A=FS
A - ish, F - kuch, s - yo'l.
Ish birligi |A=1N • 1M=1 Joul. Qisqacha 1J yoziladi. Bu birlik ingliz olimi J. Joul (1818-1889) sharafiga qo'yilgan.
Agar jismga ta'sir etayotgan kuch yo'nalishi ko'chish bilan o'zaro tik bo'lsa, bunday kuch ish bajarmaydi. Masalan, mashina ustiga ortilgan yuk o'z og'irligi bilan uni bosadi. Mashina esa bu paytda yukni ma'lum masofaga olib boradi. Yukning og'irlik kuchi ko'chishga tik yo'nalganligi uchun ish bajarmaydi. Bunda mashina dvigatelining tortish kuchi ko'chish bilan mos tushib ish bajaradi. Mexanik ish formulasiga ko'ra jismga kuch ta'sir etsa-da, ko'chish bo'lmasa ish bajarilmaydi. Kitob to'la papkangizni qo'lingizda ko'tarib, ancha vaqt o'rtog'ingizni kutib tursangiz ham mexanik ish bajarmagan bo'lasiz. Chunki s=0 bo'lganligidan A=F•0=0 chiqadi.
Yuqorida aytganimizdek, «mehnat»ni mexanik ishdan farqlash lozim. O'qituvchining dars o'tishi, vrachning kasalni davolashi, maktab direktorining ishlarni boshqarishi mehnat qilishga kiradi. Hamma jismlar ham ish bajara oladimi?
|