• BMIning vazifalari
  • I Avtomatlashtirilgan dasturiy vositalar
  • Mavzu: O’rta tal’lim muassasalarning o’qituvchlarii va o’quvchilarini masofaviy ishlash tizimining visual dasturini yaratish




    Download 1,03 Mb.
    bet2/18
    Sana05.01.2024
    Hajmi1,03 Mb.
    #130900
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    BMIning maqsadi: Excel dasturini o`rganuvchilar uchun yanada chuqurroq bilim berish va ularga qulayliklar yaratish.
    BMIning ob’ekti: Excelni o`rganuvchilar uchun o`quv qo`llanma yaratish.


    BMIning predmeti: Excel elektron jadvalini o`rganish vositalari.


    BMIning vazifalari:





    1. Mavzuga doir ma‘lumotlarni yig`ish va rejani shakllantirish;

    2. BMIni jihozlab, uni himoyaga tayyor qilish.



    BMIning tuzilishi va hajmi. Bitiruv ishi kirish, uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat holda yoritib berilgan. Bitiruv ishida 45 ta rasm hamda 20 ga yaqin adabiyotlardan foydalanilgan. Ishning hajmi 64 betni tashkil etadi.


    I Avtomatlashtirilgan dasturiy vositalar




      1. Avtomatlashtirishda dasturiy vositalarni o’rni va undan foydalanish.


    Avtomatlashtirilgan boshqarish qurilmalari va ishlab chiqarish jarayonlarini o‘zlashtirish og‘ir sanoat va mashinasozlikni barpo qilish bilan bir vaqtda boshlandi. Og‘ir, yengil va oziq-ovqat sanoatlarida avtomatlashtirilgan qurilmalar qo‘llanila boshladi, transport avtomatikasi takomillashdi. Energetika, metallurgiya, kimyo, mashinasozlik, kommunal xo‘jalik, institutlar avtomatika laboratoriyalari tashkil etildi. 50-yillarga kelib xalq xo‘jaligining deyarli barcha tarmoqlarida avtomatika qo‘llanila boshladi. GES agregatlarini to‘la avtomatik boshqarishga o‘tildi, suv bilan ta‘minlash tizimlari va boshqa sohalar avtomatlashtirildi. Ishlab chiqarishning ilmiy asoslari, asosan, uch yo‘nalishda rivojlandi. Birinchidan, boshqarish ob‘yektlarining qonuniyatlari, dinamikasi, turg‘unligi va tashqi omillar ta‘sirini o‘rganishning samarali metodlari ishlab chiqildi. Bu masalalarni tadqiqotchilar, konstruktorlar, texnologlar birgalikda hal qiladi. Ikkinchidan, boshqarish metodlarining samaradorligi, boshqarish funksiyasining maqsadi aniqlandi. Shu asosda boshqarishga oid qaror qabul qilish qoidalari belgilandi. Uchinchidan, o‘lchash, natijalarni qayta ishlash va boshqarish funksiyalarini amalga oshiradigan avtomatika vositalarining tuzilishini uyg‘unlashtirishning puxta, oddiy va samarali muhandislik usullari ishlab chiqildi. Lekin ishlab chiqarishni takomillashtirish va rivojlantirishga doir ishlar uzluksiz davom etadi. Tsexlar, omborlar va ishlab chiqarishning boshqa joylarida axborotlarni tuzish va dastlabki ishlash klavishli qurilmalar vositasida bajariladi, yig‘ilgan axborotlar qayta ishlashga uzatiladi. Axborotlarni avtomatik qayd qilish uchun datchiklardan foydalaniladi. Axborotlarni uzatish qurollari — signal o‘zgartirgichlari, telemexanika apparaturasi, signallarni taqsimlovchi kommutatorlar va b. dan iborat. Axborotlarni mantiqiy va matematik ishlash qurilmalari — signallarning harakteri va shaklini o‘zgartiruvchi funksional o‘zgartirgichlar axborotni berilgan algoritm bo‘yicha qayta ishlovchi qurilmalar (shu jumladan, hisoblash mashinalari)
