Tarmoqlangan tizimlarda ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalari. Uch zvenoli (ko‘p zvenoli) «mijoz – server» arxitektura. Uch zvenoli (ba’zida ko‘p zvenoli) arxitektura (N-tier yoki multi-tier) «mijoz-server» texnologiyasining rivojlangan va takomillashtirilgan
shaklini ifodalaydi. «Mijoz – server» arxitekturasi ikkita zvenodan
tashkil topgan: birinchi zveno – mijoz dasturi, ikkinchi zveno – MB serveri + MB ning o‘zi.
Uch zvenoli arxitektura bu butunicha biznes-logika, oldin mijoz dastur bo‘lgan zveno aloxida ilovalar zvenosiga kiritiladi. Bunda mijoz dasturi sifatida faqat foydalanuvchi interfeysi qoladi. Unda mijoz ilovasi sifatida Web-brauzer ishlatiladi. Uch zvenoli arxitekturadan foydalanganda biznes – logika o‘zgarganda mijoz dasturlarinin o‘zgartirish va barcha foydalanuvchilarni uchun yangilash zarur emas. Bundan tashqari foydalanuvchi kompyuterining apparaturasiga bo‘lgan talab keskin pasayadi.
Uch zvenoli arxitekturaning ishlash tartibi quyidagicha qurilgan:
Ma’lumotlar bazasi fayllar to‘plami shaklida maxsus ajratilgan kompyuterning (tarmoq serveri) qattiq diskida joylashadi.
MBBT ham tarmoq serverida joylashadi.
Maxsus ajratilgan ilovalar serveri mavjud bo‘lib, unda ishbilarmon doiraning (biznes – logika) dasturiy ta’minoti joylashadi.
Ko‘p sonli mijoz kompyuterlari mavjud va ularda "kichik mijoz"
deb ataluvchi mijoz dasturi o‘rnatilgan bo‘lib ular foydalanuvchi interfeysini xosil qiladi.
Har bir mijoz kompyuterida foydalanuvchilar kichik – mijoz dasturini ishga tushirish imkoniga ega. Bu dastur yaratgan foydalanuvchi interfeysi yordamida foydalanuvchilar ilovalar serveridagi ishbilarmon doiraning dasturiy ta’minotiga murojaat etadi.
MBBT da serverdagi MB ning fizik strukturasi xaqidagi ma’lumotlar saqlanadi.
MBBT serverdagi ma’lumotlarga murojaatni bajaradi va uning natijalari ilovalar serveriga jo‘natiladi.
Ilovalar serveri natijani mijoz dasturiga (foydalanuvchiga) jo‘natadi.
Ilova foydalanuvchi interfeysi yordamida so‘rov natijalarini tasvirlab beradi.
|