|
Mavzu: O’rta tal’lim muassasalarning o’qituvchlarii va o’quvchilarini masofaviy ishlash tizimining visual dasturini yaratish
|
bet | 14/18 | Sana | 05.01.2024 | Hajmi | 1,03 Mb. | | #130900 |
C++ Builder dasturlash muhiti.
Komponentalar palitrasi ilovalarni qurishda taklif qilinadigan 100 dan ortiq takroran qo‘llanadigan komponentalardan iborat. Shakllar muharriri dasturning foydalanuvchi bilan interfeysini yaratish uchun mo‘ljallangan. Kod muharriri dastur matnini, xususan, voqealarga ishlov berish funksiyalarini yozish uchun mo‘ljallangan. Obektlar noziri qotib qolgan chigal dasturlash zaruratisiz obektlar xususiyatlarini vizual o‘rnatish imkonini beradi hamda shunday voqealarni o‘z ichiga oladiki, bu voqealarni ularning paydo bo‘lishiga nisbatan ob‘ektlar reaksiyasi kodlari bilan bog‘lash mumkin bo‘ladi.
Ob‘ektlar xazinasi ma‘lumotlarning shakl va modullari kabi ob‘ektlarga ega bo‘lib, ular ishlab chiqishda muvaqqat sarflarni kamaytirish maqsadida ko‘plab ilovalar bilan bo‘linadi. C++ Builder ilovalarni qurishning vizual metodikasini Komponentalar palitrasidan kerakli boshqarish elementlarini tanlab olish vositasida joriy etadi. Har bir komponenta bilan ushbu komponenta turini va xulq- atvorini o‘zgartiradigan xususiyatlar bog‘liq bo‘ladi. C++ Builder 32 razryadli takomillashtirilgan vizual komponentalar kutubxonasi VCL (Visual component library) bilan birgalikda etkazib beriladi. Bu kutubxona eng murakkab ilovalarni qurish uchun mo‘ljallangan 100 dan ortiq takroran qo‘llanadigan komponentalardan iborat.
2.2.2-rasm Interfeysning asosiy oynasi Kutubxonaning asosiy komponentalari.
Palitralar komponentalarining instrumental panelida berilgan. Komponentalar belgilari dasturingiz shakliga olib o‘tiladi. Kutubxona Windows operatsiya tizimlaridagi foydalanuvchi grafik interfeysi standart interfeys obektlarining to‘liq inkapsulatsiyalanishini o‘z ichiga oladi. Ular orasida, ixtisoslashgan komponentalar bilan bir qatorda, relyatsion ma‘lumotlar bazasini boshqarish uchun mo‘ljallangan komponentalar alohida o‘rin egallaydi. Ishonchli va samarali dasturlarni yaratishda C++ Builder obektga mo‘ljallangan dasturlash (OMD) imkoniyatlaridan to‘liq foydalanadi.
C++Builder bosh xususiyati avvalambor uning dasturni vizual ishlash jarayonida nafaqat tayyor komponentalardan foydalanish, balki yangi komponentalarni yaratish qobiliyatida ham namoyon bo‘ladi. Yangi komponentalar, dastlabki komponentalar kabi, sodda bo‘lishi mumkin, bunda ularning funksional imkoniyatlari biroz kengaytirilgan yoki o‘zining mutlaqo o‘ziga xos ko‘rinishi, xulq-atvori va kodining mazmuni bilan farqlanadigan bo‘ladi. Komponentalarning yaratilishi OMD ning vorislik mexanizmiga tayanadi, cheklanishlarga deyarli ega bo‘lmaydi hamda quyidagi bosqichlardan o‘tadi: mavjud komponenta turiga vorislik yangi xususiyatlar, metodlar va voqealarni aniqlash yaratilgan komponentani qayd etish.
Qidirish oson bo‘lishi uchun palitra funksional jihatdan o‘xshash komponentalarni birlashtiradigan qo‘shimcha ilovalar bilan bo‘lingan. Tanlab olingan komponentaning kontekst menyusini unga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib ochish mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: O’rta tal’lim muassasalarning o’qituvchlarii va o’quvchilarini masofaviy ishlash tizimining visual dasturini yaratish
|