1-dars. Mavzu: atom tuzilishi. Atom tarkibidagi elektronlarni pog’ona va pog’onachalarda joylashuvi. Darsning maqsadi: Ta’limiy




Download 0,53 Mb.
bet192/218
Sana07.05.2021
Hajmi0,53 Mb.
#14382
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   218
V.Tashkily qism;

  • a)Salomlashish

  • b)Yo’qlama

  • c)Siyosiy daqiqa

  • VI.O’tilgan mavzuni takrorlash uchun savol va topshiriqlar berish.

  • VII.Dars bayoni:

  • Kimyoviy muvozanat holatiga reaksiyaga kirishayotgan moddalarning kon­sentratsiyasi, harorat, gazsimon moddalar uchun esa bosim ham ta’sir ko‘r- satadi. Bu parametrlardan bittasi o‘zgarganda muvozanat buziladi va reak- siyaga kirishayotgan barcha moddalarning konsentratsiyalari yangi muvoza- nat qaror topguniga qadar o‘zgaraveradi, bu muvozanat konsentratsiyalar- ning boshqa qiymatlarida qaror topadi. Reaksiya sistemasining bir muvozanat holatidan boshqasiga o‘tishi kimyoviy muvozanatning siljishi (yoki surili- shi) deyiladi.

  • Muvozanatning siljishi 1884-yilda kashf etilgan Le-Shatelye prinsipiga bo‘ysunadi. Le-Shatelye prinsipi quyidagicha ta’riflanadi: Kimyoviy muvoza­nat holatida turgan sistemada tashqi sharoitlardan biri (harorat, bosim yoki konsentratsiya) o‘zgartirilsa, muvozanat tashqi ta’sirni kamaytiruv- chi reaksiya tomoniga siljiydi.

  • Harorat, moddalar konsentratsiyasi va bosim o‘zgarishi kimyoviy muvo- zanatni siljitishi mumkin.

  • Kimyoviy muvozanatga konsentratsiyaning ta’siri. Muvozanatda turgan sistemada biror moddaning miqdorini oshirsak, muvozanat o‘sha moddaning miqdorini kamaytiruvchi tomonga siljiydi, va aksincha, modda miqdorini kamaytirganimizda muvozanat o‘sha moddaning miqdorini ko‘paytiruvchi tomonga siljiydi. Fikrimizni quyidagi muvozanatda turgan sistemada o‘rgana- miz:

  • aA + bB = cC + dD

  • Ushbu muvozanatda turgan sistemaga A va B moddalarni qo‘shsak ularning konsentratsiyasi ortadi, bu to‘g’ri reaksiyaning tezligini ortishiga olib keladi va muvozanat o‘ng tomonga siljiydi, chunki teskari reaksiya tezligi o‘zgarmasdat qolgan bo‘ladi, и to'g'ri > и teskari . Sistemadan A va B moddalar tashqariga chiqarilsa, ya’ni ularning konsentratsiyasi kamaytirilsa, to‘g’ri reaksiyaning tezligi kamayadi, teskari reaksiya bo‘lsa o‘zining avvalgi tezligini saqlab qolgan holda muvozanatni chapga siljitadi, и to'g'ri < иtesbri .

  • Endi biror bir amaldagi reaksiyaga shu ta’rifni qo‘llab ko‘ramiz: uglerod (IV) oksidi va vodoroddan, uglerod (II) oksid va suv hosil qilinish reaksiya- sini ko‘rib chiqamiz. Bu yerda ham kimyoviy muvozanat holatida turgan sistemadagi dastlabki moddalardan (tenglamaning chap tomonida turgan CO2 va H2) birining konsentratsiyasi ortsa to‘g‘ri reakvsiyaning tezligi oshadi, ya’ni kimyoviy muvozanat shu moddani sarflanishini ta’minlovchi tomonga siljiydi. Natijada boshlang‘ich (chap tomondagi) moddalar ko‘proq sarflana boshlaydi va muvozanat o‘ngga siljiydi. Demak, muvozanatdagi

  • co2+ h2—»-co + H2O

  • sistemaga qo‘shimcha CO2 berilsa, u holda Le-Shatelye prinsipiga muvo­fiq, sistema CO2 ning konsentratsiyasini kamaytirishga intiladi, ya’ni kimyo­viy muvozanat o‘ngga (to‘g‘ri reaksiya tomonga) siljiydi

  • co2+ h2—*-co + H2O

  • Reaksiyaning o‘ng tomonidagi biror moddaning (H2O yoki CO) miqdori kamaytirilsa ham shu jarayon sodir bo‘ladi ya’ni kimyoviy muvozanat to‘g‘- ri reaksiya tomonga (H2O va CO hosil bo‘lishi tomoniga) siljiydi.

  • Tenglamaning o‘ng tomonidagi birorta moddaning konsentratsiyasi oshirilsa, teskari reaksiyaning tezligi oshadi. Muvozanat chapga siljiydi. Masalan, yuqoridagi reaksiyada CO ning konsentratsiyasi oshirilsa, sistema CO ning konsentratsiyasini kamaytirishga intiladi, ya’ni kimyoviy muvozanat chap tomonga siljiydi.

  • co+ h2o—»-co2 + H2

  • Demak, bitta modda konsentratsiyasining o‘zgarishi bilan barcha moddalarning konsentratsiyasi o‘zgaradi, natijada muvozanat biror tomon­ga siljiydi. Lekin muvozanat konstantasi o‘zgarmaydi.


  • Download 0,53 Mb.
  • 1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   218




    Download 0,53 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-dars. Mavzu: atom tuzilishi. Atom tarkibidagi elektronlarni pog’ona va pog’onachalarda joylashuvi. Darsning maqsadi: Ta’limiy

    Download 0,53 Mb.