bob. GRAFIK AXBOROTLARNI QAYTA ISHLASH




Download 58.21 Kb.
bet2/14
Sana21.12.2022
Hajmi58.21 Kb.
#36449
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
7-sinf informatika testlari
11, 48, Bayzaqov va Muxammadiyeva D maqola, Saidumar Joriy 2, Ona tili va adabiyot test to‘plami 10 ta javobli, AXMADJONOV SH BLOKCHEYN, 1,2-ma\'ruza, 2-amaliy, Ablakimovaning arizasi va ma\'lumotnomasi, Ўринов А Қ Ўринов Махсус функциялар ва маҳсус операторлар , 2 5228889788278379761, Invest, 48890 2 25D1C78D26D467C1B11F63A6A109B564043F2359, Namuna-Sanoat iqtisodiyotidabn kurs ishini bajarishI
2 bob. GRAFIK AXBOROTLARNI QAYTA ISHLASH.
1. Model va tasvirlarni kompyuter yordamida hosil qilish, saqlash va qayta ishlash imkoniyatlariga ega yo‘nalish ?
a) Kompyuter grafkasi
2. Kompyuter qurilmalari yordamida qandaydir axborotni tasvir ko‘rinishida yaratish, unga ishlov berish, uni turli ko‘rinishlarda tahrirlash ?
a) Kompyuter grafkasi
3. Кompyuter grafikasi turlari ?
a) rastrli, vektorli, fraktal, uch o‘lchovli
4. Rastrli grafika nimalardan iborat –... ?
a) Nuqtali
5. Vektorli grafika nimalardan iborat – bu ... ?
a) Chiziqli
6. Fraktal grafika nimalardan iborat – bu ... ?
a) Matematik formula
7. Uch o‘lchovli nimalardan iborat – bu ... ?
a) Tekislik
8. Rastrli grafakada tasvirlar tashkil topagan rangli nuqtalar to‘plami nima deb ataladi?
a) piksellar deb ataladi
9. Rastrli grafikada tasvirda piksellаr soni qаnchа ko‘p bo‘lsа, yaratilgan rаsm, shаkl va chizmalаr nima bo’ladi?
a) shunchа sifatli va yaqqol ko‘rinib turаdi
10. Rastrli grafkadan nimalar yaratishda keng foydalaniladi?
a) ekran, chop etilgan va foto rasmlar
11. Vektorli tasvirlar deb, nima ataladi?
a) tuzilish jihatidan murakkabroq va har xil ko‘rinishga ega geometrik obyektlar to‘plamiga aytiladi.
12. Vektorli grаfkаdа tаsvirning аsosiy elementi deb nima hisoblanadi?
a) chiziq
13. Vektorli grafkadan nimalar yaratishda keng foydalaniladi?
a) chizma va animatsiyalar
14. Fraktal so‘zi nima ma’nolarni anglatadi?
a) lotincha fractus - maydalangan, bo‘lib chiqilgan
15. Fraktal grаfkаdа tаsvirning аsosiy elementi deb nima hisoblanadi?
a) tenglаmаlаr yoki ulаrning sistemаlаridаn
16. Fraktal grafkadan nimalar yaratishda keng foydalaniladi?
a) o‘ziga o‘xshash qismlardan iborat shakllar
17. 3D so‘zi nima ma’nosini anglatadi?
a) ingliz tilidan 3 dimensions – 3 o'lchovli
18. Uch o'lchovli tasvir deganda qanaqa tasvirlar tushuniladi?
a) bo'yi, eni va balandligiga ega bo'lgan tasvirlar
19. Uch o‘ lchovli (3D) grafka deb nima nomlanadi?
a) virtual voqelikda hajmli obyektlarni yaratish usullarini o‘rganuvchi soha
20. Kompyuter grafikasi qanaqa yo‘nalishlarga bo‘linadi?
a) 8 ta: ilmiy , tijorat , konstruktorlik , animatsion , illyustrativ , badiiy , namoyish qilish , muhandislik (injenerlik) grafka
21. Ilmiy izlanishlar va ularning natijalarini tasvirlashda qo‘llaniladigan kompyuter grafikasi – bu ...?
a) ilmiy kompyuter grafikasi
22. Iqtisodiy ko‘rsatkichlar va jarayonlarni aniq ko‘rsatish uchun qo‘llaniladigan kompyuter grafikasi – bu ...?
a) tijorat kompyuter grafikasi
23. iqtisodiyot, texnika, qurilish va boshqa sohalarda loyihalash ishlarini yengillashtirish, yaxshilash, jadallashtirish va avtomatlashtirishni ta’minlashda qo‘llaniladigan kompyuter grafikasi – bu ...?
