PROTYAJKALARNING KONSTRUKTIV ELEMENTLARI VA ULARNING GEOMETRIK PARAMETRLARI




Download 124,17 Kb.
bet29/31
Sana15.11.2023
Hajmi124,17 Kb.
#99025
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
1-bob metallarni kesib ishlash-www.hozir.org

PROTYAJKALARNING KONSTRUKTIV ELEMENTLARI VA ULARNING GEOMETRIK PARAMETRLARI
Uz konstruktsiyasi jixatidan olganda protyajkalar ichki va sirtki protyajkalash uchun ishlatiladigan protyajkalarga bo’linadi. Tashki ko’rinishi jixatidan olganda protyajkalarning rasmi, o’lchamlari, tuzilishi xamda vazifasi turlicha bo’lishi mumkin. Kesish yo’li bilan detallarning rasmini o’zgartiruvchi protyajkalardan tashkari, zichlovchi yoki silliklovchi protyajkalar xam bo’lishi mumkin, bu protyajkalar teshiklarni kalibrlash va ularga uzil-kesil ishlov berish uchun mo’ljallangan. Zichlovchi protyaja bilan ishlash ishlov beriladigan metallarning plastik deformatsiyalanish xossalariga asoslangai, shu sababli ishlov berilgan yuzaning o’lchami juda oz o’zgaradiDoiraviy kesimli protyajka kuyidagi qismlardan iborat:
Kuyruk qism. Bo’yin va o’tish konusi. Bo’yin uzunligi zagotovqani o’yish stanogiga o’rnatish uchun xizmat kiladigan tayanch moslamaga boglik bo’ladi. Bo’yin diametri ishlov beriladigan teshikning diametridan 2—4 mm kichik kilinadi.
Protyajqaning yo’naltiruvchi qismi kesish oldidan protyajqani zagotovkaga nisbatan aniq markazlash uchun xizmat kiladi. Protyajqaning kesuvchi qismi juda ko’p kesuvchi tishlardan iborat bo’lib, bu tishlar protyajkalashda karib barcha ko’yimni kesib olish uchun mo’ljallanadi. Kesuvchi qism uzunligi zagotovka materialining xossalariga va ishlov beriladigan teshikning uzunligiga boglik bo’ladi.
Protyajqaning kalibrlovchi qismi bir xil diametrli to’rt-sakkiz tishdan iborat bo’ladi, bu tishlarning Protyajqaning uch qismi protyajka tishlarining ishlov berilayotgan teshikdan chikkunicha yo’naltirib turish uchun xizmat kiladi.
Protyajka tishlarining geometrik parametrlari - rasmda keltirilgan. Protyajqaning ish qismidagi tishlar kadami kuyidagi formuladan topilishi mumkin:

Kesuvchi tishlar balandligi hK kuyidagicha aniqlanadi:

Protyajka kesuvchi tishlari soni zk kuyidagi formuladan topiladi:

bu erda s — bir tomonidan koldiriladigan ko’yim, mm xisobida; a — bir tomondan bitta tish kesib oladigan qirindining kalinligi, mm xisobida.


Qirindining kalinligi protyajkadagi xar bir tishning o’zidan oldingi tishga karaganda balandlik kiymatiga teng. Tishning kesuvchi tiglari protyajkalash yo’nalishiga tik bo’lgan protyajkalar uchun bir tishning kesib oladigan qirindisi kalinligi a, odatda, surish kiymati sz ga teng bo’ladi. Qirindi kalinligining ishlov beriladigan materialga boglik bo’lgan kiymatlari - jadvalda keltirilgan.
Protyajka kesuvchi qismining uzunligi bunday:

Kalibrlovchi tishlarining kadami kuyidagicha olinadi:

bu erda tkb— kalibrlovchi qismi tishlarining kadami, mm xisobida.
Bitta tishga ta`sir etadigan barcha kuchlarning teng ta`sir etuvchisi R ni, xuddi tokarlik sta-nogida yo’nishda bo’lgani kabi, tashkil etuvchi uchta kuchga ajratish mumkin, bo’lardan biri Rz — protyajkalash kuchi bo’lib, o’k bo’ylab, protyajqaning xarakat yo’nalishiga teskari tomonga yo’nalgan; ikkinchisi Ru o’kka perpendikulyar yo’nalgan bo’lib, protyajka tanasi ichiga tomon yo’nalgan, doiraviy kesimli kvadrat kesimli protyajkalarda va shlitsa protyajkalarida RU kuchlar bir-birini muvozanatlaydi. Tashkil etuvchi kuchlarning uchinchisi Rx kolgan ikkala tashkil etuvchi kuch perpendikulyar yo’nalgan. To’gri tishli protyajkalarda Rx bo’ladi. Protyajkalashda kesish kuchi R ga kuyidagi faktorlar: ishlov beriladigan materialning fizik-mexaniqaviy xossalari, kesib olinadigan qatlamning kalinligi va eni, kesuvchi qirralarning yigindi uzunligi, tishning geometriyasi, moylash-sovitish suyukligi va boshka faktorlar ta`sir etadi. To’gri tishli protyajkalar bilan protyajkalashda kesish kuchining yigindisi kuyidagi formuladan topiladi:
a) doiraviy kesimli protyajkalar uchun:

