zamonaviy axborot texnologiyasini rivojlantirish, davlat muassasalari va xo‘jalik subektlari, muassasa va tashkilotlar, xususiy shaxslar uchun axborot xizmatini yo‘lga qo‘yish.
Ikkinchidan, iqtisodiyot, fan, ta‘lim, ijtimoiy sohada axborot tizimlarini shakllantirishga ko‘maklashish.
Uchinchidan, Respublikaning jahon axborot tizimlari va xalqaro tarmoqlarga ulanishni ta‘minlash.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng axborotlarni kompyuterlashtirish soxasida juda katta ishlar qilindi. Ijtimoiy xayotning barcha soxalarida axborotlar bilan ishlashni jadallashtirish rejalari «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» da xam ko‘rsatib o‘tilgan.
Xususan, 1999 yil fevral oyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ma‘lumotlar uzatish milliy tarmog‘ini tashkil etish va jahon axborot tarmoqlaridan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida» gi qarori qabul qilindi. Biroz vaqtdan so‘ng 1999 — 2003 yillarda O‘zbekiston Respublikasida
ma‘lumotlar uzatish milliy tarmog‘ini modernizatsiya qilish va uni rivojlantirish dasturi qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida korporativ foydalanuvchilar (vazirliklar tarmoqlari, tashkilotlar, davlat boshqaruv organlari, maxaliy va mintaqaviy boshqarish tizimlari va x.k.) uchun xalqaro milliy mintaqaviy ko‘lamda uzatiladigan axborotlar hajmining uzluksiz ko‘payishi, ma‘lumotlarni uzatish milliy tarmog‘ini rivojlantirish va takomillashtirish zaruratini keltirib chiqardi.
Ma‘lumotlarni uzatish milliy tarmog‘ini vazifalariga quyidagilar kiradi:
Mulkchilik shaklidan qat‘i nazar davlat, jamoat organlari, fuqarolar, tashkilotlar, muassasalar, jamoalarning axborotlarga talabini qondirish uchun elektron axborot almashishni amalga oshirish.
Respublikada transport-kommunikatsiya asoslarining yagona axborotli muxitini yaratish va uning dunyo axborot almashish tizimiga kirishini ta‘minlash.
Respublikada ma‘lumotlarni uzatish provayderlar tarmog‘ining dunyo ma‘lumotlarini uzatish tarmog‘iga, jumladan, internetga markazlashgan xolda ulanishini ta‘minlash.
Davlat boshqarish va xokimiyat organlarida markazlashgan elektron xujjat almashishni ta‘minlash uchun shart-sharoitlar yaratish.
Ushbu BMIda ―Excel dasturini o`rgatish uchun qo`lanma‖ dasturi tuzilgan, bu dasturning qulayligi shundaki, dastur korxona hisob-kitob ishlarini osonlashtiradi va ishlashda qulaylik yaratib beradi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: O’rta tal’lim muassasalarning o’qituvchlarii va o’quvchilarini masofaviy ishlash tizimining visual dasturini yaratish
|