    va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Axborotlarni ko‘rsatuvchi qurilmalar — signal tablosi, mnemonik sxemalar, milli va raqamli asboblar, elektronnur trubkasi, harf va raqamli bosma mashinalar operator odamga ishlab chiqarish jarayonlarining borishini ko‘rsatadi va muhim parametrlarni qayd qilib boradi. Boshqarish taʼsirlarini ishlab chiqadigan qurilmalar axborotlarning kuchsiz signallarini kuchli impulslarga aylantiradi. Bu impulslar himoya, rostlash yoki boshqarish qurilmalarining ijro organiga ta‘sir etib, ularni ishga tushiradi. Axborotlarni yig‘ish va dastlabki ishlash vositalari majmui xalq xo`jaligi tarmoqlarini boshqarishni avtomatlashtirishga imkon beradi. Ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishni avtomatlashtirishda ishlab chiqarishni maqbul (optimal) rejimda olib borishga imkon beruvchi nazorat va rostlash jihozlari, analitik texnika va dasturli boshqarish majmualari ham juda muhim.
    Xozirgi kunda avtomatlashtirilgan boshqarishga o‘tish shunday yo‘l bo‘ldi. Bunda boshqarish ob‘yekti jarayon, bo‘lim, birlashma, mamlakat miqyosidagi xo‘jalik bo‘lishi mumkin. Agar boshqarilayotgan jarayon sifatida texnologik jarayon ishlatilayotgan bo‘lsa, u texnologik turdagi avtomatlashtirilgan tizim, agar ishlab chiqarish iqtisodiy jarayon bo‘lsa, u tashkiliy-iqtisodiy tizim bo‘ladi.
    Shuni alohida ta‘kidlash joizki avtomatlashtirilgan boshqarish tizimining rivojlanishning boshlang‘ich bosqichlarida an‘anaviy boshqarishdan nusxa olingani uchun, uning asosida avtomatlashtirilgan boshqarish tizimining joriy qilingunga qadar qabul qilingan ishlab chiqarishni boshqarishning tashkiliy strukturasi yotar edi. Avtomatlashtirilgan boshqarish tiziminingni joriy qilishdagi muvaffaqiyatsizliklar sababini shunda deb tushuntirish mumkin. Chunki avtomatlashtirilgan boshqarish tizimining ko‘pincha ungacha bo‘lgan tartibsizlikni xam avtomatlashtirar, bu esa o‘z navbatida ishlab chiqarishni tashkil qilishning buzilishiga sharoit yaratar edi. Shunga qaramay, masalalarni yechishning to‘la algoritmlari ishlab chiqarilgan bo‘limlarda (moliya-buxgalter xisoboti, moddiy- texnika ta‘minoti va boshqalar) avtomatlashtirilgan boshqarish tizimining qo‘llanilishi xisobotni sezilarli yaxshilashga, xujjatlar o‘tishini nazorat qilishga, o‘z vaqtida qarorlar qabul qilishga imkon berdi. Quyi xollarda esa bu sezilarli
    iqtisodiy samara berdi. Aynan ana shu 60-yillarda avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarning birinchi avlodlari paydo bo‘ldi. Ularga quyidagilar xos edi: yechish uchun xisob xarakteridagi tashkiliy-iqtisodiy masalalarni tanlash, optimal yechish uchun masalalarning yo‘qligi, eski boshqarish usulini nusxalash, murakkab bo‘lmagan masalalarni yechishda o‘sha davrning eng quvvatli mashinalaridan foydalanish.
    Avtomatlashtirilgan boshqarish tizimini ishlab chiqish va qo‘llash tajribasi uni yirik birlashmalarga joriy qilish, yuqori iqtisodiy samara (mexnat va ishlab chiqarishni yaxshi tashkil etish, rejalashtirish aniqligini oshirishga korxonani bir maromda ishlashini ta‘minlashga, qo‘l mexnatini kamaytirishga) berishini ko‘rsatdi. Shunday turdagi avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarning o‘z-o‘zini qoplash o‘rtacha ishlash muddati ikki yilni tashkil qildi. Ancha miqdorda tarmoq miqyosidagi avtomatlashtirilgan tizimlar yaratildi. Ularda sanoat tarmog‘i avtomatizatsiya ob‘yekti deb qaraldi. Boshqaruvchi ob‘yekt sifatida tarkibida axborot xisoblash markazlariga ega bo‘lgan vazirlikning bo‘limlari xizmat qildi. Istiqbolli rejalashtirish, kapital qurilish, tarmoq