Dars turi: Yangi bilim beruvchi.
Dars usullari: suhbat, demonstratsiya.
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism.
O’quvchilarni “Natural sonlar” usuli bilan guruhlarga ajratish. Bu uchun o’quvchilarga sonlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi.“So’z tuzish o’yini” orqali guruh nomini keltirib chiqarish.
2.O’tilgan mavzuni so’rash:
1. Arximed kuchini ta’riflab bering.
2. Itarib chiqaruvchi kuchning qiymati qanday kattaliklarga bog’liq?
3.Yangi mavzunining bayoni
Ertalab turib siz maktabga otlansangiz, ota-onangiz «ish»ga boradi. Maktabdan qaytib kelib, ota-onangizga uy-ro'zg'or «ish»larida qarashasiz. Xo'sh, «ish» deganda nimani tushunamiz o'zi? Kundalik turmushda «ish qilish» deganda, biz «mehnat qilishni» ko'zda tutamiz. Fizikada esa «ish» tushunchasi «mehnat» bilan hamma vaqt mos kelavermaydi. Mexanik ish deb biror-bir jismni kuch ta'sirida ma'lum bir masofaga ko'chirishga aytiladi (47-rasm). Mexanik ishni A harfi bilan belgilaymiz.
|