|
1-dars Sana: 6-sinf mavzu: fizika nimani o’rganadi? Fizik hodisalar. Fizika taraqqiyoti tarixidan ma'lumotlar darsning maqsadi
|
bet | 4/230 | Sana | 15.06.2021 | Hajmi | 2,52 Mb. | | #15054 |
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism.
2. “Tabiatshunoslik” darslarida o’rganilgan bilimlarni takrorlash. O’quvchilar uchun yangi o’quv predmeti birinchi bor o’tilayotgani uchun uning ahamiyati juda kattadir. Birinchi taassurotning qanday bo’lishi, o’quvchilarning bundan keyin fanga bo’ladigan munosabatini belgilaydi. Shunga ko’ra tayyorgarlik kabinetdan boshlanadi. Kabinet devorlariga olimlarning rasmlari zaruriy ketma-ketlikda osiladi. Partalar aylana qilib qo’yiladi. O’tirg’ichlar yarim oy shaklida joylashtiriladi. Partalar ustida Aristotel, Forobiy,Ibn Sino ,Lomonosov, Raxmatov Muxtor Ne’matovich(Buxorolik fizik) nomlari yozilgan kattaroq kartochka qo’yilgan bo’ladi. O’quvchilarning soniga qarab shu nomlar kichik kartochkalarda yozilgan bo’ladi.
Fizika xonasiga kirish davomida kichik kartochkalar bolalarning qo’liga beriladi. O’quvchi kartochkasini olib yozuvga qarab o’z o’rnini topib o’tiradi. O’quvchilarga fizik olimlar haqida bilganlarini yozish va aytish taklif etiladi. Taqdimot o’tkaziladi. O’quvchilar oldiga shu olimlar haqida yana” nimalarni bilmoqchisiz?” deb savol qo’yiladi. O’quvchilar o’z fikrlarini bayon qiladilar.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1-dars Sana: 6-sinf mavzu: fizika nimani o’rganadi? Fizik hodisalar. Fizika taraqqiyoti tarixidan ma'lumotlar darsning maqsadi
|