|
1-bob. Ma`lumotlar bazasining asosiy tushunchalari
|
bet | 6/80 | Sana | 05.01.2024 | Hajmi | 281,59 Kb. | | #130407 |
Bog'liq 1-bob. Ma`lumotlar bazasining asosiy tushunchalari-fayllar.orgMa‘lumotlar bazasi – bu ma‘lum bir predmet sohasiga oid tizimlashtirilgan(strukturalashtirilgan) ma‘lumotlarning nomlangan to‘plamidir. Ma‘lumotlar bazasi - axborot tmzimlarining eng asosiy tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Ma‘lumotlar bazasidan foydalanish uchun foydalanuvchi ishini yengillashtirish maqsadida ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimlari yaratilgan. Bu tizimlar ma‘lumotlar bazasini amaliy dasturlardan ajratadi.
Ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) -bu dasturiy va apparat vositalarining murakkab majmuasi bo‘lib, ular yordamida foydalanuvchi ma‘lumotlar bazasini yaratish va shu bazadagi ma‘lumotlar ustida ish yuritishi mumkin.
Juda ko‘p turdagi MBBT mavjud. Ular o‘z maxsus dasturlash tillariga ham ega bo‘lib, bu tillarga SUBD buyruqli dasturlash tillari deyiladi. MBBTga Oracle, Clipper, Paradox, FoxPro, Access va boshqalarni misol keltirish mumkin.
Ma‘lumotlar bazasi tushunchasi maydon, yozuv, fayl (jadval) kabi elementlar bilan chambarchas bog‘liq. Maydon-bu ma‘lumotlarni mantiqiy tashkil etishni elementar birligi bo‘lib, u axborotning eng kichik va bo‘linmas birligi bo‘lgan rekvizitga mos keladi. Maydonni tasvirlash uchun quyidagi tavsiflardan foydalaniladi:
Maydon nomi, masalan, familiyasi, ismi, tug‘ilgan sana, lavozimi, ish staji, mutaxassisligi.
1-maydon
nomi
|
2-maydon
nomi
|
3-maydon
nomi
|
. . .
|
N-maydon
nomi
|
Yozuv
|
Yozuv
|
Yozuv
|
Yozuv
|
Yozuv
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Ma‘lumotlar bazasi tuzulmasining asosiy elementlari:
|
| |