• 5 Konsistent (plastik) surkov moylarining klassifikatsiyasi
  • 3- ma’ruza avtomobil benzinlari




    Download 187.95 Kb.
    bet1/6
    Sana02.11.2023
    Hajmi187.95 Kb.
    #93584
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    14-Ma\'ruza TIEM
    1 - копия (2), 3-maruza. Identifikatorlar, literallar, o‘zgaruvchilar va berilg-www.hozir.org, transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar (1), Хамроев ВНО 5(136)бэл., 8-ma\'ruzaga material — копия, Басов Николай Геннадьевич (1), Elektroliz. Elеktroliz qonunlari, 3.Ma\'ruza yozma (1), mustaqil talim 1, 1 Amaliy ish, 5 mavzu, abdurahmon1, bugalteriya, diyor1

    14- MA’RUZA Mavzu: Plastik moylar

    Reja:

    1. Plastik moylar haqida umumiy ma’lumot

    2. Kimyoviy aktiv qoplamalar, yumshoq metallar va polimer materiallari

    3. Kompozitsion moylovchi materiallar

    4. Konsistent surkov moylari haqida umumiy ma’lumotlar

    5 Konsistent (plastik) surkov moylarining klassifikatsiyasi

    Tayanch soʻz va iboralar:

    Kimyoviy aktiv qoplamalar, yumshoq metallar, polimer materiallar, kompozitsion moylovchi materiallar, kompozitsion moylovchi materiallar, metall materiallari asosidagi KSM, keramik asosli KSMlar, konsistent surkov moylari.

     


    1. . Plastik moylar haqida umumiy ma’lumot
    Plastik surkov moylari mazsimon mahsulot kо‘rinishida bо‘ladi. Ular suyuq mineral moylardan sezilarli darajada farqlanadi. Mexanik xossalari bо‘yicha ular qattiq moddalar va suyuqliklar orasida oraliq joyni egallaydilar. Kichik yuk ta’sirida ular о‘zlarini qattiq jism kabi namoyon qiladilar, katta siljish yuklarida esa – suyuqlik kabi bо‘ladilar, ya’ni oquvchanlikka ega bо‘ladilar.
    Plastik surkov moylarining xarakterli xususiyati shundaki, berilgan ekspluatatsiya sharoitlariga rioya qilinganda ular ishqalanish uzelidan oqib chiqib ketmaydilar. Shu xususiyat tufayli germetik bо‘lmagan ishqalanish uzellarini surkov moylari bilan moylash mumkin, moylovchi materialni uzluksiz olib kelish zarurati qolmaydi, ya’ni buning uchun zarur bо‘lgan tizim va agregatlarning bо‘lishi talab qilinmaydi
    Plastik surkov moylarining asosiy vazifasi
    Plastik surkov moylarining asosiy funksiyasi – mexanizm va mashinalar xizmat muddatini uzaytirish uchun ishqalanuvchi detallar yeyilishini kamaytirishdir. Shu bilan birga surkov moylari boshqa funksiyalarni ham bajaradi. Ba’zi hollarda ular nafaqat yeyilishni kamaytiradilar, balki ishqalanuvchi yuzalarning tirnalishi, tiqilishi va qadalishiga yо‘l qо‘ymay, yeyilishni tartibga soladi. Surkov moylari ishqalanadigan yuzalarga agressiv suyuqliklar, gazlar va bug‘lar hamda abraziv materiallar (chang, iflosliklar va sh.k.) о‘tishiga qarshilik qildi.

    Download 187.95 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 187.95 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3- ma’ruza avtomobil benzinlari

    Download 187.95 Kb.