2 chizma.
Arduino IDE muhiti
Arduino muhitida yozilgan dastur
sketch
deb ataladi. Sketch matn
muharririda
yoziladi, u yaratilayotgan dastur kodini yoritib turuvchi rangli
yoritgichga ega. Loyihani saqlash va eksport qilish vaqtida xabarlar hududida
tushuntirish va xatoliklar haqida axborot paydo bо‘ladi. Matinni chiqarish darchasi
Arduino xabarini kо‘rsatadi, u xatoliklar haqida tо‘liq
xisobotni va boshqa
axborotlarni о‘z ichiga oladi. Asboblar panelining tugmalari dasturni yozish,
yaratish, ochish va sketchni saqlash, ketma-ket shinani
monitoringini va nazorat
qilish imkoniyatini beradi.
Yaratilayotgan sketchga qо‘shimcha vazifalarni kutubxona yordamida
qо‘shish mumkin, u maxsus jihozlangan dasturiy kod kab bо‘lib qandaydir vazifani
bajaradi va yaratilayotgan loyihaga qо‘shish mumkin bо‘ladi.
Maxsuslashtirilgan kutubxonalarning kо‘pi mavjud.
Odatda kutubxonalarni
yozishda u yoki bu masalani yechishni osonlashtirish va loyihalashtiruvchidan
apparat-dasturiy joriy etilishining detallari yashirilgan bо‘ladi. ArduinoIDE muhiti
standart kutubxonalar tо‘plami bilan foydalanuvchiga yetkaziladi. Ular Arduino ni
о‘rnatish katalogining libraries katalog ostisida joylashgan bо‘ladi. Zarur bо‘lgan
kutubxonalar shuningdek turli resurslardan yuklanishi mumkin. Agarda kutubxona
tо‘g‘ri о‘rnatilgan bо‘lsa, u holda u kutubxonalarni Eskiz | Import (Eskiz | Import
bibliotek) menyusida paydo bо‘ladi. Menyudan kutubxonalarni tanlash qatordagi
dastlabki kodga qо‘shimcha
kiritishga olib keladi
tinclude
Bu derektiva obyektni bayoni bо‘lgan sarlavha faylini ulaydi, endi
kutubxonaning vazifasi va konstantalarini loyihada ishlatish mumkin bо‘ladi.
Arduino muhiti yaratilayotgan loyihani (dasturni) kо‘rsatilgan kutubxona bilan
birgalikda kompilyatsiyalaydi.
Sketchni yuklashdan oldin menyuga zarur kо‘rsatgichlarni berish talab etiladi
Asboblar | Plata (Tools | Board) (3 chizma) va Asboblar | Ketma-ket port
(Instrumenti | Plata (Tools | Board) (3 chizma) i Instrumenti | Posledovatelniy port)
( 4 chizma).
Arduino ning zamonaviy platformalari yuklanishdan oldin avtomatik ravishda
qayta yuklanadilar. Eski platformalarda qayta yuklash tugmasini bosish kerak
bо‘ladi. Kо‘pchilik platalarda yuklash jarayonida RX va TX yorug‘lik diodlari
о‘chib-yonib turadi.
Sketchni yuklashda Arduino ni (bootloader) yuklovchisi ishlatiladi –
platadagi mikrokontrollerga yuklanuvchi katta bо‘lmagan dastur. U qо‘shimcha
apparat vositalardan foydalanmasdan dastur kodini yuklashga imkon beradi.
Yuklovchining ishini D13 chiqishidagi yorug‘lik diodini о‘chib-yonishidan bilib
olish mumkin.
Ketma-ket portni monitor qilish (SerialMonitor) Arduino platformasiga
jо‘natilayotgan axborotlarni aks ettiradi (USB platasini yoki ketma-ket shina
platasini).
3 chizma. Arduino platani tanlash.
Endi, biz Arduino va dasturlash muhiti bо‘lgan
ArduinoIDE haqida bir oz
bilim olganimiz tufayli amaliy ishlarga о‘tish – tajribalar о‘tqazishimiz mumkin
bо‘ladi.
4 chizma. Arduino platasini ulash portini tanlash