a) konstruktorlik kompyuter grafikasi
24. Yaratilgan modellarning turli ko‘rinishlarda harakatlanishini ta’minlaydigan kompyuter grafikasi – bu ...?
a) animatsion kompyuter grafikasi
25. Xizmat ko‘rsatishning turli sohalarida bezatish ishlarida foydalaniladigan kompyuter grafikasi – bu ...?
a) illyustrativ kompyuter grafikasi
26. San’at asarlarini yaratishda keng qo‘llaniladigan kompyuter grafikasi – bu ...?
a) badiiy kompyuter grafikasi
27. Matn, sxema, eskiz kabi hujjatlarning mashinaviy tasvirini hosil qilib, uni namoyish etishga tayyorlash uchun xizmat qiladigan kompyuter grafikasi – bu ...?
a) namoyish qilish kompyuter grafikasi
28. Chizmachilik, loyihalash va konstruktorlik ishlarini
avtomatlashtirishda keng qo‘llaniladigan kompyuter grafikasi – bu ...?
a) Muhandislik (injenerlik) kompyuter grafikasi
29. Kompyuter grafikasida yaratilgan obyektlar chiroyli, jozibali va aslidagidek ko‘rinishi uchun nima muhim rol o‘ynaydi?
a) rang
30. Rang modeli bu - ... ?
a) ranglarni tasvirlash usuli
31. Kompyuter grafikasining nechta turlari mavjud ?
a) 4 ta : RGB , CMYK , HSB (HSV) , LAB ranglar modeli
32. RGB rang modeli bu - ... ?
a) Red - qizil, Green - yashil va Blue - ko‘k ranglarining aralashtirish natijasida turli boshqa ranglar hosil qilinishi ususli
33. RGB rang modelida tasvirlar asosan qaerda qo’llash uchun ishlatiladi?
a) monitor ekranida namoyish qilish
34. CMYK rang modeli bu - ... ?
a) moviy - Cyan, pushti - Magenta, sariq - Yellow va qora - Black ranglar aralashmasidan paydo bo‘ladi ranglarining aralashtirish natijasida turli boshqa ranglar hosil qilinishi ususli
35. CMYK rang modelida tasvirlar asosan qaerda qo’llash uchun ishlatiladi?
a) tipografk chop etish ishlari uchun
36. HSB rang modeli bu - ... ?
a) rang toni - Hue, to‘yinganlik - Saturation va yorqinlik - Brightness qiymatlari asosida turli ranglar hosil qilinishi ususli
37. LAB rang modeli bu - ... ?
a) yoritish - L , yashil rangdan binafsha ranggacha bo‘lgan ranglar sxemasi – A va ko‘kdan sariq ranggacha bo‘lgan ranglar – B qiymatlari asosida turli ranglar hosil qilinishi ususli
38. Qizil rang nimani anglatadi ?
a) kuch, ehtiros va buyuklikni
39. Sariq rang nimani anglatadi ?
a) iliqlik, ijodkorlik, qiziqarli va ijobiy o‘zgarishlar
40. Ko’k rang nimani anglatadi ?
a) tinchlanish, dam olish va ishga moslashish
41. Olov rang nimani anglatadi ?
a) uyning tafti va qulayligini
42. Yashil rang nimani anglatadi ?
a) sog‘lom turmush tarzi, tabiat, tabiiylik, sport va osoyishtalik, muvozanat va osoyishtalikni, shifo
va sog‘likni
43. Binafsha rang nimani anglatadi ?
a) aristokratlar, qirollar, donolik, maxfy bilim, hurmat, ishonchning, zodagonlar va sehr
