Yengil beton olish tarmogʻining asosiy tomonlari fozilov azizbek




Download 433.32 Kb.
Sana13.05.2023
Hajmi433.32 Kb.
#59115
Bog'liq
Yengil beton ol-WPS Office
MATEMATIKA DTM-2019 ORIGINAL BAZASI, 7. Тақасимон магнит майдонда токли ўтказгичга таъсир этувчи кучни ўлчаш, VoIp va ip-telefoniya nima va ular bir xilmi , mm2-12Uz 140321115740, mm2-11Uz 140321115853, Mavzu intellektual kapital va intellektual mulkni shakllantiris-fayllar.org, 1699696090, Ota-onalar-majlisi, 4 МАВЗУ

Yengil beton olish tarmogʻining asosiy tomonlari

FOZILOV AZIZBEK

S21A-20


Yengil betonlarda g‘ovaklik turli usullar bilan hosil qilinishi mumkin (38-rasm):
1)to‘ldirgichlarning g‘ovakligi hisobiga; oddiy betonning berk tuzilishi saqlanadi, oddiy zich to‘ldirgich yengil g‘ovak to‘ldirgich bilan aralashtiriladi;
²)matritsalarning g‘ovakligi hisobiga: bog‘lovchining matritsasi shishadi yoki ko‘piklanadi;
3)to‘ldirgichning g‘ovakligi hisobigi: berk struktura (tuzilma) mayda to‘ldirgichning va matritsalar miqdorining kamayishi hisobiga g‘ovak bo‘lib qoladi.
Bundan tashqari, to‘ldirgichning g‘ovakligini ta’minlash matritsalarning g‘ovakligini yoki to‘ldirgichning g‘ovakligini ta’minlash bilan kombinatsiyalanishi mumkin (39-rasm).
Issiqlik o‘tkazuvchanlik bevosita zichlikka bog‘liq. Ammo shuni ham nazarda tutish kerakki, kristallar amorf moddalarga nisbatan kattaroq issiqlik o‘tkazish qobiliyatiga ega, ya’ni mayda donali pussolanlarni qo‘shish kvars qumini qo‘shishga qaraganda ancha qulaydir. 4 – jadvalda DIN 4-108 (4-qism) standartining issiqlik o‘tkazuvchanlik qiymatlari keltirilgan.
Yengil betondan qurilishi mo‘ljallanayotgan binolar loyihasi.
G‘ovakligi to‘ldirgichga bog‘liq bo‘lgan betonlarning alohida turi yog‘och to‘ldirgichli betonlar hisoblanadi, ularda to‘ldirgich yog‘och qipig‘idan yoki tolalardir (ko‘pincha bu ignabargli jinsdagi yog‘och, shuningdek chiqindi sifatidagi qipiq). Yog‘ochni chirishdan himoyalash, shuningdek zamburug‘ va hashorotlardan himoya qilish uchun hamda yog‘och komponentlarining sement toshining mustahkamligiga salbiy ta’sirining oldini olish maqsadida yog‘och qipig‘i oldindan kimyoviy preparatlar (masalan, suyuq shisha) bilan ishlov beriladi yoki sementli bog‘lovchi bilan minerallashtiriladi.
Yog‘och qipiqlaridan iborat to‘ldirgichli betonning siqilishga mustahkamligi zichlik 1000 kg/m3 gacha bo‘lganda taxminan 2 MPa bo‘ladi. Uning yog‘och qipiqlarning zichligiga bog‘liq bo‘lgan kirishishi juda yuqori bo‘lib, 6 mm/m qiymatlargacha yetadi. Biroq bu beton asosan tayyor buyumlarni ishlab chiqarish uchun foydalanilgani uchun qurilgan inshootda uning yoshiga bog‘liq bo‘lgan ozgina keyinchalik kirishish qayd etiladi.
Download 433.32 Kb.




Download 433.32 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yengil beton olish tarmogʻining asosiy tomonlari fozilov azizbek

Download 433.32 Kb.