Ergonomik ta‘minot (sharoit)




Download 281,59 Kb.
bet11/80
Sana05.01.2024
Hajmi281,59 Kb.
#130407
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   80
Bog'liq
1-bob. Ma`lumotlar bazasining asosiy tushunchalari-fayllar.org

Ergonomik ta‘minot (sharoit)ish joylariga, axborot modellariga, xodimning ish faoliyatiga nisbatan turli ergonomik talablardan iborat hujjatlar, ularni amalga oshirish usullari to‘plamidir. Maqsad – xodim ishining yuqori samaradorligini ta‘minlash. Huquqiy ta‘minot – axborot tizimlarining huquqiy maqomi va uni ishga tushirishni belgilovchi huquqiy me’yorlar majmuidir. Axborotlarni olish qayta o‘zgartirish va foydalanish tartibi belgilab qo‘yiladi. Huquqiy ta‘minotning asosiy maqsadi qonunchilikni mustahkamlash sanaladi. Huquqiy ta‘minot tarkibiga qonunlar, farmoyish, hukumat
organlari qarorlari, buyruqlari, yo‘riqnomalari va vazirliklar, idoralar, mahalliy hukumat organlarining boshqa me’yoriy hujjatlari kiradi. Axborot tizimlarining funksional qismi axborot tizimlarining vazifa va topshiriqlari bajarilishini ta‘minlaydi. Amalda bu yerda tashkilotni boshqarish tizimining modeli saqlanadi. Mazkur tizim doirasida boshqaruv maqsadlarining funksiyalariga funksiyalarning esa axborot tizimi kenja tizimiga o‘zgarishi ro‘y beradi. Kenja tizimlar vazifalarni amalga oshiradi. Ular tizimning biror bir belgisiga ko‘ra ajratib ko‘rsatilgan qismidir. Odatda axborot tizimlarida funksional qism funksional belgilariga ko‘ra kenja tizimlarga bo‘linadi:
- Boshqaruv darajasi(oliy, o‘rta, quyi);
  • Boshqariladigan resurs turi(moddiy, mehnat, moliyaviy va hakazo);


  • Qo‘llanish sohasi (bank, jamg’arma bozori va hakazo);


  • Boshqaruv ishi va davri.


Shuni qayd etish lozimki, avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining funksional qismi tarkibi va mazmuni ma‘lum bir obyektga bog’liq. Axborot tizimlarining ta‘minlovchi qismi tarkibi va mazmuni turli obyektlar uchun bir xilda bo‘ladi.



Nazorat savollari

  1. Maydon uzunligi nima?


  2. Obyekt ga tarif bering.


  3. Obyеktlar attributlariga misollar keltiring.


  4. MB administrator deganda nimani tushunasiz?


  5. Ma‘lumotlar banki tushunchasiga ta‘rif bering.


  6. Ma‘lumotlar Bazasini ishlatish afzalliklari sanang.


7.


    1. Download 281,59 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   80




Download 281,59 Kb.