44. Kompyuter grafk fayl formatlari - ... ?
a) GIF, JPEG, PNG, TIFF, BMP
45. GIF ma’nosi - ... ?
a) Graphics Interchange Format
46. JPEG ma’nosi - ... ?
a) Joint Photographic Experts Group
47. PNG ma’nosi - ... ?
a) Portable Network Graphics
48. TIFF ma’nosi - ... ?
a) Tagged Image File Format
49. BMP ma’nosi - ... ?
a) BitMap Picture
50. Turli tasvirlar yaratish, ularni qayta ishlash, ularga turli effektlar berish imkoniyatlari yaratuvchi dasturlar?
a) grafk muharrirlar
51. Effekt so’z ma’nosi - ...?
a) lotin tilidan effectus - harakat, faoliyat, natija
52. Taniqli grafk muharrir dasturlar ?
a) Adobe Photoshop, Adobe Illustrator, Adobe Lightroom, CorelDRAW Graphics Suite, Afnity Designer, Autodesk 3ds Max
53. Adobe Photoshop dasturi kim tomonidan ishlab chiqilgan?
a) Tomas Noll
54. Rastrli tasvirlarni tahrirlashda dunyoda eng mashhur dastur ?
a) Adobe Photoshop
55. Adobe Photoshop dasturda yaratilgan fayllar kengaytmasi?
a) *.psd 
56. Adobe Photoshop qaysi rang modellari bilan ishlaydi ?
a) RGB, LAB va CMYK
57. Vektorli grafkalarni yaratish va ular bilan ishlashda
yordam beruvchi Adobe paketidagi dastur ?
a) Adobe Illustrator
58. Adobe Illustrator dasturda yaratilgan fayllar kengaytmasi?
a) *.ai 
59. Raqamli fotosuratlar bilan ishlashda yordam beruvchi dastur ?
a) Adobe Lightroom
60. Ajoyib dizayn, rasm va grafkalarni yaratish uchun mo‘ljallangan vektorli va rastrli grafk dastur ?
a) CorelDRAW Graphics Suite
61. CorelDRAW Graphics Suite dasturda yaratilgan fayllar kengaytmasi?
a) *.cdr
62. Ajoyib dizayn, rasm va grafkalarni yaratish uchun mo‘ljallangan vektorli va rastrli grafk dastur ?
a) CorelDRAW Graphics Suite
61. CorelDRAW Graphics Suite dasturda yaratilgan fayllar kengaytmasi?
a) *.cdr
62. Professional grafka dizaynerlari uchun yaratilgan
veb, badiiy, tipografya, maket, naqsh, bosma loyihalar kabi dizayn vazifalarini bajarish uchun mo‘ljallangan vektorli va rastrli grafk dastur ?
a) Afnity Designer
63. Animatsiya va 3D grafkani yaratuvchi hamda tahrir qiluvchi to‘liq funksiyali professional dastur?
a) Autodesk 3ds Max
64. Autodesk 3ds Max dasturda yaratilgan fayllar kengaytmasi?
a) *.max
65. Adobe Photoshop dasturi oynasi necha qismdan tashkil topgan?
a) 9 ta: bosh menyu, boshqaruv paneli, uskunalar paneli, dastur ishchi sohasi, holat qatori, Ranglar/ Namunalar/ Gradiyentlar/ Naqshlar oynalari, Xususiyati/ Tuzatish/ Kutubxona oynalari, Qatlamlar/ Kanallar/ Konturlar oynalari, oyna tizimli tugmalari
66. Bosh menyu bu - ... ?
a) tasvir ustida bajarilishi mumkin bo‘lgan barcha amal, effekt va sozlashlarni o‘z ichiga oladigan qism
67. Boshqaruv paneli bu - ... ?
a) biror uskuna tanlanganida, uni sozlash va ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish uchun xizmat qiladigan qism
68. Uskunalar paneli bu - ... ?
a) asosiy amallar bajarilishini ta’minlovchi uskunalar jamlanmasi
69. Dastur ishchi sohasi bu - ... ?
a) tasvirni qayta ishlash uchun ajratilgan joy bo‘lib, yuqori qismida fayl nomi, kengaytmasi, rang tizimi va tasvirlash masshtab %-foizi ko‘rsatiladi
70. Holat qatori bu - ...?
a) ishlanayotgan obyekt haqida qo‘shimcha ma’lumot beradigan qism
71. Ranglar/ Namunalar/ Gradiyentlar/ Naqshlar (Color/ Swatches/ Gradients/ Patterns) panel bu - ... ?
a) tasvirda foydalanilishi mumkin bo‘lgan ranglarni tanlash, yangisini qo‘shish, tayyor stil va naqshlarni qo‘llash uchun xizmat qiladigan qism