rivojini bashorat qilish soxalarida, shuningdek moddiy-texnika ta‘minoti, moliya-buxgalter xisobi va boshqa shunga o‘xshash bo‘limlarda katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Lekin bu tizimlar faqat hi- sob-axborot masalalarini yechish bilan cheklanib qoldilar, ularda boshqarishning yopiq yo‘nalishi amalga oshirilmadi, korxona avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi bilan texnologik jarayon avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi o‘rtasida uzilishlar bo‘ldi. Bu masalalarni keyinchalik boshqarishning integrallashgan tizimlari yorda- mida yechish talab etilardi, bu tizimlarda tashkiliy-iqtisodiy masalalar bilan bir qatorda texnologik masalalar xam yechiladi.
    Avtomatlashtirilgan boshqarish tizimining rivojlanishi bilan bir vaqtda bu soxada mutaxassis xodimlarning yetishmovchiligi sezilib qoldi. Shu davrda avtomatlashtirilgan boshqarish tizimini ishlab chiqish va loyixalash tizimli masala ekanligi aniq bo‘ldi. Avtomatlashtirilgan boshqarish tizimini ishlab chiqish uchun boshqarishning iqtisodiy-matematik usullarini yaxshi bilish, ishlab chiqarishni tashkil qilishni a‘lo darajada tasavvur qilish, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish
    nazariyasi asoslarini, informatikani, loyixalashning zamonaviy avtomatizatsiya vositalari asosida tizimlarni loyixalashni bilish kerak.
    Lekin odatdagi qo‘l vositalari yordamida avtomatlashtirilgan boshqarish tizimini yaratish qiyin. Ularni yaratishning katta muddatlari (besh yil) xar 7 yilda almashinib turgan hisoblash texnikasi vositalarining ma‘naviy eskirish vaqtiga zid bo‘lib qoldi. Tizim faqat 2-3 yilgina mukammal bo‘lib qolar, bu vaqt esa etarli emas edi. Bunday sharoitlarda avtomatlashtirilgan boshqarish tizimini loyixalashning avtomatizatsiya vositalarini yaratish muammosi paydo bo‘ldi. Aloxida funksional, texnika ta‘minoti masalalarini echish avtomatlashtirilgan boshqarish tizimining programma ta‘minoti elementlari bo‘yicha loyixa yechimlari ishlab chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator takliflar oldinga surildi; avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarning boshlang‘ich ko‘rinishlari paydo bo‘ldi. Lekin bir butun xolda avtomatlashtirilgan tizimlarning rivojlanish sur‘atlari va muximi, ularning yaratilish va loyixalash sur‘atlari yetarli emasligi ma‘lum bo‘ldi. Tizimlarning birlashgan (integrallashgan)ligiga tizimning texnologik jara- yondan tortib, tashkiliy boshqarishgacha bo‘lgan xamma vazifalarini avtomatlashtirishga aloxida e‘tiborni qaratish va keyinchalik texnologik jarayonlarni boshqarish tizimini avtomatlashtirishni rivojlantirish kerak edi.
    Boshqarish tizimlarining rivojlanish evolyutsiyasi quyidagicha o‘tadi: ma‘lum bir bosqichlarda avtomatlashtirilgan boshqarish eng yuqori bosqich deb qaraldi, lekin qonunlarni o‘rganish va o‘zlashtirish darajasiga ko‘ra boshqarish insondan avtomatga o‘ta boshlaydi va avtomatlashtirilgan boshqarish o‘z o‘rnini avtomatik boshqarishga bo‘shata boradi. Shu ma‘noda avtomatlashtirilgan boshqarishning intilish chegarasini avtomatik boshqarish, deb tushunish mumkin.

      1. Download 1,03 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 1,03 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: O’rta tal’lim muassasalarning o’qituvchlarii va o’quvchilarini masofaviy ishlash tizimining visual dasturini yaratish

    Download 1,03 Mb.