|
Lingafon xonalarning foydali tomonlari
|
bet | 3/3 | Sana | 18.09.2024 | Hajmi | 38,71 Kb. | | #271559 |
Lingafon xonalarning foydali tomonlari
O'qitish sifatini oshirish
Talabalarning darsga tayyorlanish vaqtlarini qisqartirish
Qo'shimcha ta'lim olayotgan talabalar sonining ko'payishi
O'quv jarayonining interaktivligini, ko‘rinishi va jozibadorligini oshirish
O'quv jarayonida ilg'or o'qitish uslublarini ishlab chiqish va joriy etish
O'quv muhitida ta'lim muassasasining o‘rnini yaxshilash
Lingafon sinflarida foydalaniladigan maxsus dasturiy taminot quyidagilarni o'z ichiga oladi:
Rinel-Lingo Teacher – Dastur yordamida o‘qituvchi kompyuteridan kuzatish muhiti va tizimni
to‘liq boshqarish interfeysi. Dastur o‘qituvchi kompyuteriga o‘rnatiladi.
Rinel-Lingo Pupil – O‘quvchi kompyuteriga o‘rnatilgan tizim.
Rinel-Lingo Editor – Ixtiyoriy tilga tizimni moslashtirish. Dastur o‘qituvchi kompyuteriga o‘rnatiladi yoki boshqa ixtiyoriy kompyuterga o‘rnatish mumkin.
Rinel-Lingo Viewer – Lingafon xonalariga o‘rnatiladigan tayyor dasturlar. Bu dasturlar talabalar
va o‘qituvchi kompyuteriga o‘rnatiladi.
Lingafon xonalari uchun mo'ljallangan Rinel-Lingo dasturi o‘qituvchi real vaqtda talabalar ishini kuzatishi yoki guruh ishini kuzatish imkonini yaratadi. Topshiriqlarni tarmoq orqali o‘quvchilarga tarqatish imkoniyati va shu bilan birga tarmoq orqali videolarni uzatish imkoniyati ham mavjud.
Topshiriqlar:
Kompyuter qurilmalari haqida to‘liq ma‘lumot bering.
MS Office Word dasturida o‘zingiz haqingizdagi ma‘lumotlarni kiriting va saqlang.
MS Office Excel dasturida diagramma ma‘lumotlarni kiriting va quring.
Elektron doska va uning afzalliklari haqida to‘liq ma‘lumot bering.
Kompyuter lingafon sinflari haqida ma‘lumot bering.
|
| |