72. Xususiyati/ Tuzatish/ Kutubxona (Properties/ Adjustments/ Libraries) panel bu - ... ?
a) ishlanayotgan tasvirga turlicha o‘zgartirishlar kiritish, tahrirlash uchun xizmat qiladigan qism
73. Qatlamlar/ Kanallar/ Konturlar (Layers/ Channels/ Paths) panel bu - ... ?
a) tasvirni tashkil etuvchi barcha qatlamlar, rang kanallari va konturlar bilan ishlashni ta’minlaydigan qism
74. Oyna tizimli tugmalari qismi – bu ... ?
a) Yig‘ib оlish (Minimize), Yoyish (Maximize) va Yopish (Close) tugmalari – ilоva оynasini masalalar panеliga yig‘ib оlish, butun yoki o’rtacha ekranga yoyish va ilоvani yopish tugmalari joylashgan qism
75. Adobe Photoshop dasturi uskunalar panelidagi Move Tool (V) tugmasi vazifasi ?
a) oyna tasvirda belgilangan maydon yoki qatlamni siljitish uchun xizmat qiladi
76. Adobe Photoshop dasturi uskunalar panelidagi Rectangular Marquee Tool (M) tugmasi vazifasi ?
a) to‘g‘ri to‘rtburchak, ellips, gorizontal yoki vertikal satr shaklidagi maydonni belgilab olish uchun qo‘llaniladi
77. Adobe Photoshop dasturi uskunalar panelidagi Lasso Tool (L) tugmasi vazifasi ?
a) turli shakldagi maydon yoki obyektlar chegaralarini belgilash uchun ishlatiladi
78. Adobe Photoshop dasturi uskunalar panelidagi Object Selection Tool (W) tugmasi vazifasi ?
a) tanlanadigan rang yoki obyektni o‘z shaklida avtomatik tarzda belgilaydi
79. Adobe Photoshop dasturi uskunalar panelidagi Crop Tool (C) tugmasi vazifasi ?
a) tasvir chetlari hamda keraksiz qismlarni kesib tashlash uchun qo‘llaniladi
80. Adobe Photoshop dasturi uskunalar panelidagi Frame Tool (K) tugmasi vazifasi ?
a) rasmlar uchun ramka joylashtirgichlarni yaratadi
81. Adobe Photoshop dasturi uskunalar panelidagi Eyedropper Tool (I) tugmasi vazifasi ?
a) tasvirdagi asosiy yoki tasvir foni rangini o‘zgartiradi, pipetka orqali tasvirda ishtirok etayotgan rang asosiy yoki fon rangi sifatida tanlanadi
82. Adobe Photoshop dasturi uskunalar panelidagi Spot Healing Brush Tool (J) tugmasi vazifasi ?
a) Uskuna, asosan, rasmdagi dog‘larni o‘chirishda ishlatiladi
83. Adobe Photoshop dasturi uskunalar panelidagi Spot Brush Tool (B) tugmasi vazifasi ?
a) Uskuna tasvirni sifatli bo‘yash maqsadida ishlatiladi
84. Adobe Photoshop dasturi uskunalar panelidagi Spot Clone Stamp Tool (S) tugmasi vazifasi ?
a) Uskuna tasvirdagi kichik bir bo‘lak nusxasini ko‘chirish uchun hamda tasvirdagi ayrim nuqson, dog‘larni yo‘qotish, eski rasmlarni tiklashda keng qo‘llaniladi
