|
1-bob: metallarni kesib ishlash
|
bet | 6/31 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 124,17 Kb. | | #99025 |
Bog'liq 1-bob metallarni kesib ishlash-www.hozir.orgQirindi turlari
Metallarni kesish jarayonida asosan 4 xil qirindi xosil bo’ladi: uvok, sinik, pogonali va tutash qirindilar.
Uvoq qirindi. Bunday qirindi bir-biri bilan boglanmagan nomuntazam rasmli ayrim elementlardan iborat). Murt metallarni, chuyan va kuymakorlik bronzalarini yo’nishda ana shunday qirindi xosil bo’ladi. Detalning yunilgan yuzasida yo’nish izlari koladi.
Siniq qirindi. Bunday qirindi bir-biri bilan ma`lum darajada boglangan ayrim elementlardan iborat. Qirindining bu turi urtacha qattiqlikda ega bo’lgan metallarni urtacha kesish tezlikda ishlab, urtacha kundalang kesimli qirindi ajratishda xosil bo’ladi.
Pogonali qirindi. Bunday qirindi sinik qirindiga uxshash bo’lib, fakat uning elementlari bir-biriga mustaxkamrok boglangan. Qirindining bu turi qattiqligi urtacha va yukori metallarni (kup uglerodli pulatlarni, alyuminiy va uning kotishmalarini) yo’nishda, metallarni urtacha tezlik va surish bilan va oldingi burchagi kichik keskich bilan yo’nishda xosil bo’ladi. Qirindining keskich tomonidagi ichki yuzasi sillik, keskichga teskari tomondagi tashki yuzasi arrasimon tishli eki pogonali bo’ladi. ( -rasm, v).
Tutash (yaxlit) qirindi. Bunday qirindi plastik materiallarni (kaltsiy, mis, ko’rgoshin, yumshoq pulat kabilar) kesib ishlashda keskichning oldingi yuzasi buylab lenta tarzida chikadi. Qirindining keskich tomondagi yuzasi sillik, teskari tomondagi yuzasi esa bir oz gadir-budir bo’ladi. Tutash qirindida ayrim elementlar deyarli bilinmaydi. Balki tasmaga uxshab ko’rinadi.
Nazorat savollari:
Kesish nima?
Qirindi deb nimaga aytiladi?
Kesish jarayonning fizikaviy asoslari deganda nimani tushunasiz?
Qirindi xosil bo’lish jarayonini kim tadkik etgan?
Erilish burchagi nima?
Qirindining qanaka turlari bor?
Uvok qirindi kachon xosil bo’ladi?
Sinik qirindi kachon xosil bo’ladi?
Pogonali qirindi kachon xosil bo’ladi?
Tutash (yaxlit) qirindi kachon xosil bo’ladi?
|
| |