|
UPDATE Universitety SET RATING=200
|
bet | 51/80 | Sana | 05.01.2024 | Hajmi | 281,59 Kb. | | #130407 |
Bog'liq 1-bob. Ma`lumotlar bazasining asosiy tushunchalari-fayllar.orgUPDATE Universitety SET RATING=200;
Jadvaldagi maydon qiymatlarini o‘zgartirish kerak bo‘lgan aniq satrlarni ko‘rsatish uchun, UPDATE komandasi WHERE parametrida predikat ishlatish mumkin.
UPDATE Universitety
SET RATING=200 WHERE CITY= ‘Moskva‘;
Bu so‘rov bajarilganda, faqat Moskvada joylashgan universitetlarning reytingi o‘zgartiriladi. UPDATE komandasi faqat 1ta ustun emas balki ustunlar to‘plamini o‘zgartirish imkonini beradi. Qiymatlari, modifikatsiya (takomillashtirilgan) qilinishi zarur bo‘lgan aniq ustunlarni ko‘rsatish uchun, SET parametri ishlatidi.
Masalan: o‘qitilayotgan fan nomi “MATEMATIKA” (uning uchun subj_ID =43) “Oliy matematika” nomiga o‘zgartirish talab etilsa va bunday indetifikatsion nomeri saqlab o‘zgarish qoldirish kerak bo‘lib, lekin shu bilan birga jadvaldagi mos satr maydonlariga o‘qitiladigan fan haqida yangi ma‘lumotlar kiritish uchun so‘rov quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi.
UPDATE Subject1
SET subj_name= ‘Visshaya matematika‘, hour=36, semestr=1
WHERE subj_ID=43;
UPDATE komandasini SET parametrida skalyar ifodalarni ishlatish mumkin. Skalyar ifodada maydon sifatida o‘zgartirilayotgan va boshqa maydonlar kiritilib, u maydon qiymatini o‘zgarish usulini ko‘rsatadi.
UPDATE Universitety1 SET rating=rating*2;
Masalan: Student1 jadvaldagi stipend maydon qiymatini Moskva shahri talablari uchun 2 marta oshirish uchun quyidagi so‘rov ishlatiladi.
UPDATE Student1
SET stipend = stipend *2 WHERE city= ‘Moskva‘;
SET predikat hisoblanmaydi, shuning uchun unda qiymatniko‘rsatish mumkin.
UPDATE Student1 SET stipend =NULL
WHERE city= ‘Moskva‘;
INSERTda qism so‘rovlarini ishlatish. INSERT operatorini qism so‘rovi bilan ishlatish 1 ta jadvalga birdaniga bir nechta satr yuklash imkonini beradi. VALUES ishlatuvchi INSERT operatori 1ta satr qo‘shsa INSERTli qism so‘rov jadvalga, qism so‘rov boshqa jadvaldan qancha satr ajratsa shuncha satr jadvalga qo‘shadi. Bu holda qism so‘rov bilan olinayotgan ustunlar soni va toifasi bo‘yicha, ma‘lumotlari qo‘shilayotgan jadvaldagi ustun soni va toifasiga mos kelishi kerak.
Masalan: faraz qilaylik Student1 jadvalini strukturasi(tuzunlikilmasi), Student jadval strukturasiga to‘la mos bo‘lsin. Student jadvalidan Moskva shahri talabalari barchasi haqida yozuvlari bilan Student1 jadvalni to‘ldirish imkonini beradigan so‘rov ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi.
|
| |