1-Amaliy mashg’ulot




Download 1,69 Mb.
bet6/35
Sana22.05.2024
Hajmi1,69 Mb.
#250113
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
1-Amaliy mashg’ulot (1)

Kompyuter arxitekturasi - tizim komponentlarini tavsifi va ularning o'zaro ta'sir aloqasi.
Kompyuter tashkillashtirish - me'moriy o'ziga xos ijrosi ta'rifi, uning ijrosi "temir" ya’ni arxitekturani aniq tadbiq etish va uning temirga moslashishi.
Kompyuter sxemasi – bu uning barcha komponentalari, ularning ulanishi, quvvat olishi, sovushi va boshqa qurilmalarining batafsil tavsifidir.
Dasturchidan ko'pincha kompyuter arxitekturasi haiqdagi bilim, eng kamida, uning tashkil etish talab qilinadi. Kompyuter arxitekturasi inqilobiy o’zgarishi, parallel qayta ishlash printsipini harakatlari bir vaqtning o'zida (parallel) ijro etish g'oyasini o'zida mujassam qildi.
Meta-kompyuter – bu qandaydir qurilmaviy arxitekturalar maxsuli emas. Bu yo’nalish taqsimlangan xisoblash tizimlarini past darajada birlashtirish g’oyasining rivojlanishi natijasidir.
“Meta-kompyuting” atamasi 90-yillar boshida yuqori tezlikdagi tarmoq infrastukturasining rivojlanishi bilan kirib keldi va bitta masalani yechishda bir nechta aloxida xisoblash resurslarini yagona lokal tarmoq orqali birlashishini tashkillashga qaratilgan edi. O’sha paytlarda meta-kompyuterlarni qurishning asosiy maqsadi bitta masalani yechish uchun uni turli arxitekturali va turli tezlikdagi xisoblash tizimlarida ish qismlarini optimal tarzda bo’linishidan iborat edi.
Keyinchalik meta-kompyuting texnologiyalari soxasida tadqiqotlar loka yoki global tarmoqdagi kompyuterlarning katta miqdordagi xisoblash resurslariga (bir necha minglab) yaxlit murojaatlar tomon rivojlanib bordi. Meta-kompyuter komponentalari tarkibiga oddiy shaxsiy kompyuterlardan boshlab, kuchli massivli-parallel tizimlarga kirishi mumkin.
Xozirgi kunda meta-kompyuterlarning ko’plab turlari dunyo bo’ylab ishlatilmoqda. Shuningdek, tijorat kompaniyalari tomonidan ham ishlab chiqarilmoqda. Ular parallellashtiriladigan masalalarni yaxshi ta’minlab bermoqda. Masalan, pi sonini xisoblash, RSA shifrlashni buzish, Mersen sodda raqamlarini qidirish (2p-1 ko’rinishida), radioteleskoplardan keladigan ma’lumotlarni qayta ishlash va boshqalar.

Download 1,69 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Download 1,69 Mb.