1-dars Sana: 6-sinf mavzu: fizika nimani o’rganadi? Fizik hodisalar. Fizika taraqqiyoti tarixidan ma'lumotlar darsning maqsadi




Download 2,52 Mb.
bet147/230
Sana15.06.2021
Hajmi2,52 Mb.
#15054
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   230
3.Yangi mavzuning bayoni

Oldingi mavzularda xona isidi, jism sovud? kabi iboralarni ishlatdik. Ularda, biz o'z sezgilarimizga tayangan holda, shu xulosalarni bergan edik. Lekin bizning sezgilarimiz har doim ham to'g'ri xulosa chiqarishimizga unkoniyat beradimi? Buni tekshirish uchun stol ustiga uchta stakan qo'yaylik. Birida issiq, ikkinchisida iliq, uchinchisida sovuq suv bo'lsin. Dastlab, chap qo'limizdagi barmoqlardan birini sovuq suvga, o'ng qo'limizdagi barmoqlardan birini issiq suvga biroz muddat solib turaylik. So'ngra ikkala barmoqni iliq suvli stakanga solaylik. Shunda chap barmog'imizga suv issiq, o'ng qo'limizdagi barmog'imizga suv sovuq bo'lib tuyuladi. Faqatgina maxsus o'lchov asbobi ixtiro qilingandan so'nggina temperaturani obyektiv aniqlash mumkin bo'ldi. Temperaturani o'lchaydigan asbobga termometr deyiladi. Uning ixtirochisi Galiley hisoblanadi. Sizning salomatligingizni vrach tekshirganda temperaturangizni o'lchagan termometrni ko'rgansiz. Albatta, hozirgi termometr Galiley ixtiro qilgan termometr (termoskop)dan farq qiladi. Termometrlarda moddalarning issiqlikdan kengayishi xossasidan foydalaniladi. Galiley termometrida havoning kengayishidan foydalanilgan edi (83-rasm). Keyinchalik fransiyalik olim Rey 1631-yilda suvli termometrni yasaydi. Hozirgi kunda ishlatiladigan termometrlarda asosan simob va spirt ishlatiladi. Ulardan biri rasmda keltirilgan (84-rasm). Isitilganda naychadagi modda kengayib, yuqoriga ko'tariladi, sovuganda torayib, pastga tushadi. Bu termometrlarning ko'rsatishi graduslarda bo'ladi. Shved olimi A.Selsiy (1701-1744) temperaturani o'lchashda hisob boshi bo'lgan 0 (nol) uchun eriyotgan muz temperaturasini oladi (85-a rasm). Normal atmosfera bosimida qaynayotgan toza suv temperaturasini 100 gradus deb qabul qilinadi (85-b rasm). Ular oralig'ini 100 bo'lakka bo'lib, bir bo'lagini 1°C deb qabul qilinadi. Xonadagi yoki idishdagi suyuqlik temperaturasini o'lchash uchun termometrni o'lchanayotgan muhitda biror muddat ushlab turish kerak. Shunda termometrdagi suyuqlik temperaturasi muhit temperaturasiga tenglashadi. Idishdagi suvning temperaturasini termometrni suvdan chiqarmasdan ko'rish kerak. Aks holda, termometr suvdan olinishi bilanoq uning ko'rsatishi o'zgarib ketadi.

Bemorning temperaturasini o'lchaydigan tibbiyot termometri bunday kamchilikdan xoli. Vrach termometrni bemordan olib, bemalol ko'rishi mumkin. Chunki undagi simob ustuni pastga tushib ketmaydi. Bunga erishish uchun termometr naychasining quyi qismi ingichka qilib yasaladi. Bunda isigan simob ustuni bemalol ko'tarilsa-da, soviganda ingichkalashgan joyda simob ustunchasi uzilib qoladi. Termometr ko'rsatishi aniqlab olingandan so'ng, uni silkitiladi. Shunda yuqori qismida qolgan simob bo'lagi pastga tushib qo'shiladi. Tibbiyot termometrining o'lchash chegarasi 35 dan 42°C gacha bo'ladi. Normal sog'lom odamning temperaturasi ~36,6°C bo'ladi. Tana temperaturasining bundan chetlashishi kasallikdan darak beradi. Uy hayvonlari - qo'y, sigir, ot, quyon- larning temperaturasi 38-40°C, qushlarniki 41-42°C atrofida bo'ladi.

Modda temperaturasining quyi yoki yuqori chegarasi bormi? Yerda tabiiy sharoitda Antarktikada minus 88°C temperatura qayd etilgan (1960-y. ilmiy stansiyada). Sun'iy ravishda esa minus 273, 149°C maxsus laboratoriyalarda hosil qilingan. Hisob-kitoblarga qaraganda temperaturaning quyi chegarasi minus 273,15°C ga teng. Uy sharoitida biz qanday temperaturalar bilan ish ko'ramiz? Suv 100°C da qaynaydi. Uni qaynatish uchun ishlatilgan tabiiy gaz alangasida temperatura 1500-1800°C ga boradi. Cho'g'lanma elektr lampochkasidagi temperatura 2500°C atrofida bo'ladi. Avtomobil dvigatelida yoqilgan yonilg'i hosil qilgan temperatura ~1700°C bo'lsa, elektr payvandlashda 7000°C gacha boradi. Yuqori chegara qayd qilingan emas.




Download 2,52 Mb.
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   230




Download 2,52 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-dars Sana: 6-sinf mavzu: fizika nimani o’rganadi? Fizik hodisalar. Fizika taraqqiyoti tarixidan ma'lumotlar darsning maqsadi

Download 2,52 Mb.