• 1-BOB: METALLARNI KESIB ISHLASH.
  • 1-bob: metallarni kesib ishlash




    Download 124.17 Kb.
    bet1/31
    Sana15.11.2023
    Hajmi124.17 Kb.
    #99025
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
    Bog'liq
    1-bob metallarni kesib ishlash-www.hozir.org
    Qishloq xo\'jaligida menejment Testlar to\'plami

    1-bob: metallarni kesib ishlash

    QIRISH
    Inson, eng avvalo, ogir jismoniy mexnat turlari (energiya va xarakatlantiruvchi kuch manbai vazifasini bajarish) dan ozod bo’lishga erishgan. Bu urinda u tabiiy manbalaridan (suv, shamol va boshkalar) foydalangan. Keyinchalik bug va elektr mashinalarining yaratilishi va ularning ishlab chikarishda kullanilishi bilan boglik bo’lgan (XVIII asr) fan – texnika tarakkietining birinchi boskichi – ishlab chikarish jarayonlarini mexanizatsiyalash fazasi boshlanadi. Lekin, endi odam xar bir stanok va texnologik mashinaga boglangan bo’lib, undagi ishlab chikarish jarayonlarini kuzatadi (nazorat kiladi), mexnat predmeti parametrlarining maksadga muvofik uzgarishi tugrisidagi informatsiyalarga ishlov berib, ularni taxlil kilish yuli bilan texnologik jarayonni boshkarish vazifasini bajarib turadi.
    Xozirgi zamon mashinasozlik bilan metallarni va metalmas materiallarni kesib ishlash protsessi xilma-xildi. Metallarni kesib ishlashning kuyidagi turlaridan: yo’nish, teshikni yunib keygaytirish, randalash, rezba uyish, tish qirqish va boshka turlaridan keng kullamda foydalaniladi.
    Kesib ishlashning bu turlari tegishli tip metal kesish stanoklari va tegishli tur metall kesuvchi asboblar bo’lgandagina amalga oshirishi mumkin. Bu uchun kesish jarayonini nazariyasini chuko’r urganib, uni kerakli vaziyatlarga ilmiy texnik jixatdan tugri kullash shart.
    Kesish nazariyasi fanini urganishdan maksad – kesish jarayonini asoslarini, metallarni kesishini samarali rejimlarini tanlash va izlab topish, kesish jarayonini kinematikasi xakida bilimlar sistemasini shakllantirishdir.
    Kesish nazariyasini fani umumiy kasbiy, maxsus fanlar va ishlab chikarish ta`lim bilan boglik.

    1-BOB: METALLARNI KESIB ISHLASH.
    1. Umumiy ma`lumot


    2. Metallarni kesib ishlash usullari




    Foydalanilgan adabiyotlar:
    1. Avagimov V.D. Mashinasozlik materiallarini kesib ishlash. –Toshkent, 1971 yil. - 7-25 bet.


    2. Artikov V.A., Alekseev G.A. Rezanie metallov i rejushiy instrument. Moskva 1967y, 17-32 bet.


    3. Muminov N. Metallarga mexaniq ishlov berish asoslari. -Toshkent 1974 y, 5-12 bet.



    Zagotovka metalining ortikcha qismini metall kesish stanoklarida kesuvchi asboblar yordamida qirindi tarzida kesib olish yuli bilan zarur rasmli, aniq ulchamli va toza yuzali buyum xosil kilish protsessi kesib ishlash yoki mexaniqaviy ishlash deb ataladi. Metallning zagotovkadan kesib olinadigan ortikcha qismi kesish uchun koldiriladigan kuyim deyiladi.
    Metallarni kesib ishlash insoniyatga kadimdan ma`lum. Kul bilan yuritiladigan tokarlik va parmalash stanoklari XII asrdayok mavjud edi. Mexaniqaviy yuritmali tokarlik va parma­lash stanoklari XVI asrdan ishlatila boshladi. 1645 yilda YAkov Batishchev va Ivan Osipov original konstruktsiyali stanoklar yaratdilar. 1716 yilda A. K. Martov mexaniqaviy supportli tokarlik stanogi ko’rdi. XIX asrning urtalariga kelib, tokarlik, parmalash, frezalash, randalash, jilvirlash stanoklari va boshka stanoklar barpo etildi. Ana shu davrda metallarni kesish tugrisidagi fan vujudga keldi. Bu fanning asoschisi rus olimi I. A. Time bo’ldi. U metallarni kesish protsessining fizikaviy tabiatini nazariy jixatdan izoxlab berdi. Akad. A. V. Gadolin, prof. P. A. Afa­nasev, prof. K. A. Zvorikinning metallarni kesish nazariyasiga kushgan xissalari juda katta. Rus olimi YA. G. Usachev kesish tezligining va kesish zonasidagi temperaturaning ta`sirini ashshladi x.amda kesish rsjimlarini uzgartirish yuli bilan qirindi turini, kesish kuchini va kesilgan yuza tozaligini uzgartirish mumkinligini ko’rsatdi.
    Metallarni kesish turrisidagi fan Ulur Oktyabr sotsialistik revolyutsiyasidan keyin ayniksa tez sur`atlar bilan rivojlantirildi. Sovet olimlaridan A. I. CH e l yu s t k i n, V. A. K r i v o u x o v, S. S. Rudnik, S. F. Glebov va boshkalar, shuningdek, ishlab chikarish novatorlari metallarni ke­sish turrisidagi fanni yangidan-yangi tadkikotlar bilan boyitdilar.
    Metallarni kesib ishlashda ularning anchagina qismi qirindiga ketadi, Binobarin, qirindi mikdorini va, demak, metallning isrofgarchiligini kamaytirish uchun, zagotovkalar olishda kuyim imkoni boricha kam, ammo texnologik protsessning eng tejamli bo’lishini ta`minlaydigan darajada koldirilishi lozim.
    Metallarni kesib ishlashda mexnat unumdorligini oshirish texnologik protsesslarni mexanizatsiyalashtirish va qisman yoki tula avtomatlashtirishni takozo kiladi. Xozirgi vaktda kupgina korxonalar avtomatik liniyalar bilan uskunalangan.
    Novator ishchilar, injener-texnik xodimlar va olimlarning xamkorligi tufayli metallarni kesib ishlash soxasida katta-katta yutuklar kulga qiritildi va qiritilmokda.

    Download 124.17 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




    Download 124.17 Kb.