85. Adobe Photoshop dasturi uskunalar panelidagi Spot History Brush Tool (Y) tugmasi vazifasi ?
a) Uskuna rasm qismlarining oldingi holatini tiklaydi
86. Adobe Photoshop dasturi uskunalar panelidagi Spot Eraser Tool (E) tugmasi vazifasi ?
a) Uskuna tasvirni o‘chirish uchun ishlatiladi
87. Adobe Photoshop dasturi uskunalar panelidagi Spot Gradient Tool (G) tugmasi vazifasi ?
a) Uskuna tasvirdagi belgilangan maydonda ranglar kombinatsiyasi hosil bo‘ladi
88. Adobe Photoshop dasturi uskunalar panelidagi Spot Blur Tool (R) tugmasi vazifasi ?
a) Uskuna tasvirdagi yorqinlik ortadi, ammo Alt klavishi bilan qo‘llanilganda esa tasvir xiralashadi
89. Adobe Photoshop dasturi uskunalar panelidagi Spot Dodge Tool (О) tugmasi vazifasi ?
a) uskuna yordamida piksellardagi ranglar yorqinlashadi , ammo Alt klavishi bilan qo‘llanilganda esa piksellardagi ranglar xiralashadi
90. Adobe Photoshop dasturi uskunalar panelidagi Spot Pen Tool (Р) tugmasi vazifasi ?
a) nuqtalar yordamida shakllar chizish va ularni o‘zgartirish mumkin
91. Adobe Photoshop dasturi uskunalar panelidagi Spot Type Tool (Т) tugmasi vazifasi ?
a) Uskuna yordamida tasvirga turli matnlarni kiritish mumkin
92. Adobe Photoshop dasturi uskunalar panelidagi Spot Path Selection Tool (А) tugmasi vazifasi ?
a) Uskuna yaratilgan tasvirlarni butunligicha belgilaydi va siljitadi
93. Adobe Photoshop dasturi uskunalar panelidagi Spot Rectangle Tool (U) tugmasi vazifasi ?
a) Uskuna yordamida turli geometrik shakllarni chizish mumkin
94. Adobe Photoshop dasturi uskunalar panelidagi Spot Hand Tool (H) tugmasi vazifasi ?
a) Uskuna tasvirning ko‘zga tashlanmay turgan qismlarini ko‘rsatadi
95. Adobe Photoshop dasturi uskunalar panelidagi Spot Zoom Tool (Z) tugmasi vazifasi ?
a) Uskuna tasvir masshtabini kattalashtirish yoki kichraytirish uchun xizmat qiladi
96. Adobe Photoshop dasturi uskunalar panelidagi Spot Edit Toolbar tugmasi vazifasi ?
a) uskunalar paneli ko‘rinishini tahrirlaydi
97. Adobe Photoshop dasturi uskunalar panelidagi Set Background Color tugmasi vazifasi ?
a) kerakli rang tanlanlash
98. Adobe Photoshop dasturi uskunalar panelidagi Change Screen Mode (F) tugmasi vazifasi ?
a) oyna holatlari bilan ishlash tugmachalar
99. Adobe Photoshop dasturida sohani tanlash yoki obyektni belgilash qanaqa uskunalari mavjud ?
a) 3 ta: Rectangular Marquee yoki Elliptical Marquee Tool (M), Lasso yoki Polygonal Lassо yoki Magnetic Lasso Tool (L), Object Selection yoki Magic Wand Tool (W)
100. Adobe Photoshop dasturida tasvirlarga rang berish qanaqa uskunalari mavjud ?
a) 3 ta: Gradient , Paint Bucket va 3D Material Drop Tool
101. Kompyuter grafikasida obyektlar joylashtiriladigan tekislik bu - ... ?
a) Qatlam
102. Adobe Photoshop dasturida qatlamlar bilan ishlash palitra bu - ...?
a) Layers (Qatlamlar) palitrasi
103. Layers (Qatlamlar) palitrasini ekranda hosil qilish uchun nima qilish kerak ?
a) asosiy menyuning Window (Oyna) bo‘limidagi Layers bandini yoki F7 tugmasi orqali
104. Layers (Qatlamlar) palitra qaysi qismlardan iborat?
a) 3 ta: Layers (Qatlamlar), Channels (Kanallar) va Paths (Konturlar)
105. Layers (Qatlamlar) palitra yordamida qatlamlar ustidan qanaqa amallarni bajarish mumkin?
a) qatlamni tanlash, qatlam shaffofigini yoki rang to‘ldirish zichligini boshqarish, qatlamni aralashtirish rejimini tanlash, qatlam ko‘rinishini yashirish yoki ko‘rsatish, tanlangan qatlamlarni
bir-biri bilan bog‘lash, qatlam uslublari (effektlarini) sozlash, niqob qatlam yaratadi, qatlamlarni bir guruhga birlashtirish, yangi qatlam yaratish, qatlamni o’chirish,
106. Adobe Photoshop dasturida yangi qatlam yaratish tugmalari ?
a) Shift + Ctrl + N
107. Adobe Photoshop dasturida qatlam nusxasini yaratish tugmalari ?
a) Ctrl + J
108. Adobe Photoshop dasturida qatlamlarni bittaga birlashtirish tugmalari ?
a) 2 ta: pastga joylashgan qatlam bilan - Ctrl + E, barcha ko’rinib turgan qatlamlarni – Shift + Ctrl + E
109. Adobe Photoshop dasturida qatlamni uyg‘unlashtirish xususiyat nomi?
a) Opacity
110. Adobe Photoshop dasturida qatlamni bloklash xususiyat nomi?
a) Lock
111. Matn bloki – bu ... ?
a) matnlarni ma’lum shaklda kiritish mumkin bo‘lgan soha.
