Mavzu: O’rta tal’lim muassasalarning o’qituvchlarii va o’quvchilarini masofaviy ishlash tizimining visual dasturini yaratish




Download 1,03 Mb.
bet13/18
Sana05.01.2024
Hajmi1,03 Mb.
#130900
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18

Inkapsulyasiya.


Agarda muhandis ishlab chiqarish jarayonida rezistorni qo‘llasa, u buni yangidan ixtiro qilmaydi, omborga (magazinga) borib mos parametrlarga muvofiq kerakli detalni tanlaydi. Bu holda muhandis joriy rezistor qanday tuzilganligiga e‘tiborini qaratmaydi, rezistor faqatgina zavod xarakteristikalariga muvofiq ishlasa yetarlidir. Aynan shu tashqi konstruksiyada qo‘llaniladigan yashirinlik yoki ob‘yektni yashirinligi yoki avtonomligi xossasi inkapsulyasiya deyiladi.
Kompilyator – bu o‗zgartirish degan ma‘noni beradi. Ya‘ni dasturlash tilida yozilgan dastur(C++ bo‗lsa, *.c, *.cpp)ni kompyuter tushunadigan tilga o‗zgartirib, uni ishlashini ta‘minlaydi. Bu degani dastur kompyuterda to‗liq ishlaydi. Bundan ko‗rinib turibdiki, C++ da dastur tuzish uchun kompilyator o‗rnatish zarur. Linux operatsion tizimida kompilyator o‗rnatilgan bo‗ladi(GCC, G++).
Kompilyatsiya – o‗zgaruvchi jarayon, ya‘ni yuqori pog‗onali dastur kodlari(misol uchun C++ da tuzilgan kod)ni quyi pog‗onali ishlovchi kodga aylantirish jarayoni.
Komponovshik(linker) – ishlovchi modul yaratish. Proyektda ishlatiladigan ob‘yekt fayllarni to‗plab yagona ishlovchi modulga aytiladi.
IDE(integrallashgan ishlovchi muhit) – Har bir dasturlash tilida o‗z ishchi muhiti bo‗ladi. Bu muhitda kompilyator bilan birga kod yozishga mo‗ljallangan joy bo‗ladi. Bu ishchi muhitda bir necha dastur kodlarini ham yozsa bo‗ladi va bu muhit avtomat xatolarni ham ko‗rsatib beradi. Bu ishchi muhitda ma‘lum kutubxonalar joylashgan bo‗lib, kod yozishda kodni to‗g‗ri tashkil qilish uchun ma‘lum bir yordamlar ekranga chiqadi. Ishchi muhitga oddiy bloknot misol bo‗ladi, lekin bu muhitning kompilyatori yo‗q, shuning uchun alohida kompilyator o‗rnatiladi. Bunda 2 ta dastur o‗rnatib bir biriga moslashtirish kerak bo‗ladi. Bu 2 ishni yengillashtirish uchun, juda ko‗p ishchi muhit dasturlari yaratilgan va ular kompilyatorlar bilan integrallashgan bo‗ladi.
C++ dasturlash muhitida eng keng tarqalgan IDE bu – Visual C++ hisoblanadi. Bu dastur o‗z ichiga dastur kodlarini yozishda juda muhim bo‗lgan
.NET klasslari, ishchi muhit va albatta kompilyator integrallashtirilgan bo‗ladi.
Quyida hozirgi zamonda eng ommabop bo‗lgan C++ muhitlari va kompilyatorlari ro‗yxatini keltirib o‗taman.
Dev-C++ — C/C++ dasturlash tillari uchun ochiq integrallashgan dasturlash muhiti. Bu distributivga MinGW nomli kompilyator kiradi. Bu dastur o‗zi Delphi dasturlash tilida tuzilgan. GPL litsenziyasi orqali tarqatiladi. Bir paytlar Linux versiyasi ham mavjud edi, hozir faqat Windows. Hozir yangi versiyalari ishlab chiqilmayapti, uning o‗rniga wxDev-C++ nomi bilan ishlab chiqilmoqda.
C++ Builder – C++ dasturlash tili uchun mo‗ljallangan integrallashgan dasturlash muhiti hisoblanadi. Dastlab Borland Software korxonasi tomonidan ishlab chiqilgan, undan so‗ng uning bir qismi bo‗lgan CodeGear tomonidan. C++ Builder STL, VCL, CLX, MFC ob‘yekt kutubxonalarini o‗z ichiga oladi. Delphi dasturlash tili tomonidan ishlab chiqilgan. Bu muhit drag-and-drop harakati bilan vizual shaklni paydo qilishi mumkin, undan tashqari WYSIWYG redaktori ham mavjud.
Borland C++ — C/C++ dasturlash tillarida dastur tuzish uchun mo‗ljallangan muhit bo‗lib, Borland firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. Muhitning har bir versiyasi ma‘lum bir dasturlash tili standarti asosida ishlovchi kompilyator bilan
integrallashgan holda chiqarilgan. Dastlab, DOS operatsion tizimi muhitida ishlovchi dasturlarni yaratish uchun, keyinchalik Windows muhitida ishlovchi dasturlarni yaratish uchun mo‗ljallangan versiyada ishlab chiqildi.
Microsoft Visual C++ — Albatta Microsoft firmasi ham bekor turmadi. Mana shu muhitni yaratdi. C++ dasturlash tili uchun mo‗ljallangan va Microsoft Visual Studio ni bir qismi sifatida yoki o‗zi yakka Visual C++ Express Edition shaklida namoyon bo‗ldi. Microsoft QuickC muhitini almashtirish vazifasini bajardi.
GNU Compiler Collection(GCC) – GNU proyekti asosida yaratilgan, xar hil turdagi dasturlash tillarining kompilyatorlar yig‗indisi hisoblanadi. Bu dastur ochiq hisoblanadi va dastlab faqat S uchun yaratilgan edi. Keyinchalik kuchayib C++, Objective-C, Java, Fortran va Ada dasturlash tillari uchun ham ishlab chiqildi.



    1. Download 1,03 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Download 1,03 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: O’rta tal’lim muassasalarning o’qituvchlarii va o’quvchilarini masofaviy ishlash tizimining visual dasturini yaratish

Download 1,03 Mb.