Dars turi: Yangi bilim beruvchi.
Dars usullari: suhbat, demonstratsion usul
Dars materiallari: . Fizika darsligi va multimediya darslik. Kompyuter. CD disk.
2. Namoyish-tajriba jihozlari 3. Plakatlar, doska, bo’r. Kundalik turmushda ishlatiladigan asboblar ombur, qaychi
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism.
O’quvchilarga sonlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi va shu yozuvni topib birlashish taklif etiladi. Taqdimotda birdan yettigacha sonlar qatnashgan sanalarni topib gapiriladi. Maqol aytishi ham mumkin.
2.O’tilgan mavzularni eslash:
1. a) Bola uyning 3 qavatiga chiqdi. Bunda uning bajargan ishini qanday hisoblash mumkin.
b) Pastga o’zi bilan 1,5 kg massali sumkasini ko’tarib tushdi. Bunda uning bajargan ishi oldingisidan farq qiladimi ?
2. Energiya qanday qilib ishga aylanadi?
3. Yangi mavzuning bayoni.
Darsning tashkiliy qismi tugagach, jismlarning massa markazi ma’nosini ochadigan tajriba-namoyishlar o’tkaziladi. Ular darslikda keltirilgan. Shundan so’ng jismlarning massa markazi tushuntiriladi va shunday tajribalarni mustaqil ravishda guruhlarda bajariladi. Bunda turli buyumlar (ruchka, taroq va h.k.)ning massa markazlari ikki nuqtasidan osish usuli bilan topiladi. Har bir guruh 1-2 minutlik hisobotini og’zaki tushuntirib bergach, darsning ikkinchi bosqichiga o’tiladi. Ikkinchi bosqichda jismlarning muvozanat turlari o’rganiladi. Unga doir ham tajriba-namoyish ko’rsatiladi (darslikda keltirilgan).
Dorboz ham sportning bir turi hisoblanadi. Dorbozchi qo’lida uzun tayoq olishining sababi o’z muvozanatini saqlashidir.
Gimnastikachi ham yiqilib ketmasdan o’z namoyishini ko’rsatish uchun fizika qonuniyatlaridan xabardor bo’lishi va unga amal qilishi lozim, aks holda yiqilib shikastlanishi mumkin.:
-Jismning massalar markazi jism ichida va undan tashqarida bo’lishi mumkin. Bu jismning shakliga bog’liq. Buni suvga sakrovchi sportchilar yaxshi bilib bunga amal qilishlari lozim. O’zingiz ham ma’lum balandlikdan suvga o’zingizni tashlaganingizda buni hisobga olishingiz lozim. Gavda holatiga qarab, uning massalar markazi tanasida yoki tana tashqarisida bo’lishi mumkin. Agar massalar markazidan o’tuvchi chiziq tana emas balki tashqarisidan o’tsa u holda sportchi yiqiladi, shuning uchun u gavdani shunday tutadiki massalar markazidan o’tuvchi chiziq har doim o’zining gavdasidan o’tadi. Shundan so’ng ikkinchi mavzu bo’yicha darslikda keltirilgan tajriba-namoyish ko’rsatilib, kuch momenti tushunchasi o’rganiladi. Bunda kuch yelkasini aniqlashda ayrim chalkashliklar chiqmasligi uchun qat’iy ravishda kuch va kuch yelkasi har doim perpendikulyar bo’lishi ta’kidlanadi.
|