112. Kontur – bu ... ?
a) geometrik shakl yoki obyekt chegarasini anglatuvchi yopiq chiziq.
113. Deformatsiya (lot. deformation) so‘zi manosi - ... ?
a) „buzish“ degan ma’noni anglatadi.
114. Adobe Photoshop dasturida tasvirga matn blokini qo’shish uchun nima qilish kerak ?
a) uskunalar panelidan „Type Tool“ uskunasi yoki klaviaturadagi „T“ tugmachasi bosiladi.
115. Adobe Photoshop dasturida matn blok parametrlar satrida qanaqa tugmalar joylashgan ?
a) matn yo‘nalishini o‘zgartirish; shrift shriftini o‘zgartirish; matn o‘lchamini o‘zgartirish; matn ko‘rinishi (qirrasi)ni o‘zgartirish; matnning tekislanishini o‘zgartirish; matn rangini o‘zgartirish; matn shaklni o‘zgartirish (deformatsiya); Character (belgilar) va Paragraph (xat boshi) oynasini chiqarish; o‘zgarishlarni bekor qilish; o‘zgarishlarni saqlash; 3D ko‘rinishga o‘tkazish.
116. Adobe Photoshop dasturida matn blokini shaklini o’zgartirish yoki deformatsiya qilish qaysi tugma yordamida amalga oshiriladi ?
a) “Create Warped Text”
117. Adobe Photoshop dasturida matn blok deformatsiyasining qanaqa effektlari mavjud ?
a) Arc, Arch, Bulge, Shell, Flag, Wave, Fish, Rise, Fisheye, Inflate, Squeeze, Twist
118. Adobe Photoshop dasturida qatlamga filtr stil effektlarni qo’shish qaysi tugma yordamida amalga oshiriladi ?
a) Blending options, Drop shadow, Inner shadow, Outer glow, Inner glow, Bevel and Emboss, Sation, Color overlay, Gradient overlay, Pattern overlay, Stroke.
119. Sayt maketi – bu ... ?
a) Internet resursining prototipi.
120. Saytni sayqallash – ... ?
a) sayt tuzilmasini sayt maketi asosida ishlab chiqish.
121. Slayder – bu ... ?
a) ma’lum bir kenglikdagi saytning bloki. U ma’lumotlarni animatsiya yordamida aks ettirishda ishlatiladi.
122. Sayt maketidan foydalanishning afzalliklari?
a) 5 ta: vizual kamchiliklarni loyihaning dastlabki bosqichlarida aniqlash; saytning dizayn g‘oyalarini vizual ravishda ko‘rsatish; sayt dizayneri va dasturchisi ishini yengillashtirish; tayyor sayt qanday ko‘rinishga ega bo‘lishini ko‘rsatish; bloklar, menyular joylashuvi va hokazolarni aniqlash.
123. Sayt maketi asosan qaysi bandlardan iborat bo’ladi?
a) Header qismi, menyu satri, kontent qismi, footer qismi
124. Sahifaning „Header“ qismida nimalar joylashadi?
a) logotip, qidiruv formasi, tilni tanlash tugmasi, aloqa qilish ma’lumotlari.
125. Sahifaning „Menyu“ qismida nimalar joylashadi?
a) sahifaning sarlavhasidan keyin joylashtiriladi va sayt bo’limlar ro’yxati joylashadi.
126. Sahifaning „Kontent“ qismida nimalar joylashadi?
a) sahifa asosiy matni
127. Sahifaning „Footer“ qismida nimalar joylashadi?
a) sayt tarkibi bo’yicha ma’lumot, sahifa mualliflari va kontak ma’lumotlari

Download 58.21 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 58.21 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



bob. GRAFIK AXBOROTLARNI QAYTA ISHLASH

Download 58.21 Kb.