b) shponka arikchalari ochish va shlitsa protyajkalari uchun:



bu erda Sr — ishlov beriladigan materialni va ishlov berishning boshka shart-sharoitini xarakterlovchi koeffitsient; D — protyajqaning diametri, mm xisobida; a — bir tishga to’gri keladigan ko’tarilish, mm xisobida; b — shlitsaning va shponka arikchasining eni, mm xisobida;zmax—protyajqaning bir vaktda ishlovchi tishlari soni ; n—shlitsalar soni; ur—daraja ko’rsatkichi; K = Kγ Kα Ke Kmss — oldingi burchakning, ketingi burchakning, eyilishning va sovitish suyukligining ta`sirini xisobga oluvchi koeffitsientlar.
Sr koeffitsientning va daraja ko’rsatkichi ur ning kiymatlari
jadvalda keltirilgan.
Protyajkalashda kesish tezligi protyajka kesuvchi tishining ishlov- berilayotgan yuzaga nisbatan vakt birligida o’tgan yo’lidir. Kesish tezligi bilan ishlov beriladigan materialning fizik-mexaniqaviy xossalari, kesuvchi asbobning turgunlik davri va kesib olinadigan qatlamning kalinligi orasidagi boglanish kuyidagi formula bilan ifodalanadi:
Protyajkalashda ish yurish tezligi, odatda, 1 dan 20 m/min gacha bo’ladi. Ishlov beriladigan yuzaning talab etiladigan tozalik klassi qanchalik katta bo’lsa, kesish tezligi shunchalik kichik bo’lishi kerak, chunki kichik kesish tezliklarida o’simta xosil bo’lmaydi. Kesish tezligining ortib borishi bilan protyajkalarning turgunligi pasayadi. Protyajkalarning turrunlik davri 90 dan 500 minutgacha bo’ladi va bu turgunlik ishlov beriladigan materialning fizik-mexaniqaviy xossalariga, kesuvchi asbob materialiga, kesish rejimlariga, ishlov beriladigan materialning talab etilgan aniqligi va tozaligiga qarab tanlachadi. Yirik protyajkalar uchun turrunlikning katta kiymatlari kabo’l kilinadi.
Protyajkalashda asosiy texnologik vakt bir detalga ishlov berishda ish yurishi va salt yurishga sarflanadigan vakt xisobga olingan xolda kuyidagi formuladan topiladi:
bu erda Ta — asosiy texnologik vakt, min xisobida; Lxis — protyajka ish yurishining xisoblash uzunligi, mm xisobida
Ammo kesuvchi tishning oldingi yuzasidan eyilishi uncha bilinmaydi, shu sababli protyajqaning o’tmaslanganligi va shundan keyingi ishga yarokli-yaroksizligi to’grasmida shu protyajka tishining ketingi yuzasidan eyilish kiymatiga qarab xukm chikariladi
Doiraviy kesimli protyajkalar uchun po’lat va cho’yanga ishlov berishda ketingi yuzasidan eyilishining yo’l ko’yiladigan kiymati hK = 0,2 mm gacha, shlitsa ochish protyajkalari va shponka arikchasi ochish protyajkalari uchun hK =0,3 mm gacha bo’ladi. Eyilishning yukorida ko’rsatilgan kiymatlardan ortib ketiodi ishlov berilgan yuzaning tozalik klassini pasaytiradi.
Protyajkalashda sovitish suyukligi ishkalanishni kamaytirish, qirindining chikishini yaxshilash, protyajqaning turgunligini, ishlov berilgan yuzaning aniqligi va tozaligini oshirish uchun ishlatiladi. Bundan tashkari, moylash-sovitish suyukligi ishlatish kesish kuchini 20—30%' kamaytiradi. Po’lat zagotovkalarni protyajkalashda sovitish suyukligi sifatida sulfofrezol, 10—20% li emulsiya va o’simlik moylari ishlatiladi. CHo’yan va bronza zagotovkalar sovitish suyukligisiz protyajkalanadi. Engil kotishmalarga ishlov berishda sovitish suyukligi sifatida 30% indov moyi yoki skipidarli kerosin ko’shilgan mineral moy ishlatiladi.
Protyajkalashda kesish rejimlari kuyidagicha belgilanadi: kesish protsessiga sarflanadigan quvvat kuyidagi formuladan topiladi:

Download 124,17 Kb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Download 124,17 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



PROTYAJKALARNING KONSTRUKTIV ELEMENTLARI VA ULARNING GEOMETRIK PARAMETRLARI

Download 124,17 Kb.