|
VIII.Yangi mavzuni mustahkamlash: Klaster, aqliy hujum usulidan foydalanish
|
bet | 130/218 | Sana | 07.05.2021 | Hajmi | 0,53 Mb. | | #14382 |
VIII.Yangi mavzuni mustahkamlash: Klaster, aqliy hujum usulidan foydalanish.
Mavzuga doir masalalar:
25 g NaCl 100 g suvda eritilishidan hosil bo‘lgan eritmaning foiz konsentratsiyasini (%) aniqlang.
20 g KNO3 180 g suvda eritilishidan hosil bo‘lgan eritmaning foiz konsentratsiyasini (%) aniqlang.
36 g NaCl ni necha gramm suvda eritilganda 25 %li eritma hosil bo‘ladi?
80 g NH4NO3 ni necha gramm suvda eritilganda 20 %li eritma hosil bo‘ladi?
450 g suvda necha gramm K2S04 eritilsa 10 % li eritma hosil bo‘ladi?
IX.Uyga vazifa:
280 g suvda necha gramm KBr eritilsa 30 % li eritma hosil bo‘ladi?
10 % li KNO3 eritmasidan 250 g tayyorlash uchun necha gramm tuz va necha gramm suv kerak bo‘ladi?
15 % li NaNO3 eritmasidan 150 g tayyorlash uchun necha gramm tuz va necha gramm suv kerak bo‘ladi?
0,25 mol Na2S04 164,5 g suvda eritilishidan hosil bo‘lgan eritmaning foiz konsentratsiyasini (%) aniqlang.
0,4 mol KCl 120,2 g suvda eritilishidan hosil bo‘lgan eritmaning foiz konsentratsiyasini
aniqlang.
34-dars §. Foiz konsentratsiya mavzusiga doir masalalar va ularning yechimi
|
| |