1-dars Sana: 6-sinf mavzu: fizika nimani o’rganadi? Fizik hodisalar. Fizika taraqqiyoti tarixidan ma'lumotlar darsning maqsadi




Download 2,52 Mb.
bet5/230
Sana15.06.2021
Hajmi2,52 Mb.
#15054
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   230
3. Yangi mavzuning bayoni.

Dars suhbat usulida olib boriladi. O’quvchilarga qadimdan odamlarning yashash uchun tabiatda kurashlar olib borganligi va bu borada tegishli bilimlar to’planib borilganligi aytiladi. Shunday qilib, tabiat haqidagi fan "fizika" vujudga kelganligi tushuntiriladi. "Fyuzis" yunoncha "tabiat" deganidir. Bu orada o’quvchilardan tabiatga oid qanday fanlarni o’qiganligi, ularda nimalarni o’rganganligi so’ralishi mumkin ( tabiiy geografiya boshlang’ich kursida kun va tun almashinishi, tabiatda suvning aylanishi va h.k.). Oddiy hodisalarni o’rganish keyinchalik katta ixtirolarga olib kelishi aytilgach, tajriba ko’rsatiladi. Masalan, temirning magnitga tortilishi. Bundan shu hodisani o’rganish kompasning ixtiro qilinishiga, u esa buyuk geografik izlanishlarga olib kelganligi, mikrofon, dinamik, elektr dvigatel, elektr generator, umuman elektr energiyasiga ega bo’linganligi tushuntiriladi. Yil davomida fizik hodisalardan mexanik, issiqlik, yorug’lik va tovush hodisalari va modda tuzilishi o’rganilishi aytilib, ulardan bittadan namunaviy tajriba ko’rsatiladi. Masalan, kamerton tebranishi, qog’oz qutida suv qaynatish, oddiy qaychi, ombirlarni ishlatish va h.k.

So’ngra o’quvchilar diqqati fizika qonuniyatlarini ochishga ko’p mehnati singgan olimlar rasmlariga qaratiladi. Ulardan ayrimlarining ochgan qonunlari va bu qonunlar asosida yaratilgan qurilmalar haqida gapiriladi. Qonunlar o’z-o’zidan, qisqa muddatda yaratilmasligi, buning zamirida uzoq yillar mashaqqatli mehnat yotganligi eslatiladi.

Fizik olimlarning portretlari fizika tarixi rivojlanishi xronologiyasiga mos ravishda taxlab qo’yiladi. Imkoniyat bo’lsa, qadimgi mexanik, tosh otar qurollar va jang manzarasi tushirilgan rasmlar tayyorlab qo’yiladi. Jamiyatning rivojlanish tarixi, undagi qiyinchiliklar, “sir"larning ochilishidagi quvonch inson mehnatining yengillashuviga olib kelganligi aytiladi.




Download 2,52 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   230




Download 2,52 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-dars Sana: 6-sinf mavzu: fizika nimani o’rganadi? Fizik hodisalar. Fizika taraqqiyoti tarixidan ma'lumotlar darsning maqsadi

Download 2,52 Mb.